O’zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari. Reja: I. Kirish. II. Asosiu qism
O’zbekistonda turizmni rivojlantirish (Xorijy tajriba asosida)
Download 32.71 Kb.
|
5.xizmatlar ref essey-
2. O’zbekistonda turizmni rivojlantirish (Xorijy tajriba asosida)
Turizmni rivojlantirish omillariga chiptalarining narxi arzon bo‘lgan aviakompaniyalar - loukosterlar (lowcosters) ham ta'sir ko‘rsatadi. Pol'shada turizm rivojlanishiga aviakompaniyalarning ta'sir etuvchi jihatlari o‘rganilganda, tadqiqot natijasiga ko‘ra, loukosterlar unchalik mashhur bo‘lmagan joylarda turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shgan hamda kichik shaharlarda ushbu sohaning taraqqiy etishiga xizmat ko‘rsatgan. Mazkur tadqiqotda boshqa omillar ham o‘rganilgan. Masalan, qishqi turizmga nisbatan talabning yuqori darajasi hamda yangi yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatuvchi loukosterlarning yangi marshrutlari paydo bo‘lgani sababli 2005 yilda Norvegiyaga keluvchi sayyohlar soni keskin oshgan. 2005 yilda turizm manzillari o‘rtasida ulkan muvaffaqiyat qozongan shaharlar sifatida Valensiya, Barselona (Ispaniya) hamda Dubrovnikni (Xorvatiya) misol qilib keltirish mumkin. Sayyohlar sonining jadal oshishiga chipta narxlari past aviakompaniyalar sonining jadal ortishi sabab bo‘ldi, natijada Buyuk Britaniyadan keluvchilar soni ikki barobar o‘sdi. Respublikamizda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyat va sharoitlardan samarali foydalanishda qiyinchiliklar bo‘lib, xalqaro turizm yo‘nalishida respublikaga tashrif buyuruvchilarning talab ehtiyojlarini qondirish talab darajasida emas. Buning asosiy to‘siqlaridan biri, hali bu sohada infrastrukturaning yetarli darajada rivojlanmaganligi va turizmni davlat tomonidan boshqarishning eng samarali usullarini joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar chuqur o‘rganilmaganligidir. Mazkur tadqiqot doirasida, Respublikamizda turizm sohasini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarini tahlil qilish natijasida quyidagi nomuvofiqlik va muammolar mavjudligiga guvoh bo‘ldik: 1. Turizm sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarda xizmat ko‘rsatuvchi gidlar faoliyati, ularga qo‘yiladigan talablar, ularni sertifikatlashtirish hamda malakasini oshirish masalalari bo‘yicha maxsus tartiblar ishlab chiqilgan. Ammo mustaqil tarzda gidlik faoliyati bilan shug‘ullanish, ularga qo‘yiladigan talablar, ularning huquqiy maqomi va ularning malakasini oshirish bo‘yicha sohaga oid birorta yuridik hujjatda to‘xtalib o‘tilmagan. 2. Turistlarga mamlakatimizdagi tarixiy obidalar, tarixiy shaxslar, davlatning hududiy va ma'muriy tuzilishi, shuningdek, urf-odatlar va an'analar to‘g‘risida ma'lumot beruvchi gid-tarjimonlar o‘zlari berayotgan ma'lumotlarning to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun shaxsan javobgarligi masalasi hamda ularga beriladigan jazo turi qonun va qonun osti hujjatlarida aniq belgilab qo‘yilmagan va hokazo. Yuqorida keltirib o‘tilgan kamchilik va nomuvofiqliklarni bartaraf etish bevosita sohaning yanada rivojlanishi va mazkur faoliyatning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlanishiga yordam beradi. Tadqiqot doirasida Avstriya Respublikasining turizm tizimi va sohani davlat tomonidan huquqiy tartibga solish masalalari tahlil qilindi hamda o‘rganish natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tartibga solish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Avstriya Federativ Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan davlat bo‘lib, 9 ta federal hududlardan tashkil topgan. Mamlakat turizm sohasida dunyoning yetakchi davlatlaridan biri hisoblanib, mamlakat YaIM ning 35 % turizm sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatning turistik markazlari Vena va Zalsburg shaharlari hisoblanadi. Avstriya Federal Respublikasida turizm sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha maxsus federal qonun qabul qilinmagan. Lekin har bir federal hudud bo‘yicha maxsus qonunlar va qonun osti hujjatlari qabul qilingan. Mamlakatdagi turizm sohasini rivojlantirish va tartibga solish masalalari soliq qonunchiligi, bojxona qonunchiligi, xalqaro savdo va iqtisodiy munosabatlar qonunchiligi asosida tartibga solinadi. Avstriyada turizm sohasini davlat tomonidan huquqiy tartibga solish borasidagi eng asosiy hujjat “Evropa turizmini raqobatbardosh va barqaror tarzda rivojlantirish bo‘yicha” Yevropa ittifoqi Dasturi hisoblanadi. Avstriya Yevropa Ittofoqiga a'zo davlat sifatida bu Dasturning bajarilishini ta'minlaydi. Mamlakatda turizm sohasi Avstriya milliy turizm tashkiloti (Austrian National Tourist Office, Österreich Werbung) hamda Avstriya Iqtisodiyot, oila va yoshlar vazirligi (Ministry of Economy, Family and Youth) tomonidan rivojlantiriladi va tartibga solinadi. Bunda Avstriya milliy turizm tashkiloti mamlakatda turizm marketingi sohasini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi va mazkur soha bo‘yicha eng asosiy tashkilot hisoblanadi. Avstriya Iqtisodiyot, oila va yoshlar vazirligi esa turizm sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tartibga solish, nazorat qilish, moliyalashtirish va boshqa vazifalarni bajaradi. Avstriyada turizmni rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur qabul qilingan bo‘lib, u davlat tomonidan turizmni qo‘llab quvvatlashning huquqiy va iqtisodiy mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Dasturdagi asosiy vazifalar: ✓ Soliq imtiyozlari, subsidiya va dotasiyalar; ✓ Turizm sohasini rivojlantirish va turistik xizmatlar iste'molchilarining huquqlarini himoya qilishni qo‘llab quvvatlovchi milliy qonunchilik va normativ hujjatlarni takomillashtirish; ✓ Mamlakatga kirish va undan chiqish paytida viza cheklovlarini kamaytirish; ✓ Narxlarni qisqartirish va boshqa turli imtiyozlar berish yo‘li bilan nomavsumiy turizmni rag‘batlantirish; ✓ Ijtimoiy turizmni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash; ✓ Turistlar havfsizligiga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish va va bu sohadagi huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish; ✓ Davlat tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish, madaniy va tarixiy merosni asrab-avaylash bo‘yicha qonunchilikni mustahkamlash. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, mamlakatimizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan davlat dasturlari birmuncha keng va atroflicha, ammo Avstriya davlat dasturida ko‘proq samaradorlik va innovasiyaga e'tibor qaratilgan. Yuqorida keltirilgan, O‘zbekistonda turizm sohasini davlat tomonidan huquqiy tartibga solish borasidagi muammo va nomuvofiqliklar bo‘yicha Avstriya tajribasini o‘rganish natijalarini keltirib o‘tamiz: 1. Avstriyada turizm sohasini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi va rivojlantiruvchi tashkilotlar huquqiy maqomi bo‘yicha nomuvofiqliklar mavjud emas, ya'ni Avstriya Iqtisodiyot, Oila va Yoshlar vazirligi sohani davlat tomonidan tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi va qo‘llab quvvatlovchi davlat organi hisoblanadi. Avstriya Milliy Turizm Tashkiloti esa mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishni uslubiy jihatdan ta'minlovchi tashkilot hisoblanadi. U nazorat va lisenziyalash vakolatlariga ega emas hamda vazirlik tasarrufidagi tashkilot hisoblanadi. 2. Tahlil jarayonida shuning guvohi bo‘ldikki, Avstriya Respublikasiga xorijiy sayyohlarning kelish tartibi, Avstriyalik sayyohlarning chet davlatlarga chiqish tartibi va mamlakat ichkarisida shaharlararo harakatlanuvchi turistlarning harakatlanish tartibi to‘g‘risida alohida aktlar qabul qilingan. 3. Turizm sohasi xodimlarini (gidlarni) sertifikatlashtirish hamda ularning malakasini oshirish masalalari bilan bog‘liq talablar Avstriya milliy turizm tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi va Avstriya Iqtisodiyot, oila va yoshlar vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanib, amalga oshirilishi ta'minlanadi. Mustaqil gidlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha masalalar alohida federal hududlar qonunchiligi asosida tartibga solinadi. Masalan, Yuqori Avstriya federal parlamenti tomonidan 1992 yilda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida” gi qonunda mustaqil gidlik faoliyati bilan shug‘ullanish va gidlar tayyorlash markazlarini tashkil etish masalasi keltirib o‘tilgan. 4. Turistlarga mamlakatdagi tarixiy obidalar, tarixiy shaxslar, davlatning hududiy va ma'muriy tuzilishi to‘g‘risida ma'lumot beruvchi gid-tarjimonlar o‘zlari berayotgan ma'lumotlarning to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun shaxsan javobgarligi masalasi hamda ularga beriladigan jazo turi Avstriya qonunchiligida ham o‘z aksini topmag Download 32.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling