O'zbekistonda uchraydigan sut emizuvchilar, ovlanadigan vakillari kasallik tarqatuvchi va noyob turlari. Guruh


Sut emizuvchilar, ovlanadigan vakillari


Download 47.19 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi47.19 Kb.
#1524000
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekistonda uchraydigan sut emizuvchilar, ovlanadigan vakillar

2.Sut emizuvchilar, ovlanadigan vakillari.
Sut emizuvchilar qadimdan odam hayotida katta ahamiyatga ega boʻlgan. Koʻpchilik Sut emizuvchilar ovlangan. Bir qancha turlari xonakilashtirilib, ulardan oziqovqat manbai, ishchi kuchi yoki qoʻriqchi sifatida foydalanib kelinadi. 20-asr dan moʻynali Sut emizuvchilarni xonakilashtirish, ulardan lab. hayvonlari sifatida foydalanish boshlandi. Bir qancha Sut emizuvchilar qishloq xoʻjaligi ekinlari, oʻrmonchilik (ayrim kemiruvchilar) va chorvachilikka (asosan, yirtqichlar) ziyon keltiradi. Ayrim Sut emizuvchilar (asosan, kemiruvchilar) oʻlat, tulyaremiya, quturish va boshqa ogʻir yuqumli kasalliklarning tarqalishida ishtirok etadi.
Odam faoliyati taʼsirida Sut emizuvchilarning bir qancha turlari soni kamayib, ayrim turlari yoʻqolib bormoqda. 17-asr boshidan hozirgacha Sut emizuvchilar ning 63 turi (1,3%) qirilib ketgan. Rejasiz ovlash, qishloq xoʻjaligi. ekinlari, xonaki va ov hayvonlarini muhofaza qilish maqsadida qirish, ular yashash joyining buzilishi va qisqarishi, introduksiya qilingan turlar taʼsiri yoki tabiiy omillar Sut emizuvchilar soni kamayib ketishining asosiy sabablari hisoblanadi. Sut emizuvchilarning 230 turi va 91 kenja turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan. Shuning bilan birga ayrim sinantrop Sut emizuvchilar areali va soni ortib bormoqda. Sut emizuvchilarning 7 turi (jumladan Prjevalskiy oti, David bugʻusi) faqat tutqunlikda yoki yarim tutqunlikda (zubr, okdum gnu) saqlanib qolgan.
Sut emizuvchilar ni muhofaza qilishda noyob turlarning ovlanishini taqiqlash, ularning yashash joyini saklab qolish, milliy bogʻlar, qoʻriqxonalar va buyurtma qoʻriqxonalar tashkil etish, tutqunlikda koʻpaytirish orqali hayvonlarni reakklimatizatsiya kilish (qaytadan tabiiy arealiga qaytarish) katta ahamiyatga ega. Qoʻriqxonalar tashkil etish orqali zubr, qulin, buxoro bugʻusi (xongul), yoʻlbars, leopard va boshqa hayvonlar saqlanib qoldi; saygʻoq, sobol, bobyor va boshqa soni qayta tiklandi.


Xaltalilar (Metatheria) -qopchiqlilar — tirik tugʻuvchi sut emizuvchilar infrasinfi (ayrim maʼlumotlarga koʻra, turkum). Gavdasining uz. 4 sm dan 160 sm gacha. Koʻpchilik X. urgʻochisida bolasi xalta ichida rivojlanadi. Xalta ichida sut bezlari soʻrgʻichi boʻladi. Bosh miyasi tuban tuzilgan. Yoʻldosh (bandikutdan tashqari) hosil boʻlmaydi. Boʻgozlik davri 12,5—45 kun, bolasi nimjon (uz. 0,5—3 sm) tugʻiladi, koʻpincha xaltasi ichidagi sut bezi soʻrgʻichiga yopishib olib, 250 kun davomida rivojlanadi. Sut maxsus muskullar yordamida bolasi ogʻziga siqib chiqarib turiladi. 1 turkumi va 9 oilasi (opossiumlar, yirtqich X., xaltali chumolixoʻrlar, xaltali koʻrsichqonlar, bandikutlar, vombatlar, kengurular va boshqalar) mavjud. Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvineya, Jan., Markaziy va Shim. Amerika, ayrim Katta zond o.da tarqalgan. Yangi Zelandiyada ham iqlimlashtirilgan. Raqobat kiluvchi yoʻldoshli sut emizuvchilarning boʻlmasligi tufayli X. Avstraliyada ular bilan konvergent belgilarga ega boʻlgan bir qator formalarni hosil qilgan.
X. turlar soni (2400 ga yaqin) boʻyicha hozirgi sut emizuvchilarning 6%ini tashkil etadi. Lekin ular adaptiv radiatsiya jihatdan qolgan barcha sut emizuvchilar kabi xilmaxil. Ayrim turlari qishloq xoʻjaligiga ziyon keltiradi. Bir qancha turlari terisi va goʻshti uchun ovlanadi. 21 turi Xalkaro Qizil kitobga kiritilgan.



Download 47.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling