O'zbekistonda valyuta bozoringing rivojlanish istiqbollari Reja Kirish I. Asosiy qism


-2021-yillarda ichki valyuta bozori segmentlari kesimida chet el valyutasiga boʼlgan talab dinamikasi3


Download 0.62 Mb.
bet5/9
Sana15.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1200942
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekistonda valyuta bozoringing rivojlanish istiqbollari (2)

2019-2021-yillarda ichki valyuta bozori segmentlari kesimida chet el valyutasiga boʼlgan talab dinamikasi3
Mln. AQSH dollarda

2019 - 2021-yillarda ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari4
mln.АQSh doll.

I. Yuridik shaxslar bilan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari
Yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga boʼlgan talab 2021-yilda 2020-yilga (15,4 mlrd. АQSh doll.) nisbatan 40 foizga oʼsib, 21,5 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi.
2021-yilning 15-fevralida valyuta oldi-sotdi operatsiyalariga kiritilgan oʼzgarishlar birjadan tashqari valyuta bozorida mijozlar bilan mustaqil ravishda toʼgʼridan-toʼgʼri valyuta operatsiyalarini amalga oshirish imkonini berdi.
Natijada, tijorat banklarining xoʼjalik yurituvchi subyektlar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri amalga oshirilgan bitimlar hajmi sezilarli darajada oʼsib (jami operatsiyalarning 94%), mazkur davrda 20,3 mlrd. dollarni tashkil etdi (2020-yilda – 3,7 mlrd. doll.).
2019-2021-yillarda yuridik shaxslarning birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarida chet el valyutasi xaridi5
mln.АQSh doll.

2021-yilda importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablagʼlar (konvertatsiya) ulushi 60 foizni, xorijiy valyutadagi oʼz mablagʼlari hisobiga importni moliyalashtirish 25 foizni, chet el valyutasidagi kreditlar hisobiga moliyalashtirish esa 16 foizni tashkil etdi. Oʼtgan yilda ushbu koʼrsatkichlar mos ravishda 57, 24 va 18 foizga teng boʼlgan.


2020-2021-yillarda importni moliyalashtirish manbalari (foizda)6

Ichki valyuta bozorida chet el valyutasining asosiy qismi yoki 57 foizi ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xomashyo importi, 20 foizi valyutadagi kreditlarni soʼndirish, 20 foizi xalq isteʼmoli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 1 foizi xorijiy investorlar daromadlarining repatriatsiyasi va qolgan 2 foizi boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.
2021-yilda ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilgan xoʼjalik yurituvchi subyektlarning oylik oʼrtacha soni 9 887 tani tashkil etib, 2019 va 2020-yillarning mos davriga nisbatan 48 va 39 foizga oshgan (2019 yilda – 6 686 ta, 2020-yilda – 7 137 ta).

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling