O`zbekistоnda vоleybоlni rivоjlanish – tarixi


Download 365.5 Kb.
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi365.5 Kb.
#1368545
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekistonda volyebolning vujudga kelishi

Kurs ishining ob’ekti: - O’zbekistonda volyebolning vujudga kelishi.
Kurs ishining predmeti: - O’zbekistonda volyebolning vujudga kelishi vositalari va usullari.
Kurs ishining vazifalari: O’zbekistonda volyebolning vujudga kelishi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, 2 bob, 4 ta reja, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I-BOB. O`ZBEKISTОNDA VОLEYBОL SPORTINING RIVОJLANISH
1.1Voleybolning ilk bor paydo bo’lishi
Voleybol 1895-yilda Amerika Qo'shma Shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo'yicha rahbari, pastor Uilyam J. Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o'yinini oddiy, ko'p mablag' sarflamasdan tashkil etishni ko'zda tutgan.
Voleybol (inglizcha: volleyball volley — „urib qaytarmoq“ va ball — „toʻp“) toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 6 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi. Oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2.24 m balandlikda) boʻlingan 9x18 m li maydonchada oʻynaladi. Voleybol toʻrining katakchalari soni 1 000 ta (enida 100 ta va boʻyida 10 ta) boʻlib, bitta katagining toʻrt tomoni 10 sm dan boʻladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 partiya oʻynaladi. Voleybol AQShda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947-yil asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan, 1949-yildan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.
Voleybol Oʻzbekistonda 1920-yildan oʻynaladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yil Xalqaro voleybol federatsiyasiga, 1992-yil Osiyo voleybol konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi bilan 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda ommaviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi.
1896-yilda Springfild shahridagi kollej direktori, doktor Alfred
Xalsted bu o'yinga «voleybol» deb nom berdi. «Voleybol» inglizcha
so'z bo'lib, o'zbek tilida «parvoz qiluvchi to'p» degan ma'noni
bildiradi2.
1896-yilda tadbiq etilgan ba'zi bir o'yin qoidalari quyidagicha edi:

  1. Maydon chegaralari 7,6x15,2 m

  2. To'rning o'lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 195 sm

  3. To'pning vazni 252-336 gr, aylanasi 63,5-68,0 sm

  4. O'yinchilarning soni chegaralanmagan va hokazo.

1895-1920-yillar voleybol o'yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo'lib hisoblanadi. 1920-yildan boshlab maydon o'lchamlari 9x18m qilib belgilandi.
O'yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha:
1900-y. - Kanada, 1906-y. - Kuba, 1909-y. - Puerto-Riko, 1910-y.- Peru, 1917-y. - Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1908-1913-yillar-Yaponiya, Xitoy, Filippinda, 1914-y. - Angliya, 1917-y. -Fransiya.
1-2-jadvallarda Olimpiada o'yinlalari va Jahon Chempionatlariga doir tarixiy ma'lumotlar keltirilgan.

Download 365.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling