O’rta maxsus ta’lim tasniflagichi.
Reja
1.O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari.
2.Mutaxassislar tayyorlashda unifikasiya differensiyasi.
Klassifikator — oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati. Unda oltita bilim sohasi nazarda tutilgan:
1. Gumanitar soha.
2. Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq.
3. Ishlab chiqarish va texnik soha.
4. Qishloq va suv xo‘jaligi.
5. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot.
6. Xizmatlar sohasi.
3.2. Klassifikatorda ta’lim bosqichlari, bilim va ta’lim sohalari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari ettita raqamli kod bilan belgilanadi.
X X X X X X X
- mutaxassislik kodi;
- yo‘nalish kodi;
- ta’lim sohasi kodi;
- bilim sohasi kodi;
- ta’lim bosqichi kodi.
Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasiga binoan ta’lim bosqichlari bakalavriat yo‘nalishlarida 5 raqami, magistratura mutaxassisliklarida - 5A (raqam va harf) bilan belgilangan. Masalan: bakalavrlar kodi 5140100, 5211300, 5520400 va hakozo; magistrlar 5A140101, 5A211301, 5A520403 va hakozo.
3.3. Atamalar:
Yo‘nalish - 5-bosqichning o‘quv rejalar va fanlar dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan «bakalavr» akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini bajarishni ta’minlovchi bazaviy va fundamental bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar kompleksi.
Mutaxassislik - 5A-bosqichning o‘quv rejalar va fanlar dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan «magistr» akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini bajarishni ta’minlovchi muayyan mutaxassislik bo‘yicha bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar kompleksi.
Do'stlaringiz bilan baham: |