O’zbekistonda xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlari


Download 157.5 Kb.
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi157.5 Kb.
#1752375
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashgulot



O’zbekistonda xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlari.

Reja
1. Xalq xo’jaligi tarmoqlari, sanoat qishloq xo’jaligi, kichik korxonalar, kichik biznes.


2. Xalq xo’jaligi ishchi kasblari va ularning malaka tavsifnomalari; ishchi mutaxassis tayyorlash tizimi.
Zamonaviy kopxona mustaqil xo`jalik yurituvchi sub’yekt bo`lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning o’zigagina tegishli bo`lmaydi. Shu sababli korxonalar mulkchilik shakliga ko`ra, davlat va nodavlat, tarmoq belgilariga ko`ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, qurilish majmuaviyi, oziq-ovqat, yengil sanoat, savdo va xokazolar, ishlab chiqarish miqyosida xodimlar soniga ko`ra, yirik, o`rta va kichik, faoliyat yuritish muddatiga ko`ra, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo’linadi.
Biroq ushbu belgilardan kat’iy nazar, deyarli xar bir korxona Nizom asosida faoliyat yuritadi. Nizomda korxonaning nomi, manzilgoxi, yuqori turuvchi idorasi va bu idoraning nomi, Nizom jamg’armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, korxona raxbariyatining lavozimlari, raxbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy bo’linmalar ro’yxati, xisobot tartibi va xokazolar ko’rsatilgan bo’ladi.
Korxonani turli jixatlariga ko’ra tavsiflash mumkin:
- ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona — ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar xajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jixatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
- ijtimoiy munosabatlarda korxona — turli kategoriyadagi xodimlar o’rtasida ularning xuquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;
- tashkiliy-xuqiqiy munosabatlarda korxona xuquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;
- moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona — tarmoqning mustaqil bo’gini bo’lib, o’z-o’zini moliya bilan ta’minlash, o’z-o’zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilar xisoblanadi:
- bozor va uning rivojlanish istiqbollarini majmuaviy ravishda o’rganish yordamida, xaridorlarning maxsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan talablarnni aniqlash;
- maxsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;
- xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;
- ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;
- maxsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;
- korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, texnik xizmat ko’rsatish va xokazolarni boshqarish.
Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi:

  • texnika va texnologiyaning xususiyatlari;

  • ishlab chiqarish xajmi;

  • ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperatsiya, kombinatsiya, koordinatsiya);

  • ishlab chiqarilayotgan maxsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlarning murakkabligi va nomenklaturasi;

  • ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va robotlashtirish darajasi;

  • mulk shakli raqobat olib borish usullari xamda shakllari va xokazo.

Biznes-rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e’tibor qaratish zarur:

  • biznes-reja professional va shu bilan bir paytda sodda, bajarish uchun tushunarli va oson bo’lishi lozim;

  • biznes-reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxs o’ziga kerakli ma’lumotlarni qidirib topishi uchun bo’limlarga (mavzularga) bo’linishi lozim;

  • biznes-rejani tayyorlashda korxonaning bosh raxbari albatta katnashishi shart, chunki investor, bank yoki boshqa moliya idorasi korxona raxbari katnashmaganligi yoki boshqa shaxsga topshirilganligi xakida xabar topsa, biznes-rejaning ishonchliligiga shubxa uygonishi mumkin;

  • biznes-rejaning ob’yektiv baxolanishiga erishish kerak, ya’ni unda xatolar va noto’gri xisob-kitoblar bo’lmasligi lozim;

  • biznes-rejaning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur, chunki unda biznes to’grisidagi maxfiy ma’lumotlar joy olgan bo’ladi.

Rejalarning xar bir turi kabi, biznes-reja xam, bo’lim va ko’rsatkichlardan iborat bo’ladi. O’ntagacha bo’limni o’z ichiga oluvchi biznes-reja mazmuni va tuzilishiga ko`ra, eng maqbul xisoblanadi. Mavjud adabiyotlarda quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi:
1. Tanlangan biznes kontseptsiyasi.
2. Xozirgi paytdagi xolat (maqsad, vazifa va niyatlar).
3. Tashkil kilinayotgan korxona va uning maxsulot xamda xizmatlari tavsifnomasi.
4. Boshqaruv (menedjment).
5. Bozor tadkikoti va taxdili.
6. Marketing xarakatlari rejasi.
7. Ishlab chiqarish rejasi.
8. Tavakkalchilikni baxolash.
9. Moliyaviy reja.
10. Biznes-loyixaning samaradorligi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish — korxona raxbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani yechish amaliyotda kuyidagi omillar bilan boglik bo’ladi:

  • bozor talablariga javob beruvchi yukori sifatli maxsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal xajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash;

  • iste’molchilar talabini kondirishga yo’naltirilgan maxsulotni sotish va yukori daromad (foyda) olish;

  • aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zaxiralarini yaratish.

Fan-texnika tarakkiyoti korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishda muxim omil bo’lib kel­gan va xozirda xam o’z axamiyatini yo’kotmagan. Mazkur omildan kuyidagi yo’llar bilan foydalanish mumkin:

  • ishlab chiqarish va mexnatni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish xamda majmua ravishdagi mexanizatsiyalashtirish;

  • asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish;

  • progressiv, mexnat xamda resurslarni tejashga yunaltirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish;

  • xom-ashyo va materiallar (mexnat predmetlari) zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish;

  • ishlab chiqarishni tashkil kilish, rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, xisoblash texnikasidan foydalanish;

  • ishlab chiqarish va mexnatni ilmiy tashkil kilish.




Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling