4. Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi
4.1. Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kadrlar iste’molchilari tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tegishli qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
4.2. Yo‘nalish va mutaxassisliklar klassifikatorini o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yo‘nalish yoki mutaxassislikning ilmiy va amaliy ahamiyatini hamda mehnat bozorida mutaxassislarga bo‘lgan istiqbol ehtiyojini asoslash;
bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligining malaka talablari, o‘quv rejasi loyihalari va boshqa o‘ziga xos belgilari;
yangi yo‘nalish yoki mutaxassislikning ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik ta’minoti mavjudligini asoslash.
4.3. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorining etalonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi olib boradi.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori
Do'stlaringiz bilan baham: |