O’zbekistonda xokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi
Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi
Download 126 Kb.
|
XOKIMIYAT VAKOLATLARI KURS ISHI qayta
Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
1. fuqarolar yig’inini chairadi; 2. rais maslahatchilari, mas`ul kotib, fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalar hamda ma`muriy komissiya raislari va a`zolarining nomzodlarini saylash uchun ularni fuqarolar yig’iniga taqdim etadi; 3. davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolarning manfaatlarini himoya qiladi; 4. egasiz mol-mulkni, shuningdek, meros tariqasida fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga o’tgan mol-mulkni saqlash chora-tadbirlarini ko’radi; 5. fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari nomidan shartnomalar tuzadi; 6. tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bog’liq ommaviy tadbirlar o’tkazilishini tashkil qiladi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Shu bilan birga, rais (oqsoqol) lar ayrim fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatga oladi va notarial harakatlarni amalga oshiradi, jumladan, tug’ilish, o’lim, nikoh tuzish va nikohni bekor qilish, otalikni belgilash hamda notarius bo’lmagan aholi punktlarda vasiyatnomalarni, ishonchnomalarni tasdiqlash va qonun hujjatlarida ko’rsatilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish huquqiga ega. Mahalliy vakillik organlarining hamma boʻgʻinlari saylov yoʻli bilan tashkil qilinadi. Qonun vakillik organlariga har tomonlama bilimga, tajribaga ega, keng , mustaqil fikrlovchi shaxslarning saylanishini va bu organlar ishchan boʻlishini nazarda tutadi. 1994-yil 25 dekabrda va 1999-yil 5 dekabrda Oʻzbekistondagi mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar oʻtkazildi. M a halliy ijroiya organlari — hokimiyatlarga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladi va u yakkaboshchilik prinsipi asosida ish olib boradi. Hokimiyatlar boshqarmalar, boʻlimlar va boʻlinmalardan iborat boʻlib, ularning tuzilishi, tashkil etilishi va faoliyati OʻzRning Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent shahri ijroiya hokimiyati organlarining tuzilishi va shtatlari hokim tomonidan OʻzR Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, tegishli xalq deputatlari kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi. Tuman, shahar ijroiya hokimi-yati organlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijroiya hokimiyati organlari tuzilishi va shtatlari tarkibi Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga solinadi. Xalq deputatlari kengashlari va hokim munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarga asosan hududdagi muhim masalalar, muammolarni hal qilishda maslahatlashish uchun hokimlar huzurida maslahat kengashi tuzildi. Lekin bunday maslahat kengashlari tuzilishi hokimning faoliyatidagi yakkaboshchilik prinsipiga putur yetkazmaydi. Ijroiya hokimiyati boʻlinmalari rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda va hokimning taqdimiga binoan, tegishli xalq deputatlari kengashlari sessiyalarida lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Mahalliy vakillik organlari va hokimlar qabul qiladigan hujjatlar konstitutsiya va qonunlarga zid boʻlmasligi lozim. Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling