O’zbekistonda xokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi


Mahalliy hokimiyat organlarining Konstitutsiyaviy vakolatlari


Download 126 Kb.
bet5/9
Sana27.06.2023
Hajmi126 Kb.
#1656798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XOKIMIYAT VAKOLATLARI KURS ISHI qayta

2.3 Mahalliy hokimiyat organlarining Konstitutsiyaviy vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasiga muvofiq, mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga quyidagilar kiradi:
- qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash;
- hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
- mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;
- mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;
- atrof muhitni muhofaza qilish;
- fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta`minlash;
- normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oishirish.
Bu vazifalar mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining birgalikda amalga oshiradigan vazifalari bo’lib, ularning vakolatlari shu vazifalardan kelib chiqadi.
Mahalliy hokimiyat organlari tegishli hududda qonuniylik, huquqiy tartibot va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlashda turli organlarni shu maqsad sari yo’naltiruvchi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rolni o’ynaydi. Ular mazkur hududda qonuniylikni va huquqiy tartibotni mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurash choralarining umumiy yo’llarini, tadbirlarini ishlab chiqadi va shu tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi.
Mahalliy hokimiyat organlari o’z hududida hududni iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy rivojlantirishga rahbarlik kiladi. Mahalliy Kengashlar hududni rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlaydi. Mahalliy Kengashlar va hokimlar O’zbekiston Respublikasi mulki bo’lgan davlat mulki ob’yektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish kabi sohalarda nazoratni amalga oshiradilar. Bundan tashqari, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o’ziga berilgan yoki qonunlarga muvofik o’zi sotib olgan ob’yektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini to’liq amalga oshiradi.
Vakillik organlari, hokimlar o’z mulklarini qonunga zid bo’lmagan tartibda vaqtincha foydalanish yoki doimiy egalik qilish uchun boshqa shaxslarga berish huquqiga ega. Mahalliy organlar bu huquqdan o’z hududida ishlab chiqarishni rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish maqsadida foydalanadilar.
Viloyat, shahar hokimi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo’jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun ijaraga yer berishga, bu sub’yektlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to’xtatib qo’yishga, shuningdek yerlarni olib qo’yishga haqli bo’lib, uning bu xususda qabul qilgan qarorlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Mahalliy hokimiyat organlari o’z hududida sanoat, qurilish, aloqa vositalari, qishloq xo’jaligi aholiga xizmat ko’rsatish sohalari, ijtimoiy va madaniy sohalarga raxbarlikni amalga oshiradilar. Ushbu organlarning rahbarlarini lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod qilish, shu organlarning faoliyatini nazorat qilish, ularning hisobotlarini eshitish mahalliy hokimiyat organlarining vakolatiga kiradi.
Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish vazifasi hududning iqtisodiy rivojlanishida, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashda, davlat organlarini saqlab turishda zarur moddiy bazani vujudga keltirishga qaratilgan.
Mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining muhim qismidir. Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi qonunda, hokimlar aholiga kommunal xizmat ko’rsatish sohasida qonun hujjatlarida o’z vakolatiga berilgan masalalarni hal qilishi ta’kidlangan. Hokimlar o’z hududida kommunal xo’jalik tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga rahbarlik qiladi. Kommunal xo’jalik tarmoqlari, hokimliklarning tarkibiy bo’linmalari orqali boshqariladi. Ularning boshliqlari hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi. Bu masala mahalliy kengash sessiyasida tasdiqlanadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.
Hokimlarning asosiy vazifasi Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa hujjatlari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari ijrosini tashkil etishdir.
Bundan tashqari hokimlar jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko’radilar, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadilar, agar quyi turuvchi hokimlarning qarorlari Konstitutsiya, qonunlar va boshqa yuqori tashkilotlar qarorlariga zid bo’lsa, ularni bekor qiladilar; rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati bo’linmalarining ishini nazorat qiladilar; xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to’g’risida taqdimnoma kiritadilar; davlat mukofotlari bilan taqdimlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadilar va ular yuzasidan takliflar kiritadilar, respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko’radilar; aholini qabul qilishni tashkil etadilar, fuqarolarning taklif va shikoyatlarini ko’rib chiqadilar va o’z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni hal etadilar.
Mahalliy hokimiyat organlari o’z vakolatlari doirasida normativ hujjatlar qabul qiladilar, ular qaror va farmoyishlar shaklida bo’lishi mumkin. Ular qabul qilgan qarorlarning ushbu hududda bajarilishi shartdir.
Hokimlar vakillik organlari oldida vaqti-vaqti bilan hisob berib turadi. Shuningdek, hokim o’z o’rinbosarlari va ijroiya hokimiyat tarkibiy bo’linmalarining rahbarlarini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish to’g’risidagi qarorlarini xalq deputatlari Kengashi tasdig’iga taqdim etadi. Hokimlik devoni bo’linmalari rahbarlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining qarorlari Konstitutsiya va qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid bo’lmaslgi kerak. Aks xolda ular O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bekor qilinadi. Hokimlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Maxkamasi tomonidan to’xtatiladi va bekor qilinadi. Bundan tashqari, hokim qabul qilgan normativ hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasida hokimliklar faoliyatini tashkil qilishdagi muhim yo’nalishlardan biri aholini qabul qilish, ularning istak –xohishlarini o’rganish, omma bilan bevosita muloqotda bo’lishdir. Hokim, hokimning birinchi o’rinbosari, o’rinbosarlari, bo’limlar, boshqarmalar va bosh boshqarma rahbarlari, hokim kotibiyati boshlig’i aholini qabul qiladilar.
Fuqarolarga qulay bo’lishi uchun qabulni ma`muriy markazda o’tkazmasdan, qishloq, tuman, shahar, viloyatlarda aholi yashash joylarida ham o’tkaziladi. Rahbarlar reja bo’yicha oyiga bir-ikki marta joylarga chiqadilar, shaharlardagi yirik korxona, tashkilotlarda ham aholi qabul qilinadi. Ba`zi bir hokimliklarda yagona qabul qilish kuni belgilangan, bunday kunlarda boshqa hech qanday ommaviy tashkiliy tadbirlar o’tkazilmaydi.
«Fuqarolarning murojatlari to’g’risida»gi qonunga binoan, hokimlar ariza va xatlar bo’yicha qilingan ishlarning hisobini olib boradi va hokimlarning vazifasiga ularni to’g’ri va o’z vaqtida ko’rib chiqilishini nazorat qilish yuklatilgan.
Davlat hokimiyatining vakillik organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishda Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan «Ish tartiblari» muhim axamiyatga ega. Ularga asosan xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini chaqirish va o’tkazish, unda kadrlar qabul qilish va sessiyaga hal qilish uchun berilgan boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ko’pchilik fikriga asoslanganligi uning tatbiq etilishini kafolatlaydi. Xalq deputatlari Kengashlari fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta`minlashga, atrof-muhitni muxofaza qilishga doir o’z vakolatlariga berilgan masalalarni, O’zbekiston Respublikasining Qonunlariga muvofiq nazorat qilishga doir boshqa masalalarni hal etadi.


 Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining tuzilish tartibi va vakolatlari. 
1993 yil 2 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq uchinchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda tuziladigan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining tuzilishini va ularning huquqiy holatini belgilab berdi.
Qonunga asosan, shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ularning tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolar yig’ini o’zini-o’zi boshqarish organlari hisoblanadi. Bu organlar o’z majlislarida rais (oqsoqol)ni va uning maslahatchilarini ikki yarim yil muddatga saylaydilar.
O’zini-o’zi boshqarish organlarning asosiy maqsadi jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarga ko’maklashish, o’z hududlardagi ijtimoiy va xo’jalik vazifalarni hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o’tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga O’zbekiston qonunlarini, respublika Prezidentining farmonlarini, O’zbekiston hukumatining, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarining qarorlarini bajarishda yordamlashish uchun fuqarolarni birlashtirdilar.
O’zbekiston Respublikasida hayotga tadbiq etilgan o’zini-o’zi boshqarish tizimi, birinchidan, O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tish talablarini hisobga olib amalga oshirilgan bo’lsa, ikkinchidan, u shu sohada dunyoda qabul qilingan tizimlarga ham mos keladi.
O’zbekiston sharoitida mahalla o’z tarixiy ildizlariga ega. U O’rta Osiyoda shaharlar doirasidagi ma`muriy-hududiy birlik bo’lgan va bizga o’tmishdan meros bo’lib qolgan. Qonunga asosan, o’zini-o’zi boshqarish organlari hududiy prinsip bo’yicha tuziladi. Bu organlarni, ular ish olib boradigan hudud fuqarolarining taklifiga ko’ra, tuman, shahar hokimi belgilaydi, ushbu qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Yig’inlar ishda 18 yoshga etgan va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolar qatnashadi. Fuqarolar yig’inini rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilan kelishgan holda zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yig’ini, shuningdek, xalq deputatlari Kengashi, hokim tomonidan yoki o’n sakkiz yoshga yetgan va shu hududda yashayotgan fuqarolar uchdan bir qismining tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. Yig’in chaqirishning iloji bo’lmagan taqdirda fuqarolar vakillarining yig’ilishi o’tkaziladi.
Fuqarolar yig’inlarida qatnashish huquqiga ega bo’lgan barcha aholining yarmidan ko’prog’i kelgan taqdirda, yig’inlar vakolatli hisoblnadi, vakillar yig’ilishlari esa ularga deputatlarning kamida uchdan ikki qismi kelgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Yig’lishni rais yoki uning maslahatchilaridan biri boshqaradi. Barcha masalalar bo’yicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali va oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Yig’in bayonnomasi va qarorlarini rais, uning yo’qligida esa, maslahatchilaridan biri imzolab, tegishli tuman, shahar hokimiga yuboradi.
Rais va uning maslahatchilarini fuqarolar yig’ini tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishgan holda saylaydi.
Maslahatchilarning miqdorini yig’in belgilaydi. Yig’inga maslahatchilarninng nomzodlarini rais tavsiya etadi. Rais va maslahatchilar, ularga yig’inda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko’prog’i ovoz bersa, saylangan hisoblanadilar.
O’zini-o’zi boshqarish organlari o’z mulklariga va moliyaviy manbalariga ega. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan qurilgan, olingan yoki ularga berilgan jamoat, ijtimoiy-maishiy va boshqa maqsaddagi ob’yektlar, shuningdek, transport vositalari, xo’jalik anjomlari hamda boshqa ko’chadigan va ko’chmas mulk ularning mulki hisoblanadi.
Fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlarining moliyaviy ressurslari ularning o’z mablag’lardan, xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratilgan byudjet mablag’laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ijtimoiy mablag’lari, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag’lardan tashkil topishi mumkin.

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling