O’zbekistonda xokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi


Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va ijroiya hokimiyat organlari o’rtasidagi munosabatlar va ularning huquqiy tartibga solinishi


Download 126 Kb.
bet4/9
Sana27.06.2023
Hajmi126 Kb.
#1656798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XOKIMIYAT VAKOLATLARI KURS ISHI qayta

2.2Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va ijroiya hokimiyat organlari o’rtasidagi munosabatlar va ularning huquqiy tartibga solinishi.
Istalgan davlat - tashkiliy jamiyatning normal hayot faoliyatni ta'minlash va qo’llab-quvvatlash uchun, jamiyat va davlatning oldiga qo’yilgan vazifalarni yechish uchun, ko’zlangan maqsadlarga erishmoq uchun turlicha davlat tashkilotlarining harakatda bo’lishi zarur. Davlat mexanizmisiz davlatning o’zi bo’lmaydi.
Davlat mexanizmi - bu, davlat tashkilotlarining tizimi bo’lib ularning yordamida davlat hokimiyati tadbiq etiladi, jamiyatga nisbatan davlat rahbarligi ta'minlanadi.
Davlat tashkilotlarining barchasi o’zaro mustahkam bog’liqdir. Ularning har biri ma'lum vazifalarni bajaradi va umumiy mexanizmning "harakatga keltiruvchi mexanizmi" sifatida yuzaga chiqadi, o’z navbatida barcha organlar yagona tizimda o’zaro kelishgan holda harakat qiladilar.
Davlat mexanizmi - uning mohiyati bilan ifodalanadi. Shu bilan birga davlat mexanizmi iqtisodiy bazasining ahvoliga, siyosiy kuchlarning munosabatlariga, davlatning maqsadi, vazifalari va funksiyalariga o’z ta'sirini ko’rsatadi.
Davlat mexanizmi quyidagi xususiyatga ega:
- Davlat mexanizmi boshqaruv bilan shug’ullanuvchi maxsus kishilardan iborat (qonun ijodkorligi, qonunlarning ijrosi bilan);
- Davlat mexanizmi tuzilishi o’zgaruvchan va turli xil bo’ladi, lekin har qanday sharoitda ham uning tarkibiga boshqaruv va majburlov organlari kiradi. Buni albatta noto’g’ri tushunmaslik kerak, ya'ni davlat mexanizmining ma'lum bir qismi faqat boshqaruv bilan qolgan qismi majburlov bilan shug’ullanadi. Real hayotda boshqaruv majburlov bir-biri bilan o’zaro almashib turadi.
Zamonaviy davlat mexanizmi o’zining yuqori darajadagi murakkabligi bilan, organ va tashkilotlarining (muassasalari) turli-tumanligi bilan oldingilaridan ajralib turadi, katta - katta tizimosti organlariga ega. Uning bitta tizimosti organlarini davlatning oliy organlari (vakillik, davlat boshlig’i, funksiya) yuzaga keltiradi (ifodalaydi).
Ikkinchi tizimosti organlariga - huquq tartibot, sud tartibot, sud, armiya, militsiya va boshqa organlar kiradi. Bu organlar oliy davlat organlarining qarorlarini bajaradilar, jumladan davlat majuburlov kuchini ishlatib bo’lsayam.
Davlat hokimiyati siyosiy hokimiyat bo’lib, uning zo’rlik kuchi bilan davlat mexanizmi orqali amalga oshirilib jamiyatga rahbarlik qiladi. Davlat mexanizmi-bu ddavlat apparatida n, ya'ni davlat organlarining yig’indisidan, davlat muassasalaridan va korxonalaridan iborat.
Davlat mexanizmi – davlat hokimiyatini amalga oshiradigan, jamiyatga davlat rahbarligini ta'minlovchi davlat tashkilotlari tizimidir.
Yaqin o’tmishda davlatning vazifasi beistisno uyushgan zo’ravonlikdan iborat deb qaralar, lekin uni umumfarovonlikni ta'minlash mexanizmi sifatida hech kimning hayoliga kelmas edi.
1. Davlat mexanizmi boshqaruv bilan maxsus shug’ullanuvchi ishlardan iborat;
2. Davlat mexanizmi idoralar va muassasalarning murakkab tizimidan iborat;
3. Davlat maxkamasining barcha bo’g’inlari faoliyati tashkiliy va moliyaviy vositalar bilan majburiy ta'sir yo’li bilan ham ta'minlanadi;
4. Davlat mexanizmi o’z fuqarolarining qonuniy manfaatlarini va huquqlarini ishonchli tarzda kafolatlash va muhofaza qilishga da'vat etilgan.
Davlat mexanizmining tuzilishi va uning faoliyati ob'ektiv tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Bu esa, jamiyatni davlat yo’li bilan boshqarishning eng yuksak ob'ektivligini ta'minlaydi. Eng muhim tamoyillardan biri hokimiyatning bo’linishi tamoyilidir (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati).
Davlat mahkamasi (apparati) – davlat mexanizmining bir qismi bo’lib, davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun hokimiyat vakolatlariga ega bo’lgan davlat organlari majmuidan iborat.
Davlat mexanizmi davlat mahkamasidan tashqari davlat muassasalari va davlat korxonalarini ham o’z ichiga oladi.Davlat mahkamasi umumiy shaklda organlarning quyidagi ko’rinishlari tarzida namoyon bo’lishi mumkin:
a) qonun chiqaruvchi hokimiyat organlari.
b) ijro etuvchi hokimiyat organlari.
v) sud hokimiyati organlari.
Davlatning maxsus organlari tizimida davlat hokimiyatning oliy va mahalliy vakillik organlari ham mavjud. Davlatning oliy vakillik organlari qonun chiqaruvchi hokimiyat funksiyasini bajaradi. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari vakillik harakteriga ega bo’ladi.
Hokimlarning asosiy vazifasi Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa hujjatlari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari ijrosini tashkil etishdir.
Bundan tashqari hokimlar jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko’radilar, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadilar, agar quyi turuvchi hokimlarning qarorlari Konstitutsiya, qonunlar va boshqa yuqori tashkilotlar qarorlariga zid bo’lsa, ularni bekor qiladilar; rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati bo’linmalarining ishini nazorat qiladilar; xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to’g’risida taqdimnoma kiritadilar; davlat mukofotlari bilan taqdimlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadilar va ular yuzasidan takliflar kiritadilar, respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko’radilar; aholini qabul qilishni tashkil etadilar, fuqarolarning taklif va shikoyatlarini ko’rib chiqadilar va o’z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni hal etadilar.
Mahalliy hokimiyat organlari o’z vakolatlari doirasida normativ hujjatlar qabul qiladilar, ular qaror va farmoyishlar shaklida bo’lishi mumkin. Ular qabul qilgan qarorlarning ushbu hududda bajarilishi shartdir.
Hokimlar vakillik organlari oldida vaqti-vaqti bilan hisob berib turadi. Shuningdek, hokim o’z o’rinbosarlari va ijroiya hokimiyat tarkibiy bo’linmalarining rahbarlarini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish to’g’risidagi qarorlarini xalq deputatlari Kengashi tasdig’iga taqdim etadi. Hokimlik devoni bo’linmalari rahbarlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining qarorlari Konstitutsiya va qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid bo’lmaslgi kerak. Aks xolda ular O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bekor qilinadi. Hokimlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Maxkamasi tomonidan to’xtatiladi va bekor qilinadi. Bundan tashqari, hokim qabul qilgan normativ hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasida hokimliklar faoliyatini tashkil qilishdagi muhim yo’nalishlardan biri aholini qabul qilish, ularning istak –xohishlarini o’rganish, omma bilan bevosita muloqotda bo’lishdir. Hokim, hokimning birinchi o’rinbosari, o’rinbosarlari, bo’limlar, boshqarmalar va bosh boshqarma rahbarlari, hokim kotibiyati boshlig’i aholini qabul qiladilar.
Fuqarolarga qulay bo’lishi uchun qabulni ma`muriy markazda o’tkazmasdan, qishloq, tuman, shahar, viloyatlarda aholi yashash joylarida ham o’tkaziladi. Rahbarlar reja bo’yicha oyiga bir-ikki marta joylarga chiqadilar, shaharlardagi yirik korxona, tashkilotlarda ham aholi qabul qilinadi. Ba`zi bir hokimliklarda yagona qabul qilish kuni belgilangan, bunday kunlarda boshqa hech qanday ommaviy tashkiliy tadbirlar o’tkazilmaydi.
«Fuqarolarning murojatlari to’g’risida»gi qonunga binoan, hokimlar ariza va xatlar bo’yicha qilingan ishlarning hisobini olib boradi va hokimlarning vazifasiga ularni to’g’ri va o’z vaqtida ko’rib chiqilishini nazorat qilish yuklatilgan.
Davlat hokimiyatining vakillik organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishda Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan «Ish tartiblari» muhim axamiyatga ega. Ularga asosan xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini chaqirish va o’tkazish, unda kadrlar qabul qilish va sessiyaga hal qilish uchun berilgan boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ko’pchilik fikriga asoslanganligi uning tatbiq etilishini kafolatlaydi. Xalq deputatlari Kengashlari fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta`minlashga, atrof-muhitni muxofaza qilishga doir o’z vakolatlariga berilgan masalalarni, O’zbekiston Respublikasining Qonunlariga muvofiq nazorat qilishga doir boshqa masalalarni hal etadi.
O’zbekiston Respublikasidagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining ish tajribasida xokimiliklar qaror loyihasiga tayyorgarlik ishlarini oldindan rejalashtiradilar; o’tkaziladigan tadbirlar loyihasini, ularni ijro etuvchi shaxslarni belgilaydilar, tegishli hisobotlarni berish vaqtlarini tayinlaydilar.Qaror loyihasi doimiy komissiyalar tomonidan ham tayyorlanishi mumkin, ularda sessiya kun tartibiga masala doimiy komissiyalar tomonidan kiritilgan bo’lsa, yoki shu masala bo’yicha ma’ruza doimiy komissiyalar tomonidan tuzilayotgan bo’lsa, qaror loyihasi doimiy komissiyalar tomonidan tuziladi. Hokimiyatlar shtatidagi yurist maslahatchi loyiha haqida xulosa beradi.Sessiyalarda deputatlarning faolligini oshirishga qaror loyihalari bilan oldindan tanishib chiqish yordam beradi. Hokimiyat apparati deputatlarni qaror loyihalari bilan oldindan tanishtiradi. Bu deputatlarga loyihani yaxshilab o’ylab chiqishga, saylovchilar bilan maslahatlashib olishga imkoniyat yaratadi. Deputatlarga sessiyani chaqirish vaqti va joyi haqidagi xabarlar bilan birga, ularga qaror loyihasini ham yuborish maqsadga muvofiq, ayrim hollarda loyihaga ba`zi bir boshqa materiallar bilan maruza tezisi ham qo’shib yuboriladi. Hokimiyatning sessiya chaqirish to’g’risidagi qarorida sessiya chaqirish vaqti va joyi, sessiya ko’rib chiqadigan masalalar va ma`ruzachilar ko’rsatiladi. Hokim Kengash majlislariga rahbarlik qiladi. Kengash «Ish tartibi»ga rioya qilishni kuzatadi, hokim ma’ruza, qo’shimcha ma’ruza, munozaralarda chiqish uchun, ma`lumotnomalar uchun, so’rov kiritish va unga javob berish uchun so’z beradi, yozma ravishda tushgan so’rovlarni e`lon qiladi, majlichslarda tanaffus va majlisning yopilganligini e`lon qiladi. Kun tartibi majlisda ishtirok etgan deputatlarning oddiy ko’pchilik ovozi bilan tasdiqlanadi. Xalq deputatlari Kengashlarining «Ish tartibi»ga muvofiq, ma’ruzalar uchun 30 minutdan 40-50 minutgacha, qo’shimcha ma’ruzalar uchun 20-30 minut, munozaralarda chiqish, yakunlovchi so’z uchun 10-15 minut, ma`lumotlar, qayta chiqishlar uchun 5 minutgacha vaqt ajratiladi.Mahalliy Kengashlarning o’z hududlari doirasida qabul qilgan qarorlari hokimiyat organining akti bo’lib, ijrosi majburiydir. Qarorlarni Kengash ochiq ko’pchilik ovoz berish yo’li bilan qabul qiladi. Qaror hokim va kotib tomonidan imzolanadi. Kengash majlislari borishini o’zida ifodalovchi asosiy hujjat sessiya bayonnomasidir. Unda sessiyaning o’tkazilgan vaqti, ishtirok etgan deputatlar va taklif etilgan shaxslarning soni, kun tartibi, ma’ruzachilar va qo’shimcha ma’ruzachilar, munozaralarda so’zga chiqqan shaxslar, ularning nutqlarining qisqacha mazmuni ko’rsatiladi. Sessiyada qabul qilingan Kengashning har qanday qarori bayonnomada o’z ifodasini topishi shart. Bayonnoma hokim va sessiya kotibi tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning bir nusxasi yuqori turuvchi hokimiyatga beriladi.Xalq deputatlari Kengashi va Hokimning topshirig’iga binoan yoki o’z tashabbusi bilan vazifalari doirasidagi masalalar bo’yicha qaror loyihalarini ishlab chiqishda, mahalliy davlat hokimiyatini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tegishli hududda amal qilishni ta`minlash maqsadida, xalq deputatlari Kengashi xuzurida doimiy komissiyalar faoliyat yuritadi. Bunday doimiy komissyalar mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy shakllardan biridir. Ularning faoliyati orqali Kengashning ishida doimiylik vujudga keladi. Bu doimiy komissiyani deputatlarning Kengash ishiga doimiy va faol jalb qilish vositasidir. Doimiy komissiyalarning soni tegishli Kengashlar tomonidan belgilanib, uning sohalaridan kelib chiqadi. Doimiy va muvaqqat komissiyalarning vazifasi-sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash, kengash qarorlarini va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini ro’yobga chiqarish uchun ko’maklashish, vakolatlari doirasida nazorat o’rnatishdir. Komissiyalar to’g’risidagi nizom tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyat, tuman va shahar Kengashlarida tashkil etilgan doimiy komissiyalar o’zlariga tegishli hududda korxona, tashkilot, muassasalarda qonun talablari qanday bajarilayotganligi to’g’risida o’tkazadigan tekshirishlarda hamkorlik qiladilar va o’z ish rejalarini muvofiqlashtiradilar hamda o’z faoliyatlari va ish tajribalari bilan fikr almashib turadilar.

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling