O'zbekistonda xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortishning o'ziga xos xususiyatlari
Xorijiy sarmoyadorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq va bojxona imtiyozlari
Download 28.36 Kb.
|
O\'zbekistonda xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortishning o\'ziga xos xususiyatlari
Xorijiy sarmoyadorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq va bojxona imtiyozlari
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxonalar uchun belgilab qo‘yilgan bojxona va soliq imtiyozlari bilan bir qatorda to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar jalb etayotgan quyidagi iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari uchun qator imtiyozlar mavjud: Radioelektron sanoat buyumlari va kompьyuter hamda hisoblash texnikalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish. Engil sanoat: Ipakchilik sanoati: Qurilish materiallari sanoati: Parranda go‘shti va tuxum etishtirish. Oziq-ovqat sanoati: Sut-go‘sht mahsulotlari sanoati: Kimyo-farmatsevtika sanoati: Ushbu korxonalar asosiy faoliyati bo‘yicha daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirishdan olinadigan soliq, ekologiya solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq, shuningdek Respublika yo‘l fondiga majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod etiladi. Qayd etilgan soliq imtiyozlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy xorijiy sarmoyalar quyidagi hajmda jalb etilganda taqdim etiladi: — 300 ming AQSh dollaridan 3 mln. dollargacha — 3 yil muddatga; — 3 mln. AQSh dollardan 10 mln. dollargacha — 5 yil muddatga; — 10 mln. AQSh dollaridan ortiq — 7 yil muddatga. Xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan qo‘shimcha kafolatlar va himoya choralari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlar taqdim etilishi, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda yordam ko‘rsatish, maxsus soliq va to‘lov rejimini yaratish, loyihalarni amalga oshirish ustidan davlat monitoringini o‘tkazish va qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar. Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishdan manfaatdorlik har qanday davlatning o’z investitsiya siyosatini ishlab chiqishini talab etadi. Bu siyosat xorijiy investitsiyalarni jalb etishning o’ziga xos yo’nalishini, shuningdek, ularni jalb etishni rag’batlantirish tizimini aniqlab beradi va investitsiya faoliyatining huquqiy tartibini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonunning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar amalga oshirilishining huquqiy asoslari va tartibini belgilab berishdan iborat. Ushbu qonunning asosiy vazifalari bo’lib: – xorijiy investitsiyalar kirib kelishini rag’batlantirish yo’li bilan O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish va uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga ko’maklashishdan; – xorijning moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarini, zamonaviy xorijiy texnologiyalarni va boshqaruv tajribasini jalb etish hamda ulardan oqilona foydalanishdan iborat. O’zbekiston Respublikasining «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida»gi Qonunining maqsadi O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan xorijlik investorlar huquqlarining kafolatlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilab berishdan iborat bo’lib, uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: – xorijlik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish bo’yicha kompleks choralarni shakllantirish; – xorijlik investorlar va xorijiy investitsiyalarning ayrim toifalari uchun qo’shimcha kafolatlar berish shart-sharoitlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilash. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi «Chet el investitsiyalari to’g’risida»ga Qonuniga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida xorijlik investorlar quyidagilar bo’lishi mumkin: chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari; davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub’ektlari bo’lgan xalqaro tashkilotlar; chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko’rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar; chet el davlati fuqarolari bo’lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari. Xorijlik investorlar va xorijiy investitsiyalar uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning to’liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo’yilgan rejimga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas. Xorijiy investitsiyalarning huquqiy rejimi O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan me’yorlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya etish maqsadida iqtisodiyot va faoliyatning muayyan sohalarida xorijiy investitsiyalar uchun cheklashlar yoki taqiq nazarda tutilgan bo’lishi mumkin. Xorijlik investorlarning O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan huquqlari va manfaatlari buzilganda ularni tiklash O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi. Investitsiyalar va xorijlik investorlarning tavakkalchiligini sug’urta qilish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Prezidentimiz I.A.Karimovning 2012 yil 10 apreldagi «To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmonida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investorlar uchun yanada qulay moliyaviy sharoitlar yaratildi. Mazkur Farmonda belgilanishicha, xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSh dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida, soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i (tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi), mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq to’lovi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashning mazkur korxonalar davlat ro’yxatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llashga haqlidirlar. Farmonga muvofiq, qiymati 50 million AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo’lgan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag’lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi «To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 3594-sonli Farmoni bilan belgilangan soliq imtiyozlari 2012 yilning II choragidan boshlab quyidagi shartlar asosida qo’llanilishi belgilangan: – Toshkent shahri va Toshkent viloyati istisno etilgan holda, respublikaning barcha mintaqalarida joylashtiriladigan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga tatbiq etiladi; – korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni tashkil etishi lozim; – xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo’yish; – mazkur imtiyozlarning qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo’naltirish. Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy va qonun hujjatlarida xorijiy investitsiyalar uchun quyidagi kafolatlar va rag’batlantirish omillari amal qiladi: – davlat investitsiya faoliyati sub’ektlarining huquqlarini kafolatlaydi; – davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati sub’ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas; – davlat investitsiyalar himoya qilinishini kafolatlaydi; – O’zbekiston Respublikasida investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari davlat mulkiga aylantirilmaydi; – investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi; – investitsiya faoliyati sub’ektining investitsiya faoliyati natijasida olingan foydasi (daromadi) soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langach, uning xohishiga ko’ra reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin; – investitsiya faoliyati sub’ekti olgan aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar, uning maqsadli bank omonatlari, shuningdek, olingan mol-mulk olib qo’yilgan (rekvizitsiya qilingan) hollarda ular qiymati yoki ijara to’lovlari qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi (kompensatsiya to’lanadi); – O’zbekiston Respublikasining yangi qonun hujjatlarini qabul qilish investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirishi mumkin. Agar O’zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda xorijlik investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investitsiyalash paytidan boshlab o’n yil mobaynida qo’llaniladi. Xorijlik investor o’z xohishiga ko’ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo’llash huquqiga egadir; – xorijlik investorlarga xorij valyutasidagi pul mablag’larini O’zbekiston Respublikasiga va undan tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lashi sharti bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o’tkazish kafolatlanadi. Xulosa qilib aytganda, milliy iqtisodiyotimizda xorijiy investitsiyalarning me’yoriy-huquqiy asoslari bunyod etilgan bo’lib, ularda yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari, qonun o’zgarmaslik kafolatlari, foyda olish va mulklarning rekvizitsiya qilinmasligi va boshqa kafolatlar respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini yanada rag’batlantiradi va uning jahon xo’jaligi tizimiga uyg’unlashuvini ta’minlaydi. Download 28.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling