O'zbekistonda xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortishning o'ziga xos xususiyatlari


Yangi tahrirdagi Soliq kodeksidagi asosiy o‘zgarishlar va yangiliklar


Download 28.36 Kb.
bet4/4
Sana20.12.2022
Hajmi28.36 Kb.
#1038312
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekistonda xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortishning o\'ziga xos xususiyatlari

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksidagi asosiy o‘zgarishlar va yangiliklar 
Soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi O’RQ-599-son qonuni bilan Soliq kodeksining yangi tahriri qabul qilindi.
Yangi Soliq kodeksi soliq qonunchiligini maksimal darajada soddalashtirish (soliq va yig’im turlari va miqdorlarini optimallashtirish), qarama-qarshiliklar va nizolarni bartaraf etish (havolali normalarning va qonunosti hujjatlarining cheklanishi), halol soliq to‘lovchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, Shuningdek, soliq nazorati mexanizmlarini takomillashtirishni ko’zda tutadi.
Yangi Soliq kodeksining asosiy hususiyatlari:
1. Soliq imtiyozlarini berish qoidalari qayta ko‘rib chiqilib, unga muvofiq soliqlarni to‘lashdan to‘liq ozod etish faqat Soliq kodeksi bilan taqdim etiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan soliq imtiyozlari (QQS, tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar) uchun aksiz solig’i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari) faqat belgilangan stavkani 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda pasaytirish shaklida, uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga berilishi mumkin.
2. Soliq qarzini soliq to‘lovchining debitorlari mablag’lari hisobidan majburiy undirish chorasi bekor qilindi.
3. Soliq organlarining ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarni o’z vaqtida qaytarilmaganligi uchun javobgarlik kuchaytirildi. Ortiqcha undirilgan soliq va moliyaviy sanktsiyalar ushbu summalarni undirish (to‘lash) davrida amalda bo‘lgan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi asosida hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda qaytariladi.
4. Soliq majburiyati bajarilishini ta’minlashning mol-mulk garovi, bank kafolati va kafillik ko’rinishidagi yangi shakllari o’rnatildi.
5. Soliq organlariga taxlika-tahlil tizimiga asoslangan kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditini tayinlash huquqini beradigan soliq nazoratini o’tkazishning yangi tartibi nazarda tutilgan.
6. Soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi aniqlashtirldi, shuningdek javobgarlik choralari soliq huquqbuzarligi turidan kelib chiqqan holda belgilanadigan bo‘ldi.
7. Soliq to‘lovchilarning alohida toifalari (yirik soliq to‘lovchilar, eksportyorlar, bank kafolati taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasi tuzganlar) uchun 7 kun davomida QQSni qaytarishning tezlashtirilgan tartibi belgilandi.
8. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xorijiy diplomatik va unga tenglashtirilgan vakolatxonalariga amaldagi nol stavka o’rniga QQSni qaytarish tizimi joriy etildi.
9. Xorijiy sayyoxlar uchun “Tax free” tamoyili bo‘yicha QQS ni qaytarish tartibi joriy etilmoqda.
10. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari va soliq to‘lovchilarning alohida toifalarini soliqqa tortish xususiyatlari inobatga olinib, unda soliq solish shartlari, shuningdek soliq imtiyozlarini qo’llash tartibi batafsil aks ettirildi.
11. Transfert narxlarning shakllanishi va nazorat qilinadigan xorijiy kompaniyalar, shuningdek, soliq to‘lovchilarning kontsolidatsiyalashgan guruhi uchun soliq solishning normalari kiritildi (2022 yil 1 yanvardan qo‘llaniladi).
12. Elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarga soliq solish tartibi nazarda tutilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:



1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2007 yil 30 noyabrda ma’qullangan. 2007 yil 25 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni № – 136.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007yil 12 dekabrdagi “O‘zbekiston respublikasining 2008 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘grisida”gi 744 – sonli qarori.
3. “Soliq tizimi va munosabatlari”. Z.Xo’jaeva, R.Hakimov, A.Abdullaev. Toshkent – 2007 y.
4. A.Jo’rayev. Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. “Oqituvchi ”nashriyiot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2007 y.
Download 28.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling