Reja: 1) O’rik mevasi haqida 2) O’rik navlari haqida - O’zbekistonda o’stirilayotgan danakli mevalar ichida o’rik yetakchi o’rinni egallaydi. Asosan Farg’ona va Zarafshon vohalarida ko’proq tarqalgan. O’rik mevasi quritiladi, yangiligida iste’mol qilinadi va har xil mahsulotlar ishlab chiqarishda tayyorlanadi. Yangi mevasida qand moddasi 8,4-19,0% kislota 0,3-1,7% bo’lib, ko’proq olma-limon kislotalari bilan birlikda juda oz miqdorda saltrin va vino kilota izlari uchraydi. A, C vitaminlari, 0.1-1,6% pectin bor. O’rik turshagida 80% gacha qand bor. O’rta Osiyoda o’suvchi o’rik navlarning mag’zlari shirin bo’lib, unda 45-58% yog’ va 284 gacha oqsil mavjuddir.
O’rik navlari haqida - Mahalliy ertapishar oq o’rik –nav mevasining kattaligi o’rtacha bo’lib. Vazni 30-35gr, shakily dumaloq, sovuqqa bardosh beradi, ekilgan ko’chatlari 5-6 yildan keyin hosil bera boshlaydi. To’liq hosilga kira boshlaganda 80-100kg hosil terib olinadi. Mevasi iyuning ikkinchi o’n kunligida pishib yetiladi.
O’rik navlari haqida - Bodomiy –bu navning daraxtlari qishki sovuqlarga yaxshi bardosh beradi. Qurg’oqchilikka chidamli bo’lsada, erta bahorda bo’ladigan qora sovuqlar ta’sirida gullari ko’plab zararlanadi. Ekilgan ko’chatlari 5-yili hosilga kiradi, hosildorligi o’rtacha, 20-25 yoshga yetgan daraxtlari 200kg gacha o’rik beradi. Mevasi 10-15 iyulga kelib pishib yetiladi. Bu mahalliy ho’raki nav mevasi yangilgida iste’mol qilish bilan bir qatorda undan kompot, qiyom, murabbo kabi mahsulotlar tayyorlash mumkin.
Behi navlari haqida - Ahroriy (Xo’jaahroriy) navi –sovuqqa va barg dog’lanish kasalligiga anchagina chidamli, bo’z tipidagi tuproqlarda ancha yaxshi o’sadi. Mevasi may oyi oxirida pishadi, yirik (45-50gr). Daraxti katta keng piramidasion, shox-shabbasi qalin. Mevasi yumaloq, zarg’aldoq to’q sariq, tukli, eti sariq, shirin-hushxo’r. danagi atidan ajramaydi, mag’zi achchiq. Mevasi faqat yangiligida iste’mol qilishga yaroqli.
- 1. Ziyonet.uz axborot kutubxonasi 2. wikipediya.org sayti
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |