Sharof rashidov nomidagi samarqan davlat universiteti


Download 117.52 Kb.
Sana07.10.2023
Hajmi117.52 Kb.
#1694619
Bog'liq
Titul



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAN DAVLAT UNIVERSITETI


Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti
70812001 – Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi
mutaxassisligi magistranti Xoshimov Ulug`bekning

BAHORGI PLYONKALI ISSIQXONALARDA BODRING NAVLARINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI”



Amaliyot rahbari: q.x.f.n, dotsent Xalmirzayev B
Magistrant : Xoshimov U

Samarqand 20__
O‘zbekiston aholisining oziq-ovqat ta’minotini yaxshilash, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda qishloq xo‘jalik tarmoqlarini takomillashtirish asosiy omil hisoblanadi. Sabzavotlarni ilmiy asoslangan yillik iste’mol me’yori ularni yil davomida bir xilda iste’mol etilishini taqozo etadi.Bunga erishish uchun ochiq va himoyalangan maydon sabzavotchiligini mutanosib ravishda rivojlantirish lozim. Aholini yilning kech kuz, qish va erta bahor oylarida sabzavot mahsulotlari bilan ta’min etishda himoyalangan maydon sabzavotchiligi juda muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda himoyalangan maydonlar sabzavotchiligida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. U rivojlanib kelayotgan tarmoqdan ilmiy va industrial asosda rivojlangan tarmoqqa aylandi, ya’ni isitiladigan maydonlarni turlari takomillashtirildi, himoyalangan maydonlar uchun yangi nav va duragaylar yaratildi, parvarishlashni yanada yangi, mahsulot tannarxi pasayishini ta’minlovchi ilg`or usullari ishlab chiqildi. Himoyalangan maydonlarning zamonaviy bosqichdagi alohida xususiyati, bozor iqtisodiyoti isloxotida uning maydonlari ko‘payganidir.
O'zbekistonda iqtisodiy. islohotlar chuqurlashayotgan hozirgi davrda xo'jalik tashkilotchisi qishloq xo'jaligining qaysi tarmog'ida, qanday vazifada ishlamasin ishlab chiqarish taraqqiyoti qonuniyatlarini, korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishi asoslar va usullarini, xo'jalikni yuritish tizimining shakli, mavjud resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan tamoyillarini, o'simlik va chorva mahsulotlari ishlab chiqarish· texnikasi va texnologiyasini, mehnatni tashkil etish bilan moddiy rag'batlantirish shakllarini yaxshi bilishi zarur.
Chunki mamlakatimiz aholisining turmush darajasining o'sishi, oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga bo'lgan talabi, yiJ davomida ularni sabzavot va ko'katlarga, gu\larga, kO'chatlarga bo'lgan o'sib borayotgan ehriyojlarini qondirishda issiqxonalarning roli tobora o'sib bormoqda.
O'zbekistonda issiqxonalarda sabzavotlar, ko'chat va gullarni yetishtirishga xo'jaliklarning qo'shimcha manbayi sifatida qarab kelingan. Ammo hozirgi kunda aholini yashash sifatini oshishi , yil davomida vitaminlarga boy sabzavotlarga va sitrus mevalariga bo'lgan talabning oshishi, bu sohada ilg'or xorij texno]ogiyalari va tajribalarini keng qo'llashni taqozo etmoqda. Shuning uchun bu soha uchun malakali mutaxassislarni o'qitish masalasi dolzarb hisoblanadi.
Mutaxassis-agronom, texnologlar ham yelarlicha iqtisodiy bilimlarga ega bo'lishlari kerak. Negaki tarmoq ishlab chiqarishi tashkillashtirilar ekan, texnologik va tashkiliy qarorlarning iqtisodiy samaradorligini hisobga olish, ularga o'z vaqtida zaruriy tuzatishlarni kirilish ham muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustvor yo'nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasining 3-yo‘nalish 3-punktida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish ya’ni mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, eksporl salohiyatini sezilarli darajada oshirish; paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirib, kartoshka, sabzavot, oziq-ovqat moyli ekinlarni joylashtirish: qishloq xo'jalik ekinlarining yangi seleksiya navlarini yaratish kabi bir qancha vazifalar belgilandi. 0`zbekiston dehqonchiligida sabzavot ekinlarini qariyib 60 foizi ko‘chatidan ekib o ‘stiriladi. Serquyosh oMkamizda sabzavotlardan yiliga 2-3 marta hosil olishda ko'chatidan yetishtirish va himoyalangan yer inshootlaridan unuinli foydalanish qulaylik yaratadi. Bularni barchasi dunyoda ynz berayotgan oziq-ovqat xavfsizligini
oldini olishda hamda Respublikamiz aholisini mavsumdan tashqari
paytda sabzavot mahsulotlariga b o ig an talabini qondirmoqda.
0`zbekiston dehqonchiligida sabzavot ekiniaridan yiliga 2-3 marta hosil olish va himoyalangan yer inshootlaridan unumli foydalanish imkoniyati mavjud. Respublikamiz aholisini sabzavot
mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish va dunyoda yuz berayotgan oziq-ovqat muammosini oldini olishda bu imkoniyat muximdir.
Sabzavot mahsulotlari inson haѐtida katta ahamiyatga ega bo’lib, oziq -
ovqat rasionida muhim o’rin tutadi. So’ngi yillarda sabzavot ekinlari
maydonini kengaytirish va yuqori sifatli eksportbop mahsulotlar
yetishtirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar
Mahkamasi tomonidan bir qancha Farmon va Qarorlar qabul qilinib,
joylarda bu sohani rvojlantirish bo’yicha ko’plab amaliy ishlar
bajarilmoqda. Xozirgi paytda mamlakatimizda himoyalangan maydonlarda
sabzavot yetishtirish keng ommalashmoqda. Sabzavot ekinlaridan yuqori va
sifatli hosil olishning asosiy omillaridan biribu geterozis
duragaylardan foydalanishdir.
Sabzavot ekinlari orasida bodring ommabop ekin bo’lib, uning kaloriyasi
unchalik yuqori bo’lmasada, o’zining mazasi va parhyez xususiyati bilan alohida o’rin tutadi. Bizning yurtimizda ham tomorqa xo’jaliklarida va ko’plab fermer xo’jaliklarida bodringni geterozis duragaylari ekib kelinmoqda.
Bodring o’simligini o’suv davrining qisqaligi, tez hosilga kirishi va haridorgirligi jixatidan issiqxona dehqonchiligida bu ekin turiga bo’lgan qiziqishini oshirmoqda. Ammo aksariyat xollarda, yurtimiz issiqxonalarida chetdan olib kelinaѐtgan duragay urug’lar yetishtirilmoqda. Bu o’z navbatida seleksioner olimlar oldiga mahsuldorligi yuqori bo’lgan, kasalliklarga va tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli nav va duragaylarni chiqarish vazifasini qo’yadi.
Dunѐda sodir bo’laѐtgan oziq-ovqat muammosini bartaraf etish, aholi
sonining ortib borishi, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirishga,
issiqxonalarda bodringning yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli nav va
duragaylarini yaratish hamda yetishtirishning innovasion texnologik
elementlarini ishlab chiqishni taqazo etadi
Download 117.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling