O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati reja


Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mohiyati


Download 35.91 Kb.
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi35.91 Kb.
#1264284
1   2   3
Bog'liq
1. O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshiri

2. Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mohiyati
Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mohiyati yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligining fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi muhim omil sifatidagi o’rni va ahamiyatini tahlil etishda eng avvalo, unga oid bo’lgan ilmiy kategoriyalarni o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. Xususan, bunda “faollik”, “siyosiy faollik”, “ijtimoiy- siyosiy faollik”, “huquqiy faollik”, kabi siyosiy-huquqiy kategoriyalarning mazmun va mohiyatini hamda ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik masalalarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. “Ijtimoiy-siyosiy faollik” tushunchasini tadqiq etishda uning asosiy birikmasi hisoblangan “faollik” atamasini tahlil qilish lozim bo’ladi. “Faollik” tushunchasi shu darajada keng mazmun kasb etganki, ayrim hollarda undan foydalanish izoh talab etadi. Bundan tashqari, “faol” atamasi harakatchan, serg’ayrat, rivojlanuvchi degan ma’nolarni anglatadi. “Faollik” tushunchasi asosan “faoliyat” tushunchasining sinonimi sifatida ham qo’llaniladi. Insonning faolligi atrof muhitni o’z ehtiyojlari, qarashlari, maqsadlariga muvofiq o’zgartirish qobiliyati sifatida alohida mazmun-mohiyat kasb etadi. Tegishli adabiyotlarda shaxs faolligining bir qator belgilar bo’yicha farqlanishi haqida so’z boradi1. Bu boradagi yondashuvlarni umumlashtirgan holda faollikning quyidagi shakllarini ko’rsatib o’tish mumkin: “faollik” va “faoliyat” tushunchalarining mohiyatan yagonaligidan dalolat beruvchi faoliyat shakli sifatidagi faollik; insonda o’z ichki munosabati vujudga kelgan, uning individual tajribasi aks etgan faoliyat sifatidagi faollik, atrof muhitni o’zgartirishga qaratilgan faoliyat sifatidagi faollik; shaxsiy ahamiyatga molik faoliyat: insonning o’z shaxsiyatini namoyon etish ko’rinishidagi faolligi hamda o’zini qurshagan muhit bilan o’zaro ta’sirga kirishish mahsuli sifatidagi faollik.
Bundan tashqari, iqtisodiy faollik, g’oyaviy faollik, madaniy faollik kabi tushunchalari mavjudligini o’zi uning yo’nalishlari, sohalari xilma xil ekanligini bildiradi. Faollik sohalari insonlar, shaxslar yoki muayyan ijtimoiy guruh qatlamlar faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ajralib qolmagan. Faollik ana shu ijtimoiy qatlamlar, xususan yoshlar ongi, dunyoqarashi, xulq-atvori, hayotiy maqsad va intilishi ularning milliy g’oyaviy qiyofalari bilan bog’liq holda amalga oshadi. Shunda yoshlar faolligi, faol yoshlar, yoshlarning ijtimoiy faolligi, siyosiy faol yoshlar atamasi ishlatiladi.
Faollik muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamning jamiyat va davlat, ishlariga munosabati, unga to’g’ri yondashuvi, mas’uliyat hissi, fuqarolik tuyg’usi sifatida namoyon bo’ladi. Faollik ayni paytda o’zlikni anglashni ham ifodalaydi.
Bundan tashqari, “huquqiy madaniyat” tushunchasidan kelib chiqib, siyosiy faollikka yoshlarga tabiatan xos bo’lgan siyosiy-huquqiy xususiyat sifatida yondashish mumkin. Bu siyosiy-huquqiy xususiyat huquqiy va siyosiy muhit bilan insonning o’zaro aloqasi jarayonida shakllanadi hamda uning siyosat va huquqiy tartibga solish sohasida faol ish olib borish qobiliyatini ifodalaydi. Shuning uchun ham siyosiy-huquqiy faollik - bu faoliyatning qizg’inlik va ayni vaqtda yoshlarning huquqiy madaniyati va siyosiy madaniyati darajasini aks ettiruvchi omil sifatida amal qiladi. Bu haqida “huquqiy bilimlarsiz huquqiy madaniyat bo’lishi mumkin emas”1deb, aytilgan. Shuningdek, yoshlar siyosiy-huquqiy faolligi shakllanish jarayonining mazmuni o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 1) huquqni bilish (informatsion jihat); 2) huquqqa bo’lgan munosabat (nisbiy jihat); 3) qonuniy xulq-atvorga qarab mo’ljal olish (tartibga solish jihati); 4) o’z qonuniy xulq-atvorining zarurligini anglab etish (kognitiv jihat).
Bundan tashqari, yoshlar deganda mamlakat aholisining eng yosh va tez o’zgaruvchan va saloxiyatini tashkil etuvchi, o’zining ijtimoiy tarkibi jixatidan bir-biriga yaqin bo’lgan qatlam tushuniladi. Ular ijtimoiy hayotda, shunchaki oddiy kuzatuvchi sifatida ishtirok etmasliklari uchun, ular avvalo faoliyatda bo’lishlari kerak bo’ladi. Faoliyat orqali yoshlar o’zlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini anglab boradilar. Ijtimoiy- siyosiy faollik nuqtai nazaridan yoshlarni o’z oldilariga qo’ygan maqsadlariga ko’ra shartli ravishda ikki guruhga bo’lib o’rganish mumkin: 1. Siyosiy-ijtimoiy faol yoshlar. 2. Siyosiy-ijtimoiy hayotdan uzoq, faol bo’lmagan yoshlar.
Shuningdek, “siyosiy faollik” tushunchasini keng va tor ma’nolarda talqin etish mumkin. Keng ma’noda uni yoshlarning davlat va jamiyat qurilishi, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabati, mas’uliyati nuqtai nazaridan talqin etish mumkin. Tor ma’noda, uni siyosiy ishtiroki va siyosiy munosabatlar nuqtai-nazaridan yoshlarni jamiyatning siyosiy hayotida bevosita yoki bilvosita munosabatini ifoda etadi.
Yoshlarni, bugungi kunda shartli ravishda “siyosiy faol” va “faol bo’lmagan” guruhga bo’lish mumkin. Bularga quyidagilar kiradi: 1. Siyosiy o’zgarishlarni aniq idrok etgan; 2. Demokratik jarayonlarga o’z hissasini qo’shayotgan; 3. Qonunlar qabul qilish, uni hayotga tadbiq etishda befarq bo’lmagan; 4. Mustaqillikni mustahkamlash, Vatan, el-yurt va xalqning taqdiri va istiqboli uchun qayg’urayotgan; 5. Muayyan siyosiy partiya yoki ijtimoiy xarakatlar bilan o’z faoliyatini bog’lagan, shunga ehtiyoj sezgan; 6.ijtimoiy zararli illatlar ko’rinishlari bilan murosa qilolmaydigan yoshlarni siyosiy faol qatlam deyish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida esa 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lganlar yoshlar hisoblanadi.
Xulosa o’rnida yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mazmun mohiyati o’ziga xos tarzda shakllangan bo’lib, o’z tarkibiga “faollik”, “ijtimoiy faollik”, “siyosiy faollik”, “iqtisodiy faollik” kabi kategoriyalarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Shuningdek, hozirgi kunda fan - texnika rivoji axborot kommunikatsiya - texnologiyalarining taraqqiy etishi bilan bir qatorda axborot almashinuv jarayonlari tezlashib bormoqda. Bundan tashqari, Prezidentimizning “yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimizning, ayniqsa, yoshlarimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga yoshlarning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligi davlat va jamiyat qurilishida katta o’ringa egadir. Bu to’g’risida Prezident I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida. “O’z haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va qobiliyatiga tayanib yashaydigan, atrofida ro’y berayotgan voqea- hodisalarga mustaqil munosabatda bo’ladigan, shu bilan birga, o’z shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin shaxsni shakllantirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish darkor”, deb ta’kidlaydi.




  1. Download 35.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling