Mavzu: Milliy mafkuraning o’quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda ta’lim tizimi hodimlarining mas’uliyati Reja
Download 93 Kb.
|
Milliy mafkuraning o’quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda ta’lim tizimi hodimlarining mas’uliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy mafkurani yoshlar ongi singdirishda oila, mahalla va maktabning roli. Mafkura va milliy mafkura tushunchasi
- Birinchidan: maktab boshqaruv tizimida rahbarlik faoliyatiga;
- Ikkinchidan: maktab ichki boshqaruv tiziminig manbalariga;
- Uchinchidan: rahbar faoliyatining asosiy yo’nalishlariga oila, mahalla va maktab xamkorligini yanada oshirishga qaratish; Pedagog kadrlar bilan olib boradigan metodik ishlari.
- To’rtinchidan: boshqaruv tizimida rahbarlik madaniyatiga;
- Oltinchidan: rahbarning fazilatlariga
- Iqtidorli bolalarni aniqlash va ular bilan ishlash yo’llari
- Takrorlash uchun savollar
- Testlar: 1. Rahbar mas’uliyati - bu...
- 3. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” qachon qabul qilingan.
- 5. Rahbar oila va mahallaga tayanib milliy mafkurani keng jamoatchilikka singdirish ishlarini qanday shakllarda olib borish zarur
- 7. Farobiyning fikricha, rahbar nechta hislat egasi bo’lmog’i lozim
- Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Mavzu: Milliy mafkuraning o’quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda ta’lim tizimi hodimlarining mas’uliyati Reja:
Mafkura tushunchasi. Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g’oyalar majmuidan iborat bo’ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch-e’tiqodning asosini ham g’oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g’oyalarda ifoda etiladi. O’z oldiga qo’ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo’llar va vositalar bilan erishmoqchi bo’layotgani haqidagi g’oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi. Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g’oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyatdagi har xil tabaqa va qatlamlarning mafkurasi turlicha bo’lishi tabiiy. Buning asosida manfaatlarning turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sun’iy ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o’ta siyosiylashadi, aholini o’zaro qarama-qarshi qilib qo’yadi. Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko’zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo’lida birlashishga chorlaydi. Bunday mafkuralarda ziddiyatli jihatlar emas, umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi. O’zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi aynan jamiyatni jipslashtirishga, buyuk kelajak yo’lida yakdil harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyatida har bir yurtdoshimizning o’ziga xos o’rni bo’lishiga erishishga safarbar etadi. Prezidentimiz Islom Karimov mafkuraga shunday ta’rif bergan: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men ja1. Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni xalq, millatni millat qiladigan, uning yo’li va maqsadlarini aniq-ravshan charog’on etadigan mayoqdir. Insoniyat tarixi mobaynida turli shakldagi juda ko’plab mafkuralar yaratilgan, behisob ijtimoiy-siyosiy kuchlar o’z g’oyalari va ta’limotlari bilan maydonga chiqqan, maqsad va niyatlariga yetishmoq uchun harakat qilgan. Biz har qanday mafkurani g’oyalar tizimi sifatida talqin qilar ekanmiz, shuni unutmaslik kerakki, biror bir mafkuraning mohiyatini anglab yetish uchun faqat uning tarkibidagi g’oyalarni tahlil qilishning o’zi yetarli emas. O’tmishda turli kuchlar va guruhlar o’z g’arazli niyatlariga erishish, asl maqsadlarini yashirish uchun yuksak va jozibali g’oyalardan foydalangan. Eng yovuz bosqinchi va eng razil guruhlar ham o’z kirdikorlarini ezgu g’oyalar bilan niqoblashga uringan. Demak, mafkuraning mohiyati faqat uning asosiy g’oyalari vositasida emas, shu g’oyalarga erishish usullari va vositalari, umume’tirof etilgan tamoyillari, ularning aksariyat omma manfaatlariga mosligi orqali ham namoyon bo’ladi. O’zining mudhish talab-ehtiyojlari va yovuz niyatlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirishni ko’zlab harakat etuvchi mafkuralar halokatga mahkumdir. Mafkuralar, ma’no-mohiyatiga ko’ra, falsafiy, dunyoviy, diniy va boshqa turli ta’limotlar asosida yaratiladi. Xilma-xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar o’z mafkuralarini yaratishda siyosiy g’oyalar bilan birga, diniy oqimlar va ilm-fan yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi. Mafkuraning falsafiy ildizlari haqida fikr yuritganda, uning falsafa ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Bunga g’arbdagi Uyg’onish davrini hamda o’rta asrlarda o’z milliy davlatchiligini tiklay boshlagan yevropa xalqlarining har biri o’ziga xos mafkurasini yaratganini misol keltirish mumkin. Mazkur mafkuralar Rim imperiyasi parchalanganidan keyin o’z davlatchiligiga ega bo’lgan xalqlarning o’ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy falsafalari asosida shakllandi. Shu bois o’sha davrdagi italyan, ingliz, fransuz falsafasi o’zi mansub bo’lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, bu milliy maktablar zaminida vujudga kelgan falsafiy ta’limotlar, ma’rifiy qarashlar insoniyat madaniyati xazinasiga salmoqli hissa bo’lib qo’shildi. Kant, Gegel, Feyerbax kabi mutafakkirlar nomi bilan shuhrat topgan nemis falsafasi xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Jumladan, haqiqiy milliy xususiyatlarga ega bo’lgan Gegel falsafasi Avstriya imperiyasidan ajralib, mustaqillik yo’lini tutgan Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi darajasiga ko’tarilgan edi. Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume’tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Bunday jamiyatda insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham qonun yo’li bilan kafolatlanadi. Ana shunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik – dahriylik emas» degan tamoyil asosida rivojlanadi, ya’ni dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni va ahamiyatini aslo inkor etmaydi. Mafkuraning diniy ildizlari deganda, u inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog’liq ekani va shu bois uning g’oyaviy ildizlari diniy ta’limotlarga borib taqalishi tushuniladi. Ya’ni, ko’pgina mafkuralarda Avesto, Veda va Upanishadlar, «Zabur», «Tavrot», «Injil» va «Qur’on» kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan ezgu g’oyalar muayyan darajada o’z ifodasini topganini ko’ramiz. Xitoy xalqining taraqqiyot yo’lini asoslab bergan Konfutsiy va Lao-szining ta’limotlari ham diniy qarashlarga asoslangan edi. Bu ta’limotlar asrlar mobaynida Xitoy xalqining milliy mafkurasi bo’lib kelgan. Dunyoviy va diniy g’oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko’tariladi. Bunga bashariyat tarixida o’chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayhon Beruniy, Imom g’azzoliy va Abu Nasr Forobiy singari buyuk zakovat sohiblari yonma-yon yashab faoliyat ko’rsatgan davr yorqin misol bo’la oladi. Bunday jarayon bugungi dunyoda amaliyot falsafasi deb tan olingan pragmatizm, hayot falsafasi bo’lgan ekzistensializm kabi dunyoviy va diniy g’oyalardan oziqlangan ta’limotlar misolida ham ko’zga tashlanmoqda. Inson darajasi ko’tarilishi omili sifatida oldin iymon keyin ilm zikr qilinmoqda.Bundan inson zotiga iymon bilan birga ilm ham zarurligi ayon bo’ladi. Qushning uchishi uchun ikki qanot lozim bo’lganidek, insonning darajasi ko’tarilishi uchun ham ikki qanot-iymon va ilm kerak. Iymon kesib tashlandi deylik? Ammo Iymon va Ilm bir-biriga qarama qarshi narsalar, deya jar solindi. Aslida esa iymonsiz ilm, ilmsiz iymon bo’lmasligi kerak. Nobel mukofoti sohibi Albert Eynshteyn: “Dinsiz fan o’likdir, fansiz din cho’loqdir”, degan. Qur’oni karimda mujodala surasida “Allox sizlardan iymon keltirganlarning, Xususan,ilmga berilganlarni darajalarga ko’tarur” 11-oyat. Ushbu oyati karimada bandalarni oliy darajalarga erishishlari uchun iymon va ilm shart qilib qo’yilmoqda. Avvallari ilimlarni diniy va duyoviyga ajratish bo’lmagan. Hammasi bir xil – “ilm” deb atalgan va shunga amal qilingan. Shuning uchun qadimgi davrda bir gurux falaqiyot ilmi mutaxassislari o’z kasblariga oid kitobni muzokara qilib o’tirishganida, diniy ulamolardan ba’zilari o’tib qolib: “Nima qilyapsizlar?” deb so’rashgan. Shunda falaqiyotchilar: “Alloh taoloni “Ular nazar solmasmilar tuyaning qanday yaratilganiga.... va osmonning qanday ko’tarilganiga?!” degan oyatini sharhini o’rganyapmiz”, deb javob berishgan. Shuning uchun ham tibbiyot ilmi dahosi Abu Ali ibn Sino tabibman deb o’tirmay, islom falsafasining ko’zga ko’ringan arboblaridan biriga aylangan. Sha’riy ilmlarni yaxshi bilan va qur’oni karimning ba’zi suralariga tafsir yozgan. Termiziy rivoyat qlgan. Hadisi sharifdagi “Hikmatli kalima” dan foydali ilmdir. Hikmat – ilm ekani hammaga ma’lum. O’sha hikmat bir kalima bo’lsa ham, mo’min kishi uni olishga urinishi lozim. Talabi ilm ibodatdir. Ilm ba’zi o’tgan gunoxlarning yuvilishiga sababdir. Shuning uchun ham musulmonlar doimo ilm talabida bo’lishlari kerak. Shariyatda ilm talab qilish har bir musulmonga farz qilingan. Ilmiy kashfiyotlar ham mafkura rivojiga katta ta’sir o’tkazadi. Zamonaviy fan yutuqlari, jumladan, kosmonavtika, kibernetika sohasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish, insonning gen-nasl xaritasini aniqlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin o’zgartirmoqda. Ayni vaqtda yuksak ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, globallashuv jarayonlari, bir tomondan, inson aql-idrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni orttirayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, Xirosima, Nagasaki, Chernobil fojialari, ommaviy qirg’in qurollari, ekologik halokatlar, ma’naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Shunday ekan, ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog’lom g’oya, sog’lom mafkura kerak. Biz hozirgi vaqtda muayyan darajada murakkab davrda yashayapmiz. Chunki yurtimiz xavfsizligini saqlab qolish bilan bog’liq masalalar, vazifalar ko’lami kengaydi. Shu bois, davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarida, xususan xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlarning eng asosiy vazifasi, garchi ular qanchalik keng ko’lamli bo’lmasin, hozirgi murakkab, ziddiyatli davrda xavfsizlik muammosi, shuningdek, katta va kichik tahdidlarni anglab yetish ustida tinmay izlanish masalasi bo’lmoqda. Bu, bir tomondan, rahbarlar oldiga qo’yilayotgan asosiy talab bo’lsa, boshqa tomondan, ularning layoqati, ilmiy salohiyati, huquqiy va siyosiy savodi hamda nimalarga qodir ekanini belgilaydigan bosh mezondir. Nafaqat ta’limi tizimi rahbarlari, balki har bir insonning jamiyat oldida qonun bilan himoyalangan huquqlari bor. Huquq bor joyda erkinlik bo’ladi. Erkinlik bo’lgan joyda mas’uliyat bo’lishini ham yoddan chiqarmasligimiz lozim. Burch haqida o’ylaganimizda A.Blokning “Burchingni unutma, u birdan-bir dil navosidir. Burchsiz hayot ham, ehtiros ham yo’q”, - degan gaplari yodimizga keladi. “Burchdan voz kechib o’z vazifasini tan olmaslik, hamma huquqlarini talab qilish xudbinlikdan boshqa narsa emas”, degan edi rus yozuvchisi F.Dostoevskiy. Shunday ekan, har bir ta’lim tizimining rahbar va boshqa xodimlari eng avvalo, insoniylik burch va vazifasini unutmasligi zarur. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, Prezident Islom Karimov xalqimizning tinchligi, barqaror tarqqiyoti hamda farovonligi, Vatanimiz sarhadlarining daxlsizligi uchun javobgar shaxs, qolaversa, shu aziz va betakror yurtning farzandi sifatida, xalqimiz va xalqaro hamjamiyat diqqat-e’tiborini mana shu qaltis, o’ta murakkab, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalarga qaratish, ularning to’g’ri va oqilona yechimini topish haqida tinimsiz bosh qotirib kelmoqda. Yurtboshimizning faoliyati barcha soha rahbar xodimlariga, jumladan ta’lim tizimining rahbar va xodimlariga dasturilamal bo’lib xizmat qilishi kerak. "Hyech shubhasiz, bugun biz yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarilayotgan bir paytda, hayot shiddat bilan o’zgarib, yon-atrofimizdagi ichki va tashqi vaziyat keskinlashib, oldimizda turgan vazifalar ko’payib, muammolar murakkablashib borayotgan hozirgi sharoitda — xo’jalik yoki tumanda bo’ladimi, viloyat yoki respublika miqyosida bo’ladimi, qaerda bo’lmasin – birinchi rahbarga qo’yilayotgan talab oshib borayotgani haqida gapirib o’tish ortiqcha..."2. Binobarin, bu talab, birinchi navbatda, ta’lim tizimining barcha rahbar xodimlarga ham tegishli. Zero, xalqimiz milliy an’analariga ko’ra hamisha rahbarga tayanadi, undan adolat va insof kutib yashaydi. Xalqimizda "O’n qo’shchiga-bir boshchi" degan naql bor. Ajdodlarimiz azal-azaldan o’z yetakchilariga qattiq ishongan va ixlos qo’yganligi bilan boshqa davlatlar, ayniqsa, G’arb davlatlaridan ham ajralib turadigan jihati mana shundadir. Bu borada yurtboshimizning ma’ruzalarida, nutq va asarlarida davlat xizmatchilari va rahbar kadrlarga qo’yilgan talablar, rahbar sifatida ularning shakllanishi, kamol topishi, ularni tarbiyalash qanchalik muhim ekanligi batafsil tushuntirib berilgan. “Eng avvalo, rahbardan aql-idrok talab etiladi. Aql-idrokli bo’lish bilan bir qatorda rahbar odam mustahkam irodali, imoni butun, oriyatli bo’lishi shart. U bag’ri keng, ayni zamonda, talabchan bo’lishi zarur. Jasur, matonatli rahbar el orasida obro’ topadi. Bizga tashkilotchi, tashabbus ko’rsatib, boshqalarni ergashtira oladigan rahbarlar kerak, chunki bunday insonlar xalqni jipslashtiradi. Kuch va bilimini savobli ishlarga safarbar etadi”. Bu o’rinda bobokalonimiz Amir Temur davlat xizmatchilarining shaxsiy ibrati, uddaburonligini muhim deb hisoblagan. Rahbarning mansabini suiste’mol qilishi, adolatsizligi, yolg’onchiligi, ikkiyuzlamachiligi, o’z so’zining uddasidan chiqmasligini qattiq qoralagan. Demak, ma’naviy-huquqiy tarbiyaning yana bir muhim sharti shundaki, bu boshqalarga o’rnak bo’lishdir. Biz qanchalik milliylik, ezgu qadriyatlar, qonunlar va huquqlarning muqaddasligi, uni bajarish zarurligi haqida gaprmaylik, eng avvalo, unga o’zimiz itoat etmasak, g’oyaviy-huquqiy tarbiya yo’lida qilayotgan ishlarimiz yetarli samara bermaydi. Darhaqiqat, rahbar xizmati murakkab va serqirra jarayondir. Eng muhim vazifa hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, ta’lim tizimi boshqaruvida, yangicha fikrlaydigan, fidoyilik ko’rsatib, keskin vaziyatlarda mas’uliyatni o’z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir iymoni pok, bilimdon, tashabbuskor, mard, tomirida vatanparvarlik qoni jo’shib turgan odamlargagina ishonch bildirib, ularga rahbarlik vazifalarini topshirishdir. Faqat shunday rahbarlargina ta’lim jarayonidagi salbiy voqyea-hodisalarning tub sabablarini teran anglab, ularni bartaraf etib, har qanday og’ir vaziyatda ham oqilona ish yurita oladi. Har bir rahbar davlat taraqqiyotida muhim omil hisoblangan yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratishi, yoshlar muammosini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishi hamda ularni oliy maqsadlar sari ergashtira olishi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarning oldini olishiga sabab bo’ladi. Yosh avlodni milliy manfaat va qadriyatlar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda turli axborot xurujlari, mafkurafiy kurashlar, diniy ekstremizm va aqidaparastlik, xalqaro terrorizm, narkobiznes kabi yovuz illatlarga bo’lgan salbiy munosabatlar, ularni dunyodagi turli siyosiy o’yinlardan, manfaatlar to’qnashuvidan voqib qilish kabi vazifalar ta’lim tizimining zimmasiga muhim vazifalarni yuklaydi. Shunday ekan, ta’lim tizimi oldidagi dolzarb vazifa bo’lib turgan maktab boshqaruvida rahbarlik faoliyatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Masalan:
Maktab ichidagi boshqaruvning bugungi kundagi maqsadi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ko’rsatilgan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lishi lozim. Maktab rahbarlari yetuk mutaxassis ya’ni, o’quvchi tarbiyasini e’tibordan chetga qoldirmasliklari lozim.
Maktab ichki boshqaruvi albatta avvalambor ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan bo’lib, bundan asosiy e’tibor metodik ishlarga qaratilishi kerak. Bu borada ta’lim tizimining metodik kengashlari ma’lum ishlarni olib borishadi. Jamiyatimiz milliy g’oyasi va mafkurasini o’quvchilar ongiga singdirish, ularii milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning asosini tashkil qilishi kerak. Uchinchidan: rahbar faoliyatining asosiy yo’nalishlariga oila, mahalla va maktab xamkorligini yanada oshirishga qaratish; Pedagog kadrlar bilan olib boradigan metodik ishlari. Pedagoglar jamoasi bilan olib boriladigan metodik ishlar jamoaning jipslashuviga, pedagoglar jamoasining harakat birligini ta’minlovchi talablarni ishlab chiqishga yordam beradi. Boshqaruv tizimida dars, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlarni ko’zatish hamda pedagog’ik tahlil qilishning o’rni. Maktab direktori ishlab chiqarish ta’limi va nazariy ta’lim darslarini doimo tekshirib turishi lozim. Darslarni kirib ko’zatishni rejalashtirayotganda pedagoglar jamoasi barcha a’zolarning ish sifatini tekshirish zarurligini, ancha malakali o’qituvchilari ish tajribalarini o’rganishni, yetarlicha pedagog’ik tajribaga ega bo’lmagan yosh mutaxassis va xodimlarga yordam ko’rsatishni nazarda tutish kerak. Maktab direktori biror darsni kirib ko’zatganidan keyin, bu dars tegishlicha tahlil qilinib, uning hamma ijobiy tomonlari va kamchiliklari maxsus jurnallarda qayd qilinishi, darslarni ko’zatish natijalari bo’yicha o’qituvchi bilan suhbat o’tkazilishi kerak. Ayrim darslarni rahbar xodimlari bilan birgalikda kirib ko’rishlari tavsiya etiladi. Bundan tashqari, o’quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotining ahvolini tekshirib turishni ta’minlash zarur. To’rtinchidan: boshqaruv tizimida rahbarlik madaniyatiga; Har qanday sharoitida rahbardan pedagogik odob, tadbirkorlik, jamoa a’zolaridan har bir shaxsning o’ziga xosligini hisobga olib, o’z talabchanligini ifoda eta olish, ammo shu bilan birga qiyin vaziyatlarda u prinsipli, qat’iy, mustahkam xarakterli ekanligini ko’rsata olishi zarur. O’zaro chigal munosabatlar rahbarda, alohida o’ziga xos qobiliyat tug’diradi. Bu pedagogik prinsipiallik bo’lib, u shaxsga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishni, tarbiyalovchi maqsadni va talabning izchilligini o’z ichiga oladi. Beshinchidan: ta’lim tizimida rahbarlik san’ati;
xayrixohlik bilan hamsuhbatini tinglay olishi, o’zining sabrsizligini, ayniqsa, beparvoligini va yoqtirmasligini sezdirmaslik;
Rahbarning ish uslubi: omilkorligi, tadbirkorligi, ishbilarmonligi. Rahbar har qanday sharoitda birinchi navbatda aniq bir soha bo’yicha tashkilotchilik faoliyatiga, professional omilkorlik, bilim va tajribaga ega bo’lishi kerak. Kat’iy (yuqori darajada) talablarda rahbar uchun odatiy, hattoki eng yuqori professional andozalardan foydalanish ham yetarli bo’lmaydi, undan tashabbuskorlik, qaror qabul qilishda mustaqil ish tutish, eng muhimi - ijodiy fikr yurgizish qobiliyati talab qilinadi. Oltinchidan: rahbarning fazilatlariga: yuksak bilim, siyosiy ong egasi bo’lish; adolatli va kamtarin bo’lish; sezgir va e’tiborlilik pedagogik jamoa, ota- onalar, jamoatchilik fikrini ilg’ay olish, keng dunyoqarashli izlanuvchan, ilg’orlikka ijobiy baho beruvchi shaxs bo’lish, malakalarini egallash. yettinchidan: rahbarning rasmiy va norasmiy muloqotlariga; Rahbarning rasmiy muloqoti eng ko’p uchraydigan muloqot turi bo’lib, unda rahbar jamoa va uning ayrim xodimlari bilan muloqotda bo’ladi. Jonli aloqada rahbar fakat o’z qarorini bildiribgina qolmay, jamoaga ta’sir ko’rsatishi, ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va xohish uyg’otishi mumkin. Rahbarning qo’pol gapirishi, baqirishi, so’kinishi qat’iyan man qilinadi, chunki uning shaxsiy obrusi ko’p jihatdan u o’z fikrini qay tarzda bildirishiga, qanday so’zlashiga bog’liq. Rahbar pedagogik intuitsiya, odob, nazokat egasi bo’lish. Iqtidorli bolalarni aniqlash va ular bilan ishlash yo’llari Iste’dodning ilk ko’rinishi bolaning yoshlik chog’idanoq namoyon bo’la boshlaydi. Bu bolada nutqning erta paydo bo’lishi va juda ko’p bo’lgan lug’at boyligidir. Ular tevarak-atrofda sodir bo’layotgan vokeliklarga qiziquvchan bo’ladilar. Mutaxassislarning e’tirof etishicha, iste’dodli bolalarning xotiralari juda yaxshi rivojlangan bo’lib, ularda uzoq muddatgacha bo’lib o’tgan voqyea- hodisalarni, ko’rgan-bilgan narsalarini eslab qolish va kerak paytda uni yana qayta xotirada tiklash imkoniyatlari kengdir. Iqtidor yoki iste’dod asosan uch o’zaro bog’liq parametrlar bilan aniqlanadi: bilimlar darajasining rivojlanishidagi ustunlik, psixologik rivojlanish va fiziologik sifatlar.
Bugungi kunning rahbari bilimli, o’qib-uqib olgan, har bir soha bilimlarini muntazam egallay oladigan, o’zi uchun yangilik yarata oladigan, ma’naviy dunyosi qanchalik yuqori bo’lsa, jamoa hayoti mazmunan shunchalik boy, qiziqarli bo’ladi. Zamonaviy rahbar o’zining kamchiliklariga, imkoniyatlariga katta e’tibor berishi, o’zining xatti-harakatiga baho berishda havolanib ketmasligi, jamoadagi har-bir yutuqni o’zining shaxsi bilan belgilamasligi, har bir xodimning imkoniyatlarini chuqur bilishi va shunga qarab ularga topshiriqlar berishi kerak. Bugungi kunning zamonaviy rahbari pedagoglarning ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarga namuna bo’lmog’i zarur, deb o’ylaymiz. Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan rahbar kadrlarga qo’yilayotgan asosiy talablar yoki rahbar qanday bo’lishini har bir qadamda eslab turishi kerakligiga undovchi:
Demokratik jamiyatni barpo etishda ta’lim tizimi oldiga qo’yilgan dolzarb masalalardan biri maktab rahbarining siyosiy-huquqiy intellekti yuqori darajada bo’lishi zarurligidir. Rahbarning siyosiy madaniyati - davlat va xalq manfati nuqtai-nazaridan ish tutadi, xalq manfaati, davlat manfaatidan o’z manfaatlarini ustun qo’ymaydi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi kunda o’quvchi yoshlarning ilmini, g’oyaviy dunyoqarashini takomillashtirishda davr talabidan kelib chiqqan holda muayyan usullar va uslublarning ta’lim jarayoniga oqilona tatbiq etilishini ta’minlash, yoshlarning bilim, tasavvur va ko’nikmalari asosida erkin mustaqil fikrlash samaradorligini takomillashtirish, vatanparvarlik hissini kuchaytirishda maktab rahbari va pedagoglarning ilmiy-intellektual salohiyati yoshlarning yetuk, komil inson bo’lishida asosiy vazifani bajaradilar. Zero, Prezidentimiz xalq ta’limi tizimi oldiga “Bilmiga chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoiy insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir” degan iboralari dasturulamal vazifasini bajarmog’i lozim. Takrorlash uchun savollar
Testlar: 1. Rahbar mas’uliyati - bu... a) siyosiy hushyorlik, adolatli siyosat, qat’iy hukum b) mas’uliyat hissi, amaliy tajribasi s) kirishuvchanlik, sadoqatlilik. d) atrofdagilarga e’tiborliligi, odamlarni tushunishi.
a) kompetentlik, mas’uliyatlilik b) tirishqoqlik, ishbilarmonlik s) qat’iyatlilik., insonparvarlik d) siyosiy va ijtimoiy bilimdonlik
b) 1998 yil 19 avgust s) 1999 yil 9 avgust d) 2000 yil 8 avgust 4. Rahbarlik faoliyatida birinchi navbatda qaysi omil alohida ahamiyatga ega? a) jamoa a’zolariga tayanish; b)oila va mahallaga tayanish; s) nodavlat va notijorat tashkilotlariga tayanish; d) adabiyot va san’atga tayanish.
a) ota-onalar bilan suhbat, uchrashuvlar tashkil etish, "oila-mahalla-maktab" hamkorligida dasturlar ishlab chiqish va uni ma’naviy-ma’rifiy sohaga yo’naltirish; b)o’ziga to’q oilalardan xabardor bo’lish, turli xil, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni qo’llab-quvvatlash; s) mahallalarni jahon maydoniga olib chiqish maqsadida turli xil sport o’yinlari, uchrashuvlar tashkil etish; d) oila va mahallalarda turli xil maqsadsiz tadbirlarni tashkil etish, suhbatlar uyushtirish;
a) Xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qiluvchi omil ekanligi. Inson shahni, qadr-qimmatini, milliy o’zligini anglash, milliy qadr-qimmatni, milliy g’urur, milliy totuvlik va hamjihatlikni tahminlovchi omil ekanligi. b) Rahbarlik faoliyatining mamlakatda erkin, demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishi maqsadlari bilan mushtarak emasligi; s) Umumbashariy yutuqlarni hisobga olmaslik; d) Milliy g’oyada inson, jamiyat, mamlakat oldidagi maqsadlarning mujassamlashmaganligi.
a) 24 ta
b) 10ta s) 12ta
d) 17ta 8. Barqarorlik – bu… a) “o’zgarmas” va “turg’unlik, bir xil maromda saqlab qolish b) o’sish, rivojlanish s) takomillashtirish jarayoni d) liberallashtirish jarayoni Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1мият мафкураси деб биламан»11 Ислом Каримов. Жамиятимиз мафкураси халқни-халқ, миллатни миллат қилишга хизмат этсин. «Ўзбекистон», 7-жилд, 89-бет. 2 Каримов И.А. Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ керак. 10- ж. -Т.: Ўзбекистон, 2002. 241-б. Download 93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling