Kirish A. Smit raqobatning klasssik kontseptsiyasi asoschisi sifatida
Download 75.18 Kb.
|
бахриддинова
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mukammal va nomukammal raqobat to’g’risida Robinson qarashlari. Raqobat va monopoliya to’g’risida E.CHemberlin va SHumpeter qarashlari.
RAQOBATNING IQTISODIY MAZMNI, MOHIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. (A.Smit, A.Marshal, D.Robinson, E.CHemberlin va Y. SHumpetter nazariyalari asosida) Kirish A.Smit raqobatning klasssik kontseptsiyasi asoschisi sifatida. A.Marshalning raqobat to’g’risida iqtisodiy qarashlari. Mukammal va nomukammal raqobat to’g’risida Robinson qarashlari. Raqobat va monopoliya to’g’risida E.CHemberlin va SHumpeter qarashlari. Zamonaviy raqobat nazariyalari. Xulosa Kirish. Hozirgi kunda raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashsish dolzarb masalalardan biri bo`lib qolmoqda. Ayniqsa rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo'lgan mamlakatlar tajribasidan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy sharoitda monopoliyaga qarshi tartibga solish va raqobatdosh tuzilmalarni qo'llab-quvvatlash muammolari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo'lgan bunday tartibga solish tajribasi keng foydalanish mumkin. Bu tajriba ko'p jihatdan raqobatyning nazariy konsepsiyalariga, dozor raqobatiga, bir mamlakat miqyosida va ma`lum vaqt oralig`ida raqobat siyosati maqsadlariga asoslanadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining kategoriyasi sifatida raqobat nisbatan uzoq vaqtlardan buyon mavjud bo’lgan tushuncha hisoblansada, iqtisodiy tabiatining murakkabligi bugungi kunda ham uning mohiyatini to’liq ochib berilgan, deyishga asos bo’la olmaydi. CHunki, raqobatning iqtisodiy mazmuni va ob’ektiv asoslarini ochib berish, uni ta’riflashdagi serqirralik, turfalilik va ziddiyatlar mazkur jarayon tadqiqoti mantiqiy jihatdan davom etayotganligini anglatadi. Raqobat bozor iqtisodiyotining, umuman, tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. I.A.Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko'rsatib: “Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat - bozoming asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir1", deb yozadi.' Bozor iqtisodiyoti raqobat sharoitidagina eng yaxsbi faoliyat ko‘rsatadi. Bu hoi ko‘pgina ilmiy risoialarda yetarli darajada isbotlangan, shuning uchun aksioma sifatida qabul qilinadi. Raqobat kurashi sharoitida korxonaning xatti-harakatini tadqiq qiladi, raqobat kurashining mohiyati va shakllarini o‘rganiladi, raqobat sharoitida boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullarini, jumladan, korxona rivojlanishi turli strategiyalarini shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini tahlil qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha tarmoqlarning rivojlanish strategiyasini raqobat kurashidan alohida ko‘rib chiqish mumkin emas. Download 75.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling