Toshpo’latov Y.T. (1932) . O’zFA akademigi. Kimyo fanlari doktori, professor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi. 410 dan ortiq ilmiy maqolalar, 35 ta patent va ihtirolar, 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 15 ta o’quv qo’llanmasi muallifi.Uning rahbarligi ostida 8 ta fan doktori va 30 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlangan. K-l preparati kimyoviy tolalarni olish jarayonida ularning metall yuzasi bilan ishqalanishini kamaytiruvchi modda sifatida to’qimachilik korxonalarida va kimyoviy tola zavodlarida keng ishlatilmoqda. Paxta sellyulozasi yo’nalishi bo’yicha ilmiy maktab yaratgan taniqli olim.
Do'stlaringiz bilan baham: |