O`zbekistondagi qurilish sohasidagi o`zgarishlar


Sement va innovatsion materiallar


Download 114.1 Kb.
bet3/3
Sana11.05.2023
Hajmi114.1 Kb.
#1453098
1   2   3
Bog'liq
O`zbekistondagi qurilish sohasidagi o`zgarishlar

Sement va innovatsion materiallar
Shu o‘rinda bir jihat e’tiborni tortadi. Keyingi yillarda xorijiy kompaniyalarning qurilishning xamirturishi hisoblangan sementga bo‘lgan taklifi ortib boryapti. Ayni kezda yurtimizda ham mazkur mahsulotni ishlab chiqarish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu yo‘nalishga ixtisoslashgan 29 ta korxona bo‘lib, ularning yillik quvvati yil oxiriga borib 20 million tonnani tashkil qiladi. Bunda “Qizilqumsement”, “Ohangaronsement”, “Quvasoysement”, “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatlari singari yirik ishlab chiqaruvchilarning hissasi katta. Tez orada yana 10 dan ortiq yangi sement zavodlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur korxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida barpo etiladi.
Misol tariqasida, Toshkent viloyatidagi “Ohangaronsement” AJ hududida qad rostlayotgan ulkan sement zavodi loyihasini olaylik. Hozirgi kunda bu yerda uskunalarni o‘rnatish va sozlash ishlari olib borilmoqda. Umumiy qiymati 160 million dollar bo‘lgan ushbu loyiha amalga oshirilgach, yillik quvvati 2,4 million tonnaga teng bo‘lgan korxona o‘z ishini boshlaydi. Bu yerda 400 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 2020-2021 yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 500 million dollar bo‘lgan investitsiya loyihalari ishga tushiriladi. Buning natijasida umumiy quvvati 3 million tonna bo‘lgan Qorao‘zak tumanidagi "Qarataw Cement Plant" va Beruniy tumanida joylashgan "Caris Karakalpak cement" MChJ XKlaridir. E’tiborli jihati shundaki, yangi sement zavodlari energiya tejamkor, muqobil energiya manbaida ham ishlaydigan, ekologiyaga ta’siri kam bo‘lgan texnologiyalar bilan jihozlanmoqda.
Keyingi yillarda sohani isloh qilish, korxonalar samaradorligi va salohiyatini oshirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Tarmoqdagi har bir korxona faoliyati tanqidiy tahlil etilib, mahsulotlar sifatini oshirish, energiya tejamkor, innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish hisobiga tannarxni pasaytirish choralari ko‘rilyapti.
Korxonalarda “raqamli texnologiyalar”ni qo‘llash, inson hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatizatsiya darajasida oshirildi. Qurilish materiallari sohasida yangi yo‘nalishlar rivojlantirilib, bunga xorijiy investorlar keng jalb qilindi. Yetakchi xorijiy davlatlar qurilish sohasining rivojlanish tendensiyasidan kelib chiqib, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish va innovatsiyani jalb qilish o‘z samarasini bera boshladi.
Yildan-yilga qurilish materiallariga bo‘lgan talabning ortib borishini inobatga olib, joriy yilda arxitektura-qurilish oynasini 23 million, kv.m, sementni 14,5, keramik plitkani 32 million kvadrat metrga, sanitar-texnik buyumlarni 650 ming dona, issiqlik izolyasiyasi materiallarini 67 tonna, 2,6 million o‘ram, gazobeton bloklarini 1 million kub metrga yetkazish rejalashtirilgan.
Yana bir narsani alohida ta’kidlash lozimki, joriy yilda mamlakatimizda shu kungacha ishlab chiqarilmagan: gazobeton bloklari, gulqog‘oz, keramogranit, quyma pol, 600 markali sement, geosetka, penoblok, shisha kristallit, kompozit va DSP ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Yurtimizning drayver sohalaridan biri bo‘lgan sanoat qurilish mahsulotlari sohasining bugungi kundagi tendensiyalari, uning O‘zbekiston iqtisodiyotida tutgan o‘rni ham katta. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi izlanishlar va rivojlanishlar jarayonlarini izchil taraqqiy ettira borish bugungi kun va yaqin kelajakdagi eng mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi.
Download 114.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling