O‘zbekistondagi raqamli banklar va ularning istiqbollari


Download 1.3 Mb.
Sana23.11.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1795477
Bog'liq
Shaxobov Ixtiyor 22.7 Buxgalteriya hisobi va moliya

O‘zbekistondagi raqamli banklar va ularning istiqbollari


Mobil banking nima?

Mobil banking – internet tarmog'i yordamida mobil telefon (smartfon) orqali bank xizmatlaridan foydalanishning zamonaviy usulidir.

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolangach, bank tizimiga chakana bank xizmatlariga ixtisoslashgan “raqamli” banklar va bank bo‘linmalarini tashkil etish hamda innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da kengaytirish vazifasi yuklatilgan. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yilda “Anorbank” va “TBC bank”lar raqamli bank sifatida ro‘yxatga olindi.

Mobil bankning yordamida mijoz quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • bank kartalarining (kredit, debet va hokazo) holatini kuzatish;
  • mobil va shahar telefon xizmatlari, internet-provayderlar, kommunal, kabel va raqamli televidenie xizmatlari uchun vositachilik haqlarisiz to'lovlarni amalga oshirish;
  • onlayn konversiya amaliyotlarni o'tkazish;
  • kartadan kartaga o'tkazmalarni amalga oshirish;
  • pul mablag'larining bank hisobvarag'iga tushganligi haqida ma'lumot olish;
  • bank kartasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar haqida ma'lumotnoma olish; onlayn-do'konlarda haridlarni amalga oshirish;22
  • kreditlarni so'ndirish, omonatlarga mablag' qo'shish;
  • pul o'tkazmasini olish/yuborish;
  • YHXBB jarimalarini to'lash;
  • bank kartasini ochish;
  • bank kartasini bloklash va blokdan yechish;
  • bank kartasining amal qilish muddatini uzaytirish;
  • mobil ilova orqali turli valyutalarda xalqaro pul o'tkazmalarini amalga oshirish.

Ilovadan qanday foydalanish kerak?

Har bir mobil bank ilovasining dizayni va menyusi har xil, ammo bu muammo emas, chunki ularni ishlatish juda oson. Menyu asosan foydalanuvchi istagan operatsiyalarga muvofiq bo'limlardan (o'tkazmalar, to'lovlar va hokazo) tashkil topgan. Birinchi o'rinda ilovaga kartaning ma'lumotlarini kiritish kerak, undan keyin to'lovlarni amalga oshirish mumkin.


Masalan, internet xizmati uchun to'lovni amalga oshirish kerak bo'lsa, taxminan quyidagi xarakatlarni amalga oshirish kerak:
Mobil banking afzalliklari:
  • Mobil ilova orqali masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanish;
  • Vaqtni tejash (operatsiyalarning tezkor ravishda amalga oshishi va to'lov uchun kassaga borish hojati yo'qligi);
  • Kuniga 24 soat ishlaydi.
  • bank filiallari tarmog‘ining kengaytirilmasligi;
  • bank-mijoz o‘rtasida onlayn aloqa tizimining 100 foiz o‘rnatilganligi;
  • sifatli va foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan mobil ilova;
  • bozor talablariga javob beruvchi omonatlar va kreditlar uchun eng qulay sharoitlar (yaʼni, mijoz talabidan kelib chiquvchi);
  • tezkor, sifatli, qulay va 24/7 rejimida javob beruvchi aloqa markazlarining mavjudligi;

Mobil banking kamchiliklari:
  • Mobil telefonning o'g'irlanishi yoki yo'qolishi;
  • Hisobvaraq xavfsizligi darajasining pastligi.
  • Mobil telefon yo'qolsa yoki o'g'irlansa, birinchi o'rinda karta hisobvarag'i ochilgan bank filialiga murojaat qilib kartani bloklash zarur.

Bir so‘z bilan aytganda, tijorat banklarining transformatsiya jarayoni va raqamli bank tizimida ishlashga o‘zgarishi bu – yangi axborot texnologiyalarini rivojlanishi va butun dunyo bo‘ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi hamda raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish mamlakat bank-moliya tizimi ravnaqining muhim yo‘nalishi bo‘lib xizmat qiladi.

Bajaradi: Shaxobov Ixtiyor 22/7 Buxgalteriya hisobi va moliya


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling