O’zbekistondagi televideniyelar
Download 37.14 Kb.
|
11-test (televideniya)
- Bu sahifa navigatsiya:
- "ABC", "CBS" va "NBC"
- Umummilliy xususiy telekanallar
P rezident maktabi testlari telegram kanali - @pmtests (11.02.2022) Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi №11 (O’zbekistondagi televideniyelar) Dunyoda sodir bo`layotgan hodisalar va jarayonlarni to`g`ri va tez yetkazib berish, hozirda muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Bu jarayonlarni internet orqali yaxshi tashkillashtirish mumkin, ammo internet ma`lumotlari har doim ham ishonchli bo’lavermaydi. Bu yo`nalishda ish olib boradigan ishonchliroq tarmoqlardan biri televideniyelar hisoblanadi. Bugungi kunda, televideniye yuqori darajada rivoj topdi va insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylandi. Barcha rivojlangan mamlakatlar oʻz televideniyesiga ega, AQSh 3 ta umummilliy teletarmoq "ABC", "CBS" va "NBC", Angliyada "BBC", Fransiyada TF teletarmoqlari o`z faoliyatlarini olib borishmoqda. Oʻzbekistonda televizion koʻrsatuvlar namoyishi birinchi marta Toshkentda 1956-yil 5-noyabrda boshlangan. O’sha vaqtda Oʻzteleradiokompaniya teledasturlari sutkasiga oʻrtacha 51,5 soat davomida asosan oʻzbek, rus, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, uygʻur, turk, koreys, nemis tillarida efirga uzatilgan. Hozirgi kundagi o`z ish faoliyatini olib borayotgan O`zbekistondagi televideniyelarni jadvalini ko`rishingiz mumkin. U mummiliy davlat telekanallari (MTRK) barchasi davlatga tegishli tarzda ish faoliyatini olib boradi. Bu kanallar davlatimizda yuz berayotgan voqealarni yoritib borishda asosiy funksiyalarni bajaradi. Bu holatni dunyoga va jumladan yurtimizga kirib kelgan Covid-19 talqinida ham ko`rsak bo`ladi. Chunki bu kasallik boshlanishidan to hozirgacha har bir holatni xalq sarosimaga tushmasligi uchun oynai jahon orqali yoritib borildi. Televideniyelar daromadining asosiy qismini kanallarda uzatiladigan reklamalar hisobiga qoplashadi. MTRK kanallarida eng qimmat reklama «O’zbekiston 24» kanalida. 1 daqiqa reklama narxi 1 500 000 so’mdan (kechasi 0:00 dan ertalab 6:59 gacha), 8 000 000 so’mgacha (praym-taym: 18:00 — 21:59 oralig’i). «Yoshlar» kanalida 1 daqiqa reklama narxi 588 000 so’mdan (kechasi 0:00 dan ertalab 6:59 gacha), 5 250 000 so’mgacha (praym-taym: 20:00 — 21:59 oralig’i); «Bolajon» kanalida 3 360 000 so’mdan 7 875 000 so’mgacha. «Kinoteatr» kanalida 1 294 640 — 7 245 000 so’m oralig’ida. «Toshkent», «Dunyo Bo’ylab», «Madaniyat va ma’rifat», «Oilaviy» kanallarida reklama narxi eng arzon. 1 daqiqasi uchun 200 ming so’mdan 650 ming so’mgacha. Umummilliy xususiy telekanallar. O`zbekistondagi yaxshi ko`ngil-ochar kanallar hisoblanadi. Ular Sevimli TV, Zo`r TV, Milliy TV, MY5 TV, Futbol TVlardir. Download 37.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling