O’zbekistondagi televideniyelar


Download 37.14 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi37.14 Kb.
#1645411
1   2   3
Bog'liq
11-test (televideniya)

S evimli TV 2017-yil 1-aprel kuni Caravan TV nomi bilan oʻz faoliyatini boshlagan butun oila uchun moʻljallangan nodavlat musiqiy-koʻngilochar va maʼrifiy televizion kanal hisoblanadi. Kanal oʻz nomini Caravan TV dan Sevimli TV ga 2017-yil 1-dekabrda oʻzgartirgan. Bugungi kunda kanalning egasi Firdavs Abduxoliqov. Telekanal koʻrsatuv va dasturlari butun Oʻzbekiston boʻylab 24 soat davomida toʻxtovsiz efirga uzatiladi. Qolaversa bu kanalning o`z talegram kanali, mobil ilovasi va vebsayti mavjud. Mobil ilovasida 45 qismli serialni 11 000 so`m evaziga sotib olib ko`rishingiz mumkin. Bu kanalda soat 20:00 dan 22:00 gacha ketadigan reklamalarning narxi minutiga 10 500 000 so`m hisoblanadi.
Milliy TV 2016-yil sentyabr oyidan efirga chiqa boshladi. Qisqa muddat ichida Milliy TV Oʻzbekiston televideniesida yetakchi oʻrinlardan birini egalladi. Milliy TV efir vaqtining 70% oʻzbek tilida, 30% rus tilidagi dasturlardan iborat. 2017-yil 1 yanvaridan kanal oʻz koʻrsatuvlarini tunu-kun efirga uzatishni boshladi. Ushbu kanalda 21:00 dan 22:00 gacha bo`lgan vaqtda namoyish etiladigan reklamalarning narxi minutiga 21 500 000 so`mni tashkil etadi.
MY5 (Mening Yurtim), Oʻzbekistondagi butun oila uchun moʻljallangan nodavlat musiqiy-koʻngilochar va maʼrifiy televizion kanal. Ushbu kanal faoliyatini 12-noyabr 2014-yildan boshlagan. Kanalda ketadigan reklamalarning narxi soat 20:00 dan 22:20 gacha bo`lgan vaqtda minutiga 8 842 000 so`mni tashkil qiladi.
Z oʻr TV. Oʻzbekistondagi nodavlat koʻngilochar-musiqiy telekanal. 2017-yilning 1-fevral kunidan Oʻzbekiston hududida sinov tarzida efirga uzatilishni boshladi. Shu yilning 1-mart oyidan koʻngilochar dasturlari bilan toʻliq ishga tushdi. Ushbu kanalda efirga uzatiladigan reklamalar soat 21:00 dan 21:40 gacha bo`lgan vaqtdagi narxi 10 105 000 so`mni tashkil etadi. Bu vaqtlar eng qimmat reklama qilinadigan vaqtlar hisoblanadi.
O’zbekistonda telereklama bozori hajmi muntazam oshib bormoqda. 2020-yilda bu 100 mlrd so’mdan ortiqni tashkil qilgan.

Download 37.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling