Mavzu ; Yangi va eng yangi jismoniy tarbiya va sport . 223 guruh talabasi Komiljomov Komiljoning tayorlagan silayti . - Yanga davrda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport. Jismoniy tarbiya nazariy asoslarining taraqqiy etishi. Yevropa mamlakatlarida gimnastika tizimlarining vujudga kelishi. Angliya va AQShda sport va sport o’yinlarining rivojlanishi. Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlarida jismoniy tarbiya.
- XVI-XIX asrlarda hukm surgan feodal tuzumi emirilib, kapitalizm davri boshlangan. Bu davrda tabiatshunoslikka doir juda ko’p ilmiy kashfiyotlar qilingan. Moddiy dunyoning barqarorligi va g’ayritabiiy kuchlarning yo’qligi haqidagi fikrlarga olib kelgan. Jamiyat uchun tadbirkor, uddaburon, sog’lom ishchilar zarur bo’lgan. Odamning aqli, irodasi va jismoniy fazilatlarining namoyon bo’lishida ta’lim-tarbiya muhim o’rin egalashi yaqqol ko’ringan. Insonning pedagogikaga bo’lgan qiziqishi ortishiga va jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari amalda bajarilishiga sabab bo’lgan.
- Jon Lokk (Angliya), Jan- Jak Russo (Fransiya), Iogann Pestalotssining (Shveysariya) pedagogik qarashlari, XVIII asrning oxiridagi nemis filantroplarining pedagogik tajribasi jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotning taraqqiy qilishiga katta ta’sir etgan.
- Angliyada o’tkazilgan sport musobaqasi.
- Jon Lokk (1632-1704) ingliz faylasufi, pedagog olimi bo’lgan. Lokk o’zining pedagogikaga doir qarashlarini “Tarbiya to’g’risidagi fikrlar” (1693) nomli kitobida bayon qilgan. Jon Lokk o’z falsafiy va pedagogik ta’limotida ingliz zodagonlarining manfaatini ifoda etgan. Jon Lokkning fikricha, tarbiyaning vasifasi – oddiy kishilsr emas, balki o’z ishlarini ma’noli va ehtiyotkorlik bilan olib bora oladigan jentlmen tarbiyalashdan iborat.
- Jentlmen jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya olishi lozim, lekin u bunday tarbiyani uyda olishi kerak, chunki maktab, Lokkning fikricha, har xil toifaning yomon tarbiya ko’rgan illatli farzandlaridan iborat aralash turkumi to’plangan muassasadir. Chinakam jentlmen uyda tarbiyalanadi, chunki uydagi tarbiyaning kamchiliklari ham maktabda hosil qilinayotgan bilimlar va malakalarga nisbatan foydalidir. Lokk aristokrat oilalardagi tarbiya tajribasiga asoslanib, jentlmen tarbiyalash ishlarining hammasini yaxshi tayyorgarlik ko’rgan tarbiyachiga topshirishni tavsiya qilgan.
- Jon Lokk jentlmenlar sportining asoschisidir. Lokk jismoniy tarbiyaga juda katta ahamiyat bergan. U sihat-salomatlik ishlarimiz va farovonligimiz uchun zarurdir, deb ta’kidlagan. Jon Lokk Qadimgi Rim shoiri Yuvenalning “Mens sana in corpore sano” – “Sog’lom tanda sog’ aql” degan so’zlariga rioya qilish kerak, deb hisoblagan. Shu sababli, bolaning yoshlik chog’idanoq tanasini chiniqtirish, charchashga, qiyinchiliklarga, o’zgarishlarga bardosh berishga o’rgatish zarur.
- Lokk bolaning hayotida qattiq intizon va tartibga rioya qilishning ahamiyatini asoslab, bolaning kiyimi, ovqati va kun tartibi qanday bo’lishi to’g’risida maslahatlar bergan. To’g’ri yo’lga qo’yilgan jismoniy tarbiya, bolaning mard va chidamli bolishiga imkon beradi. “Jentlmen istalgan vaqtda qo’liga qurol olib, soldat bo’lishga tayyor bo’lib turadigan kishi qilib tarbiyalanishi lozim”, degan Jon Lokk.
- Jon Lokk insonning ichki va tashqi tajribasini bilish manbai deb hisoblagan. Uning fikricha, tashqi tajriba bevosita mavjud bo’lgan tashqi moddiy dunyo bo’lib, u kishi tomonidan sezgi a’zolari, tasavvuri orqali idrok qilinadi. Ichki tajriba esa inson qalbining faoliyati - refleksi, demak, «Bu ikki manba sezgi obyekti sifatida yagona mohiyatni tashkil etadi, barcha g’oyalarimiz ana shu mohiyatdan boshlanadi», - deb e’tirof etgan Lokk.
- Sezish a’zolarini (sezish, hid bilish, ko’rish, eshitish) takomillashtirish, harakat a’zolarini (qo’l, oyoq) rivojlantirish, tanani chiniqtirish, foydali amaliy ko’nikmalar (suzish, otda yurish, eshkak eshish, qilichbozlik, o’q otish) hosil qilish, jismoniy kuchlarni yuqori darajada ishga solish uchun iroda kuchi va qobiliyatni kamol toptirish zarurligini ishonchli dalillar bilan isbotlab bergan. Bu g’oyalar o’sha davr ingliz maktablaridagi jismoniy tarbiyaga kuchli ta’sir etgan .
- Jan Jak Russo (1712-1778) fransuz ma’rifatchi arboblaridan biri, faylasuf, pedagog, yozuvchi bo’lgan. Russoning «Emil yoki tarbiya to’g’risida» kitobida kishini tabiatga muvofiq ravishda individual tarbiyalash bo’yicha tavsiyalar berilgan. Uning fikricha, inson erkin bo’lib tug’iladi, lekin u yo’rgakdalik chogidayoq, dastlab o’z odatlarining quliga, so’ngra esa jamiyat quliga aylanadi. Hech qanday odatlarga ega bo’lmaslik - eng yaxshi odatdir. Russo:
- «Tana jondan ilgari tug’iladi, shuning uchun dastlab tana to’g’risida g’amxo’rlik qilish kerak, bu har ikkala jins uchun ham umumiy bo’lgan tartibdir»- degan. Russo jismoniy tarbiyani tabiiy ozod insonni tarkib toptirishning asosi, deb hisoblagan. Bunda aqliy va mehnat tarbiyasini qo’shib olib borish zarur, deb maslahat bergan.
- Iogann Guts-Muts «Yoshlar uchun gimnastika» kitobini yozdi (1713). Bu kitobdan Yevropa davlatlarida keng foydalandilar. Chunki muallif kitobida jismoniy tarbiyaning nazariy va amaliy jihatlari, ayniqsa, mashqlarning aniq tasviri va ularning qo’llanish usullari bilan qo'shib bergan edi. U tasvirlagan gimnastik mashqlar sirasiga kurash, yugurish, sakrash, uloqtirish, iig'itish, suzish, arqon, shoti, langarcho’p bilan sakrash va daraxtlarga osilib-tirmashib chiqishga doir mashqlar hamda qo’l mehnati, o’yinlar kiradi. Jismoniy tarbiyaning pedagogik nazariyasi bu davrlarda turli xilda mavjud bo’lgan.
- Fransuz pedagogi Jorj Demeni (1850-1917) fiziologiya va jismoniy mashqlar bo’yicha mutaxassis edi. «Jismoniy tarbiyaning ilmiy asoslari» (1903), «Yoshlar jismoniy tarbiyasi» (1917) kabi kitoblarini yozdi. J.Demeni 1880-yilda Parijda «Muqobil gimnastika» klubini tashkil etgan. Olim umumrivojlantiruvchi tabiiy mashqlar (yurish, yugurish, sakrashlar, yuk ko’tarish, osilish, uloqtirish, himoya va hujum mashqlari, qo’l, oyoq, gavda harakatlari va h.k.) bajarishning foydali jihatlarini asoslab berdi, bolalar, yoshlar va xotin-qizlar gimnastikasi tizimini ishlab chiqdi. Bu bilan gavda harakatlarini fiziologik asoslarga moslashtirish zarurligini ta’kidlagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |