O’zbekistonni energetik imkoniyatlari va Dunyoda va Respublikada elektr energetika o’zlashtirish istiqbollari


Download 135.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.10.2023
Hajmi135.31 Kb.
#1723341
  1   2
Bog'liq
1ю O’zbekistonni energetik imkoniyatlari va Dunyoda va Respublikada elektr energetika o’zlashtirish istiqbollari



O’zbekistonni energetik imkoniyatlari va Dunyoda va Respublikada 
elektr energetika o’zlashtirish istiqbollari 
Bizga ma’lumki, insoniyat tamadduni rivoji har doim energiyadan 
foydalanishga bog‘liq bo‘lgan. Hozirgi jahon aholisi soni tezkor oshib borayotgan 
davrda, insonlarni yaxshi turmush tarzi bilan ta’minlashda texnika va 
texnologiyaning o‘rni beqiyosdir.
Sh.M.Mirziyoev 
Prezidentlikka 
kirishgan 
dastlabki 
kunlaridanoq 
respublikamizda energetika sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. 
Tarmoqni tubdan isloh qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirish bugungi kunning 
dolzarb vazifalari sifatida belgilab berdi. Natijada oxirgi 4 yilda yangi 3481 MVt 
quvvatlar ishga tushirildi. Taqqoslash uchun 2000-2016 yillarda 380 MVt quvvat 
ishga tushirilgan edi.
Yuqorida qo‘yilgan vazifalarni bajarish davlat miqyosida qaror qabul qilishni 
talab qilar edi. Shu sababli, hukumat tomonidan 2030 yilgacha mamlakatni elektr 
energiya bilan ta’minlash strategiyasi qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2030 yilgacha elektr 
energiya ishlab chiqarishni 5900 MVt dan 29200 MVt gacha ko‘paytirish, elektr 
energiyasini ishlab chiqarishdagi tabiiy gaz sarfini 16,5 mlrd kubometrdan 12,1 mlrd 
kubometrgacha qisqartirish hamda elektr energiyani uzatishda yo‘qotishlarni 2,35% 
ga va uni taqsimlashda - 6,5% ga kamaytirish rejalashtirilgan. 
Mazkur strategiya 2020 yildan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda respublikada 
elektr energiya bilan ta’minlash masalasi bo‘yicha o‘rta muddatli va uzoq muddatli 
maqsadlarni belgilaydi hamda doimiy tahlil asosida zaruriyatga ko‘ra taxrir qilinadi. 
Strategiyada ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ishlab 
chiqilgan kontsepsiya asosida aholini va iqtisodiyotni raqobatbardosh narxlar 
asosida elektr energiya bilan ta’minlash, eng so‘nggi jahon tajribalari va elektr 
energetikasidagi zamonaviy yangiliklarni qamrab oluvchi muvozanatlashgan 
energetika sektorini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. 
Kontsepsiyada quyidagi maqsadlar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan: 


mavjud elektr stantsiyalarini modernizasiya va rekonstruktsiya qilish, elektr 
energiya ishlab chiqarish bo‘yicha energiya samarador texnologiyalardan 
foydalangan holda yangi elektr stantsiyalarini qurish; 
• elektr energiyasi hisobini yuritish tizimini takomillashtirish; 
• qayta tiklanadigan, ayniqsa, quyosh energiyasi manbalarini rivojlantirish;
• qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishda hozirgi paytda 
elektr energiyasi taqchil bo‘lgan hududlarni aniqlash va ularning energiya 
ta’minotini yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun, ushbu sohada 
davlat-xususiy sherikchiligini keng qo‘llaniladi, ta’rif siyosatini takomillashtirish va 
ulgurji bozorga chiqishni ta’minlash bo‘yicha huquqiy islohotlarni amalga 
oshiriladi. 
Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida elektr 
energetika sohasida, xususan, issiqlik, quyosh va shamol elektr stantsiyalarini qurish 
bo‘yicha umumiy quvvati 4341 MVt ga teng bo‘lgan jami 10 ta shartnoma 
imzolandi. Mazkur 4341 MVt xajm O‘zbekistondagi amaldagi o‘rnatilgan 
quvvatlarning qariyb uchdan birini tashkil qiladi.
Xususan, yanvar oyida Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi 
bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida umumiy 
quvvati 1000 MVt 2 ta shamol elektr stantsiyasini qurish rejalashtirilgan. 
Shuningdek, aprelda Niderlandiyaning 

Download 135.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling