O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati
Download 43.68 Kb.
|
Referat
Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.
Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning "Siyosat" asarida bayon etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi. Bu gʻoyalar 17-asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs asarlarida takomillashtiriddi. 18-asr Buyuk fransuz inqilobi davrida Inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi eʼlon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huqukli aʼzolari — "fuqarolar" tushunchasi paydo boʻldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan bogʻlangan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, Russo, Gegel, Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyati ning yangidan-yangi qirralarini, umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi. Sharqda Fuqarolik jamiyatining oʻziga xos talqini mavjud. Bu, bevosita, axloq, madaniyat va maʼnaviyatning huquq bilan uygʻunlashgan, feʼlatvor, xattiharakatlar va qoidameʼyorlarning uzviy uygʻunlashgan shakli bilan bogʻliq. Jumladan, eng qad. madaniy tarixiyhuquqiy yodgorlik — Avestoda kishilarning uyushib yashashi, oʻzaro munosabatlar va aloqalarning axloq va meʼyorlarga tayanishi kabi gʻoyalar ilgari surilgan. Bunda oʻzoʻzidan jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish, jamiyatni shaxs tomonidan emas, qonun boshqarishi kabi Fuqarolik jamiyatining ilk belgilari namoyon boʻlgan. Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida mamlakatni boshqarishda adolatli qonun zarurligi, faol Fuqarolik jamiyatini shakllantirish mohiyati chuqur tahlil etilgan. Qonunlari mukammal boʻlgan mamlakatda adolat, inson huquqlari ustuvor boʻlishi muqarrar ekanligi bayon qilib berilgan. Forobiyga kura, "Shahar (mamlakat) aholisi xushxulqqa ega boʻlmagan taqdirda hokimiyatga ehtiyoj tugʻiladi", jinoyatchilik, bezorilik, qonunbuzarlik qonunlar zaif, aholi axloqiymaʼnaviy jihatdan barkamol boʻlmagan sharoitda avj oladi. Bunday xalqni tartibga chaqirish uchun kuchli taʼsir oʻtkazuvchi hokimiyat kerak boʻladi. Bu kabi gʻoyalar Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa tomonidan ham ilgari surilgan va amaliyotda keng qoʻllanilgan. Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida Fuqarolik jamiyatini hozirgi zamonaviy tushunish shakllandi. Unga koʻra, F.jla mulkchilik shakllarining xilma-xil va teng boʻlishi, mehnat va tadbirkorlikning erkinligiga yoʻl qoʻyilishi, mafkuraviy xilma-xillik va axborot erkinligi, inson huquq va erkinliklarining daxlsizligi, rivojlangan oʻzini oʻzi boshqarish, madaniylashgan huquqiy hokimiyat boʻlishi hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi taʼminlanishi muhim hisoblanadi. Oʻzbekistonda Fuqarolik jamiyatini kurish tarixiy anʼana boʻlsada, u butunlay yangi tarixiy sharoitlarda jahon davlatchiligi ilgor tajribalari va koʻp ming yillik milliy anʼanalarning sintezi sifatida dunyoga kelmokda. Yaʼni erkinlik va axloq, ozodlik va tarbiya, qonunga itoatkorlik va siyosiy hukuqiy faollik, hurriyat va qatiy tartibintizom uygʻunligida Fuqarolik jamiyati shakllantirilmoqda. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning aʼzolari boʻlmish fuqarolarning oʻzlari orqali saqlab turiladigan va qatʼiy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat oʻzini oʻzi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli taʼsiri talab etilmaydi. Davlat bunday jamiyatning nazoratida boʻlishi kerak, chunki davlat — fuqarolik jamiyatning „yollanma xizmatkori“. Zero,fuqarolar, korxona va muassasalardan olinadigan soliqlar hisobiga mavjud boʻladi. Mazkur jamiyat nafaqat oʻzining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham boshqarib turadi. Hamma jamiyatni ham fuqarolik jamiyati deb boʻlmaydi. Fuqarolik jamiyati ancha yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish koʻrsatkichidir. Fuqarolik jamiyatining tarixiy negizlari. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bir necha asr davom etgan bo‘lib, uning ayrim elementlari antik davrda G‘arbiy Yevropaning ba’zi birhududlarida mavjud bo‘lgan. Bu mintaqada hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivoji tovar-pul munosabatlarini vujudga keltirgan holda xususiy huquqqa oid bir qator institutlar (xususan Rim xususiy huquqi) shaklida mustahkamlangan. Ammo ular fuqarolik jamiyatining eng sodda ko‘rinishdagi o‘choqlari bo‘lib, ba’zi mintaqalarda sinfiy jamiyatlar bilan uyg‘unlashgan holda mavjud bo‘lgan. Fuqarolik jamiyati insoniyatning taraqqiyot mahsuli sifatida huquqiy davlatning shakllanishining boshlanishi davrida paydo bo‘ladi. Barcha fuqarolarda xususiy mulk asosida iqtisodiy mustaqillikka erishish imkoniyatining paydo bo‘lishi fuqarolik jamiyati vujudga kelishining zaruriy sharti hisoblanadi.Jamiyat demokratik taraqqiyotning muayyan bosqichidagina fuqarolik jamiyatiga aylanadi va davlatning iqtisodiy, siyosiy rivoji darajasiga, xalqning moddiyma’naviy farovonligi, madaniyati hamda ongi o‘sishiga qarab shakllanadi. Fuqarolik jamiyati tushunchasi insoniyat rivojlanishining ilk bosqichlaridanoq “ideal davlat”, “ideal jamiyat”, “ideal shoh” tushunchalari negizida shakllana boshlagan. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish muammolari asosan XVII asrda G.Grotsiy, T.Gobbs, D.Lokk, XVIII asrda J.J.Russo, Sh.Monteske, V.Gumboldt, D.Viko kabi mutafakkirlar tomonidan o‘rgani-lgan bo‘lsa-da, aslida antik davr namoyondasi Aristotelning siyosiy-huquqiy qarashlarida ilk bora fuqarolik jamiyatiga oid fikrlar mavjud. Yangi davrda Yevropa va keyinchalik, Amerika singari yirik mintaqalar miqyosida fuqarolik jamiyati taraqqiyoti uch bosqichda amalga oshgan. Dastlabki bosqichda (taxminan XVI-XVII asrlarda), fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy asoslari vujudga kelgan. XVII asrning oxiridan XIX asrning yakuniga qadar bo‘lgan ikkinchi bosqichda eng rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati huquqiy jihatdan tenglik va xususiy tadbirkorlikka asoslangan dastlabki kapitalizm ko‘rinishida shakllandi. XX asrda fuqarolik jamiyatining uchinchi bosqichi – ya'ni uning ijtimoiylashuv davri boshlandi. Nodavlat va notijorat tashkilotlari. NNTlar faoliyati XXI asrda Nodavlat va notijorat tashkilotlar (NNT) — davlatga qarashli bo‘lmagan, ammo ma’lum qonunlar yoki me’yoriy hujjatlarga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsa-tadigan tuzilmalar. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Aholining ayrim yoki muayyan yirik toifalarining ijtimoiy manfaatlarini ko‘zlab ishlashga ixtisoslash-gan, hukumatga qarashli bo‘lmagan umummilliy tashkilotlar. Bunday tashkilotlar jumlasiga “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Nogironlar uyushmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kiradi. .Davlat boshqaruvi organlari tomonidan NNTlarning milliy qonunchilik va xalqaro shartnomalarda mustahkamlangan huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi masalalariga muhim ahamiyat berildi. NNTlarning faoliyati shak-shubhasiz turli xil tadbirlarni o‘tkazish orqali erishiladigan hayriya va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan. Bu erda shuni ta’kidlash joizki, qonunchilikda shuningdek NNTlar tomonidan tadbirlar o‘tkazish tartibini takomillashtirishga qaratilgan tegishli ijobiy choralar ko‘rildi. 2015 yilning 4 iyunida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan (ro‘yxat raqami 2679) Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. NNTlarning tadbirlarini kelishishning huquqiy belgilanishi avval ham mavjud bo‘lganligi sababli ushbu nizom yangilik hisoblanmaydi. Mazkur nizomning asosiyvazifasi huquqni qo‘llash amaliyotida bir xillikni ta’minlashdan iborat. O’z-o’zini boshqarish organlari. Mahalla instituti Mahalla instituti bir necha asrlik qadimiy tarixga ega bo‘lsada, uning huquqiy asoslari yaratilgan va jamiyat boshqaruvida o‘ziga xos vakolatlarga ega bo‘l-gan davri -mamlakatimizning mustaqillikka erishgan davri hisoblanadi. CHunki, mustaqil O‘zbekistonning bosh qomusi – Konstitutsiyasining 105-moddasiga ma-halla instituti haqida qoidalar kiritilib, uning vakolat muddati belgilab berildi Konstitutsiyada belgilab berilgan ushbu qoidalar asosida 1993 yil 2 sentyarbda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish tartiblari, vakolat doirasi hamda faoliyati sohasidagi munosabatlar tartibga solindi.Bu jarayonda bevosita fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga ham ko‘plab vakolatlar o‘tkazib borildi. Bu esa amaldagi Qonunni yanada takomillashtirish, fuqarolar yig‘inlariga berilgan vakolatlarni amalga oshirish mexanizmlarini qonun bilan tartibga solish zaruratini keltirib chiqardi. SHu bois “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun 1999 yil 14 aprelda yangi tahrirda qabul qilindi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ni saylash jarayoni ham fuqarolar yig‘ini faoliyatini sama-rali tashkil etishning asosiy omillaridan biri hisoblanib, ushbu jarayonni yanada tartibli o‘tkazish, uning aniq me’yorlarini joriy qilish maqsadida 2004 yil 29 aprelda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining asosiy prinsiplari, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartib qoidalari hamda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatib o‘tildi Saylovlar fuqarolik jamiyati ko’zgusi. Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy dav-latning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir. Fuqarolik jamiyati bilan saylovlarning aloqadorligi asosan shu bilan belgilanadiki, fuqarolik jamiyati, fuqa-rolarning fikrlari va manfaatlarining xilma-xilligiga asoslangan holda, tashkil etiladi, davlat organlari fuqarolarning ishtiroki bilan adolatli saylovlar asosida tashkil etilmaydigan bo‘lsa, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda qonunga itoat etishini ta’minlashga, o‘tkir ijtimoiy qarama-qarshiliklardan qochib-qutilishga imkoniyat bo‘lmaydi, Demokratik saylovlar –hokimiyat masalasining kuch bilan hal etilishini tamoman inkor etadi. Saylovlar fuqarolarga hokimiyat uchun kurashayotgan siyosiy partiyalarning dasturlarini haqiqiy mazmun-mohiyatini anglashga imkoniyat beradi. Faqatgina saylovlar orqali xalqning ko‘pchiligining irodasi aniqlanadi, uning asosida esa demokratik hokimiyat yaratiladi. Fuqaroning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash (faol saylov huquqi) va saylanish (passiv saylov huquqi) huquqlari O‘zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlangan, uni amalga oshirish tartibqoidalari saylov qonunchiligida aniq belgilab qo‘yilgan O‘zbekiston saylov qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi prinsipi ham o‘z aksini topgan. Fuqarolar saylovda nomzod uchun bevosita, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz beradilar. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida belgilanganidek, «qonunchilik palatasi deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar» “Temur tuzuklari”da fuqarolik jamiyati. Amir Temur nafaqat o‘z xalqini, Abalki zabt etilgan mamlakatlarning aholisini ham imkoni boricha qonun himoyasiga olgan. Ularni asirlik va talon-tarojlardan saqlagan. Fuqarolarni himoya qilish qonun bilan mustahkamlangan, qonun barchaga barobar bo‘lgan. Temur tuzuklari”dagi “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir”, degan so‘zlar bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan. Temur tuzuklari”da ijtimoiy-siyosiy masalalar bilan birga ma’naviyat masalasiga ham katta ahamiyat berilgan. Ushbu asar Sharq va G‘arbda mashhur bo‘lgan, ko‘p marta chop etilgan. Unda siyosatdonning yurish-turishi, siyosat bobidagi faoliyati, xalq, qo‘shin, ulamolar, arkoni davlat va boshqalarga munosabati uchun asosiy "Har bir diyor aholisining ahvolidan ogoh bo‘lib turdim. Har bir mamlakat ahvoli, sipoh-u ra’iyatning kayfiyatini, turish-turmushini, qilmish-qidirmishlarini, bular o‘rtalaridagi aloqalarini yozib menga bildirib turish uchun diyonatli, to‘g‘ri qadamli kishilardan voqeanavislar belgiladim"(temur tuzuklari) “Men har kimgaki va’da bersam, unga vafo qildim, har bir va’daga xilof ish qilmadim. Men doimo va’dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil bo‘lishimni va kimsaga jabr yetkazmasligimni ang-ladim” Download 43.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling