O'zbekistonning bmt bilan hamkorligi


Download 38.69 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi38.69 Kb.
#1480547
Bog'liq
o\'zbekistonning bmt bilan hamkorligi


O'ZBEKISTONNING BMT BILAN HAMKORLIGI
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) — Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta'minlash, davlatlarning o'zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yilda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa San Fransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetdi.
BMTning doimiy ish o'rni (shtab kvartirasi) — New York.
BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari bo'lib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
BMT Ustavida ko'rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli bo'lishi va o'z taqdirini o'zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o'rtasida do'stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o'rtasida hamkorlik bo'lishini ta'minlashni ko'zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg'unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
2000-yil 6—8-sentabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida „Mingyillik sammiti" bo'lib o'tdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy iqtisodiy,
ekologiya va xavfsizlikka doir muammolar muhokama qilinib, yangi yuzyillikning dastlabki-yillarida amalga oshirilishi mo'ljallanayotgan tadbirlar belgilandi.
Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan qabul qilgan deklaratsiyada 2015-yilgacha ta'minlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga bo'linadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va o'z-o'zini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning ma'muriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva bo'limi. BMT sessiyasi yilda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT a'zolari ko'pchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin.
O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilganidan keyin ko'p o'tmay—1992-yil 2-martda BMTga a'zo bo'ldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i ko'tarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993.24.8). BMTda O'zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. O'zbekiston Respublikasi BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham a'zo bo'ldi.
O'zbekiston o'z ovozi va mavqeiga ega bo'lgan a'zo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo'yyapti. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993-yil sentabr), BMT tashkil etilganining 50-yilligiga bag'ishlangan sessiyada (1995-yil okt.), BMT Bosh Assambleyasining „Ming yillik sammiti "(2000-yil sentabr) da so'zlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg'otdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-asr so'nggidagi eng yirik anjumanida O'zbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog'liq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi.
O'zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli a'zosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qat'iy amal qilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yalpi xavfsizlikni mustahkamlash tufayli tinchlikni barqaror etish jur'ati bilan to'lib-toshgan 51 mamlakat tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda 185 mamlakat, ya'ni dunyoning qariyb barcha mamlakatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining a'zolaridir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining a'zosi bo'lgan davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan, xalqaro shartnomalardan iborat bo'lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul etadi. Nizomga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti to'rtta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga ko'maklashish, millatlar o'rtasida do'stona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni rag'batlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar sa'y-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni o'ynash.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zolari — mustaqil davlatlardir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti butunjahon hukumati emas va u qonunlar qabul qilmaydi. Biroq xalqaro mojarolarni bartaraf etishga va bizning barchamizga daxldor bo'lgan masalalarni hal etish siyosatini ishlab chiqishga yordam bera oladigan mablag'larga ega bo'ladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga barcha katta-kichik, boy va kambag'al, turli siyosiy qarashlar va ijtimoiy tizimdagi davlatlar a'zo bo'lib, ular ovoz berish va ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega.
Birlashgan Millatlar Tashkilotida oltita bosh organ mavjud. Ulardan beshtasi — Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Vasiylik Kengashi va Kotibiyat — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Markaziy qarorgohida, oltinchi organ — Xalqaro Sud esa Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat ko'rsatadi.
Toshkentda 1993 yildan buyon BMT vakolatxonasi faoliyat ko'rsatmoqda. BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Aholishunoslik jamg'armasi (BMTAJ), Bolalar jamg'armasi (YuNISEF), Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST), Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YuNESKO), Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi (BMTGMJB), Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi (BMTMOPDMM), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO), Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilot (MXT), shuningdek, Ko'ngillilar dasturi O'zbekistonda —BMT oilasi"ni tashkil qiladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyaning 72-sessiyasidagi ishtiroki mamlakatimizning xalqaro tashkilot bilan samarali va o'zaro manfaatli hamkorligida yangi davrni boshlab berdi. Ushbu tadbir davomida qator muhim xalqaro tashabbuslar ilgari surilib, muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda.
Hamkorlikdagi yangi muhit tufayli O'zbekiston BMTning barcha sohalardagi jarayonlarining faol ishtirokchisiga aylandi. Bu a'zo davlatlarning mamlakatimizga bo'lgan ijobiy munosabatida namoyon bo'lmoqda.
Xususan, so'nggi ikki yilda O'zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi doirasida uchta rezolyutsiya ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bu haqiqatan O'zbekiston diplomatiyasi uchun katta yutuqdir. Mamlakatimiz hozirgi kunda ko'p tomonlama hamkorlikning yangi ruhini qo'llab-quvvatlagan holda, a'zo davlatlar bilan birgalikda Bosh Assambleyaning yana bir muhim rezolyutsiyasi va Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi qabul qilinishi ustida ish olib bormoqda.
O'zbekiston qurolsizlanish va ularni tarqatmaslik sohasida barcha muhim xalqaro shartnomalar, xususan, Yadro qurolini tarqatmaslik to'g'risidagi shartnoma, Yadro sinovlarini har tomonlama taqiqlash to'g'risidagi shartnoma, Kimyoviy va biologik qurollar to'g'risidagi konvensiya va boshqa xalqaro bitimlarga qo'shilgan.
1993 yil O'zbekiston tomonidan BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib ilgari surilgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish bo'yicha tashabbus yadro qurolini tarqatmaslik va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qo'shilgan muhim hissa bo'ldi. Ushbu tashabbus bo'yicha shartnoma 2006 yil sentyabr oyida Semipalatinsk shahrida imzolandi. 2009 yil mart oyida esa ushbu shartnoma Markaziy Osiyo mintaqasining besh davlati tomonidan ratifikatsiya qilingach, kuchga kirdi. Tashkilotning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida 2014 yil 6 may kuni tarixiy voqea sodir bo'ldi - BMT tashkil etilganidan buyon ilk bor yadro quroliga ega besh davlat - AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya vakillari bir vaqtning o'zida va bir ovozdan muhim xalqaro hujjat - Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to'g'risidagi shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari to'g'risidagi protokolni imzoladi. Shu tariqa Markaziy Osiyo mintaqasi sayyoramizning shimoliy yarim sharidagi yadro qurolidan xoli yagona zonaga aylandi.
Global va mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik sohasida sheriklik O'zbekiston bilan BMT o'rtasidagi hamkorlikning muhim yo'nalishlaridan biridir. Mamlakatimiz ushbu sohadagi xalqaro sa'y-harakatlarga faol hissa qo'shib kelmoqda. BMTning terrorizmga qarshi kurash bo'yicha barcha 13 konvensiyasi ishtirokchisi bo'lgan O'zbekiston ushbu sohada dunyo hamjamiyatining sa'y-harakatlarini birlashtirish hamda tashkilot doirasidagi global hamkorlik tizimini yaratishga qaratilgan yirik tashabbuslarni ilgari surdi. Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston BMT Xavfsizlik kengashining 1373 (2001 yil) rezolyutsiyasi bilan tashkil etilgan Terrorizmga qarshi kurashish qo'mitasi ishini ma'qullaydi va a'zo davlatlarning ushbu illatga qarshi kurashishdagi salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni to'la qo'llab-quvvatlaydi. Qo'mitaning tashkil etilishi, o'z navbatida, O'zbekiston tashabbusi hamdir. Boisi mamlakatimiz tomonidan BMTning Istanbulda 1999 yil bo'lib o'tgan Xavfsizlik va hmkorlik sammitida Terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tashkil etish bo'yicha taklifni ilgari surilgandi.
O'zbekiston giyohvandlikka qarshi kurashda BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Bu sohada BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi bilan tegishli vazirlik-idoralar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan aniq amaliy loyihalar amalga oshirilmoqda. BMT Bosh kotibining 2002 yil oktyabr oyida Toshkentga tashrifi chog'ida O'zbekiston tomonidan bildirilgan taklifga binoan, Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo'yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot-muvofiqlashtirish markazi tashkil etildi .
O'zbekiston Afg'oniston Islom Respublikasida afg'on xalqiga katta ofatlar keltirgan va butun mintaqa uchun jiddiy tahdid manbai bo'lgan ko'p yillik qonli urushni to'xtatish borasidagi harakatlarga alohida e'tibor bermoqda. Mamlakatimiz mojarodan keyin Afg'onistonda qayta tiklash dasturlarini amalga oshirishga samarali hissa qo'shmoqda, xususan, xalqaro gumanitar yuklarni yetkazib berish uchun O'zbekiston - Afg'oniston chegarasida ko'prik ochilib, Afg'onistonda ko'plab infratuzilma ob'ektlarini qurishga o'z hissasini qo'shmoqda. 2009 yil aprel oyida O'zbekistondan Kobulgacha elektr uzatish liniyasi ishga tushirildi. Yangi Surxon -Puli Xumri elektr uzatish liniyasining qurilishi esa O'zbekistondan Afg'onistonga elektr energiyasini yetkazib berish hajmini 70 foizga, ya'ni yiliga 6 milliard kVt/soatgacha oshirish hamda Kobulning Markaziy Osiyo yagona energiya tizimiga ulanishiga imkon beradi.
Toshkentda 2018 yil mart oyida Afg'oniston bo'yicha yuqori darajali konferensiya tashkil etildi. O'sha yilning aprel oyida esa xalqaro tadbir bo'yicha qabul qilingan yakuniy deklaratsiya BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi va Xavfsizlik kengashi rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Bundan tashqari, O'zbekiston rahbariyatining Afg'onistondagi vaziyatni tinch yo'l bilan hal etishga qaratilgan sa'y-harakatlari va Afg'oniston bo'yicha Toshkent konferensiyasi haqidagi ma'lumotlar BMT Bosh kotibining 2018 yil sentyabr oyida e'lon qilingan "Afg'onistondagi vaziyat hamda uning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka ta'siri" ma'ruzasiga kiritildi.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2018 yil 22 iyun kuni "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" tarixiy rezolyutsiyasining qabul qilinishi O'zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yuqori darajada rivojlantirish bo'yicha tashabbuslarining xalqaro miqyosda keng qo'llab-quvvatlanayotganidan darakdir.
Bugungi kunda O'zbekiston va BMTning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorligi yanada faollashib bormoqda. Ushbu sohada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yana bir o'tkir va dolzarb global muammoga - Orol dengizi fojiasiga e'tiborni qaratdi va dunyo hamjamiyatini "Ushbu ekologik ofatning Markaziy Osiyoda yashayotgan millionlab odamlar turmush tarziga halokatli ta'sirini kamaytirishga va tabiiy, biologik tabiatni saqlashga" chaqirdi.
Orol dengizining ekologik halokati jiddiyligini inobatga olib, mamlakatimizda ushbu fojia oqibatlarini yumshatish bo'yicha qator muhim xalqaro tadbirlar o'tkazildi. Xususan, 2008 yil mart oyida "Orol muammolari, ularning aholi genofondiga ta'siri, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda ular oqibatlarini yumshatish bo'yicha xalqaro hamkorlik choralari" mavzuida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. Unda BMT vakillari faol ishtirok etdi.
BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida barcha ishtirokchilar tomonidan birdek ma'qullangan va O'zbekiston hammualliflaridan biri bo'lgan "Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasiga Bosh Assambleya huzurida kuzatuvchi maqomini berish to'g'risida"gi rezolyutsiya qabul qilingani muhim voqea bo'ldi. Orolbo'yi hududidagi vaziyatni barqarorlashtirish va yaxshilashga qaratilgan, O'zbekistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasidagi raisligi doirasida ishlab chiqilgan "Orol dengizining qurishi va Orol dengizidagi ekotizim falokatlarining oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi" BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatilgandi.
XULOSA
Xulosa o'rnida aytganda, uzoq muddatli tinchlikning faol tarafdori va hamkorlikni har tomonlama kengaytirish tashabbuskori sifatida O'zbekiston bundan buyon ham BMT va unga a'zo davlatlar bilan hamkorlikka katta e'tibor qaratadi. Bunda BMT rahbariyatining har tomonlama qo'llab-quvvatlashiga ishonch bildirish mumkin. Zero, O'zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar BMT global maqsadlari, shu jumladan, sayyoramizda tinchlik, barqarorlik va farovonlikni mustahkamlashga qaratilgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga to'liq mos keladi.
O’zbekistoning BMT bilan hamkorligi to’la teng huquqlilik va o’zaro ishonch asosiga qurilgandir. Mamlakatimizning BMt va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligi iqtisodiyot, ijtimoiy soha, madaniyatni tiklash, sog’liqni saqlash, qti'of-muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalami ham qamrab olmoqda. Bunda bir tomoning boshqasiga nisbatan ega bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Endilikda O’zbekistoning BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari bilan ikki tomonlama va ko’p tomonlama hamkorligi keng tus olmoqda. Bu hamkorlikda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ham yetakchi o’rinlardan birini egallamoqda. BMT mamJakatimizda inson huquqlarini himoya qilish sohasida olib borilavotgan ishlarga yaqindan yordam bennoqda. Bu yordam BMTning inson huquqlari va boshqaruv tizimini qo’llab-quwatlash dasturiga asoslangan holda amalgam oshirilmoqda. O’zbekiston demokratiyalash jarayonlarining chuqurlashib borishi mamlakatimizning BMT bilan aloqalari va hamkorligini yanada kengayib borishiga asos bo’lmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining a'zosi bo'lgan davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan, xalqqaro shartnomalardan iborat bo'lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul etadi. Nizomga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti to'rtta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga ko'maklashish, millatlar o'rtasida do'stona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni rag'batlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar sa'y-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni o'ynash.
BMTning asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:
1. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish.
2. Tinchlikka tahdidga barham berish hamda uning oldini olish, shuningdek, agressiya yoki boshqa tinchlikni buzuvchi xatti-harakatlar-ni bartaraf etish uchun samarali jamoaviy chora-tadbirlar qo'llash.
3. Xalqaro nizolarga yoki tinchlik buzilishiga olib kelishi mumkin boigan vaziyatlarni tinch vositalar yordamida hal etish.
4. Xalqlar o'rtasida do'stona munosabatlarni rivojlantirish.
5. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar mazmundagi xalqaro muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
6. Inson huquqlarini hamda irqi, jinsi, tili va dinidan qat'i nazar, barchaga taalluqli bo'lgan asosiy erkinliklarni rag'batlantirish va rivojlantirish.
7. Tashkilot oldida turgan maqsadlarga erishish yo'lida davlatlar sa'y-harakatlarini birlashtiradigan markaz bo'lish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun BMT quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yuritishni o'z zimmasiga olgan:
1. Suveren tenglik;
2. BMT Ustavi bo'yicha majburiyatlarni sidqidildan bajarish;
3. Xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal etish chog'ida xalqaro tinchlik, xavfsizlik va adolatni tahdid ostiga qo'ymaslik;
4. Har qanday davlatning hududiy daxIsizligiga yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi va shuningdek, BMT maqsadlariga xilof bo'lgan boshqa vaziyatlarda ham, xalqaro munosabatlarda kuch bilan yoxud uni qo'llash bilan tahdid etishdan voz kechish;
5. BMT o'z ustaviga muvofiq qo'llaydigan barcha sa'yharakatlarida har to m o n la m a y o rd am ko'rsatish ham da u ogohlan tiru v ch i yoxud majburlovchi mazmundagi choralar qo'llayotgan har qanday davlatga yordam ko'rsatishdan tiyilib turish;
6. BMT a'zosi bo'lm agan davlatlar ham uning prinsiplariga mu vofiq ravishda harakat qilishini ta'minlash, chunki bu xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish uchun qo'l kelishi mumkin;
7. BMTning aslida davlatlar ichki vakolatlariga mansub bo'lgan ishlariga aralashmasligi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Bu tarixiy tashrif mamlakatimiz bilan BMT hamkorligining yangi bosqichini boshlab berdi. Davlatimiz rahbarining sessiyadagi ishtiroki va BMTning yuksak minbaridan turib so‘zlagan nutqi shu jihatdan tarixiy voqea bo‘ldi. Aytish joizki, Prezidentimiz o‘z nutqida uch yo‘nalishdagi – O‘zbekiston, Markaziy Osiyo mintaqasi va BMT darajasidagi fikrlarini o‘rtaga tashladi, umuminsoniy manfaatlar ko‘zlangan taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Nutqda bayon qilingan O‘zbekistonda barcha sohadagi islohotlar “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyilga asoslanishi, 2017-yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingani, mamlakatimizda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilib, odamlar davlat idoralari uchun emas, davlat idoralari odamlar uchun xizmat qilayotgani, bu jamiyatimiz shioriga aylangani, Harakatlar strategiyasi bu ishlarda asosiy dastur bo‘lib xizmat qilayotgani haqidagi fikrlar jahon afkor ommasida qatta qiziqish uyg‘otdi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatni o‘nglash, mintaqani yadrodan xoli hududga aylantirish, narkobiznesga qarshi kurashishda barcha davlatlar sa’y-harakatlarini birlashtirish masalalarini doimo ilgari surib kelgan. Bu dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda BMT faoliyatiga daxldor qator muhim hujjatlar qabul qilinishiga asos bo‘lgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoni o‘zaro hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari asosida izchil taraqqiy ettirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mintaqada siyosiy muloqot faollashib, ko‘plab masalalarni hal qilish imkonini berayotir.
Nutqda ilgari surilgan yana bir muhim masala, bu mintaqadagi suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish g‘oyasidir. Davlatimiz rahbari bu haqda to‘liqroq tasavvur hosil qilish maqsadida Orol fojiasi aks ettirilgan xaritani minbar uzra baland ko‘tarib ko‘rsatdi. Bunday holat nufuzli tashkilot sessiyalarida hali kuzatilmagan. Bu ham ma’ruzadagi dalillar haqida anjuman ishtirokchilarida, qolaversa, uni kuzatgan millionlab odamlarda yaqqol tasavvur uyg‘otdi.
Prezidentimizning dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, BMTning xalqaro munosabatlardagi rolini oshirish borasidagi fikrlari ham dolzarb ahamiyatga molikdir. BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish bo‘yicha tashabbuslar, ayniqsa, tarixiy voqeadir.
Download 38.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling