O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi
Aholini ijtimoiy himoya qilish
Download 118 Kb.
|
O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlab aholini yoppasiga himoya
Aholini ijtimoiy himoya qilish — bu aholining normal hayot kechirishini ta’minlash
uchun davlat tomonidan belgilangan kafolatlar tizimidir. «O’zbekiston modeli»ga binoan ijtimoiy siyosat ta’sirchan, sharoitga tez moslashadigan, ustuvor chora-tadbirlarni aniq belgilashni ko’zda tutadi. Dastlab aholini yoppasiga himoya qilish amalga oshirilgan bo’lsa, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida aholining tabaqalanishi kuchaygan sari adresli yordam ko’rsatish asosiy o’ringa chiqdi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida O’zbekistondagi ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari quyidagicha: — aholi daromadlarini tartibga solish, katta moddiy-ijtimoiy farqlarga yo’l qo’ymaslik; — aholi ijtimoiy himoyasini ta’minlash; — ish bilan ta’minlanganlik muammosini hal etish; — ekologik zararli ishlab chiqarishni tugatish; — sog’liqni saqlash, madaniyat, ta’lim sohalarini moliyalashtirishni qayta tashkil etish. Aholini ijtimoiy himoya qilish uchun belgilangan chora-tadbirlar bizning aholi uchun odat tusiga kirmagan xususiyatlardan kelib chiqadigan kishilardagi ruhiy taranglikni yo’qotishga yordam berishi kerak. Bozorning rivojlanishi odamlarning ish bilan bandligi muammosini tubdan o’zgartirib yuboradi. Borgan sari xususiy sektorning ahamiyati ortib boradi. Ishsizlik muammosi — bozor iqtisodiyotining muqarrar yo’ldoshi. Shuning uchun ishsizlik bo’yicha nafaqalar joriy etish, ish bilan bandlik xizmatini va ish bilan bandlik fondini tashkil etishga qaratilgan ijtimoiy siyosat olib boradi. Xozirgi paytda ish bilan bandlik fondiga har bir firma, korxona ish haqi fondining ikki foizini ajratishi shart. Aholini ijtimoiy himoya qilish quyidagi ijtimoiy yordam ko’rsatish turlari orqali amalga oshiriladi. Bular — nafaqalar, turli imtiyozlar, uzluksiz bo’lmagan moddiy yordamlar berish va hokazolar. Aholining quyidagi qatlamlari: nafaqa yoshidagi kishilar, nogironlar, boquvchisini yo’qotgan bolalar; kam ta’minlangan oilalar; ishsizlar; homilador ayollar va ishlamayotgan, yosh bolasini boqish bilan band bo’lgan onalar; kasalligi tufayli vaqtincha ishlamayotganlar; o’qiyotgan yoshlar; mehnatga layoqatli bo’lib nogironlarga qarayotgan kishilar ijtimoiy himoya qilinadi. Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatishda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining — xususan mahallaning huquqlari kengaytirilishi va mas’uliyatining oshirilishi muhim rol o’ynaydi. 1 O’sha asar, 11-bet Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatish uchun manba sifatida davlat mablag’lari bilan bir qatorda mehnat jamoalari va xayriya tashkilotlari jamg’armalarining mablag’larini ham keng jalb qilish amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda qashshoqlikka qarshi kurashga alohida ahamiyat berilishi nochor ahvolga tushib qolgan va tushib qolishi mumkin bo’lgan oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy siyosatning tamal toshidir. Xozirgi paytda turli ijtimoiy ehtiyojlarga sarflanadigan xarajatlar davlat chiqimlarining deyarli 40% ini tashkil etmoqda. Respublikada vujudga keltirilgan ijtimoiy himoya tizimi borgan sari takomillashib bormoqda. «Bugungi kunda aholining moddiy farovonligiga salbiy ta’sir ko’rsata oladigan omillar deyarli yo’q. Aksincha, barqarorlashuvchi, aholining turmush darajasi o’sishi uchun shart-sharoit va kafolatlar yaratib beruvchi omillar tobora ortib bormoqda».1
Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling