O’zbekistonning cho’l, adir, tog’ va yaylov o’simliklari va ularning ho’jalikdagi ahamiyati. Mundarija Kirish i-bob o’zbekistonning cho’l, adir, tog’ va Farg’ona vodiysi o’simliklari
Download 318.73 Kb.
|
o\'simlik dunyosi
Cho`l mintaqasi. Unda asosan kserofit, ya'ni quruq va issiq sharoitga moslashgan o`simliklar o`sadi. Mintaqadagi tuproqlarning xilma-xilligi undagi o`simliklarni ham turli-tuman bo`lishiga sabab bo`lgan. Ichki tuproq, iqlimiy sharoit, absalyut balandlikdagi farq cho`l mintaqasida past cho`l va yuqori cho`llarni ajratishga asos bo`lgan.
Pastki cho`l 250 m. absalyut balandlikkacha bo`lgan hududlarni egallab u yerlarda asosan barg va poyalari semiz o`simliklar o`sadi. Ularning barg va poyalarida tuz ko`p bo`ladi. Pastki cho`lda keng tarqalgan o`simliklarga Qorasaksavul, cherkez, Qorabaroq, sarsazan, Qorasho`ra, baliqko`zlar kiradi. Yuqori cho`lning o`simliklar qoplamining asosini shuvoq tashkil etadi, eng ko`p tarqalganlarga yovshon, quyonsuyak, Qizilqandim, singren, iloq, yantoq kavrak, isiriq, achchiqmiya, boychechak, chuchmoma, partek, yaltirboshlarni qiritish mumkin. Umuman olganda cho`l mintaqasining o`simlik qoplami siyrak, lekin nam yetarli bo`lgan bahorda efemer va efemeroidlar yer betini qoplaydi. Jazirama issiq va quruq kunlar boshlanishi bilan efemerlar qurib qoladi, efemeroidlarning esa tuproq ustki qismi qurib, tuproq osti qismi halok bo`lmaydi, kelgusi bahorda yana ko`karib chiqadi. O`z vegetatsiyasini davom ettirayotgan kserofit o`simliklar jazirama issiq va qurg`oqchiliqka moslashgan bo`lib, ularni ildizlari uzun, barglari mayda yoki butunlay bo`lmaydi. Shuning uchun tanasidan nam kam bug`lanadi. O`zbekistonning tekislik qismidagi tuproq – grunt sharoitlariga bog`liq holda turli o`simlik formatsiyalari uchraydi. Qumli, gilli, toshloq, sho`rxok yerlar o`simlik formatsiyalari bir-biridan farq qiladi. Cho`l mintaqasidagi daryo qayirlarida sho`rxok turong`il, tol, liana, lomonos, bakaterak, jiyda, namatak, yulg`un, chingil, qamish kabilar o`sib to`qaylar hosil qiladi. Cho`l zonasidagi vohalar o`ziga xos o`simlik dunyosiga ega bo`lib, ular asosan madaniy, manzarali, tolali, oziq-ovqat, sabzavot-poliz, ziravor va boshqa o`simliklardir. Eng ko`p maydonini paxta egallaydi. Adir mintaqasi absalyut balandligi 600-1200-1500 m., yog`in birmuncha ko`p. Bu mintaqa o`simliklarini Ye. P. Korovin ikki tipga bo`ladi. Efemerlar tipi va tog` dashtlari – savanalar tipi, efemerlar adirni pastki qismida bo`lib, chala cho`l xarakteridagi o`simliklar tarqalgan, bu yerda efemerlar iyulgacha vegetatsiyani davom ettiradi. Bularga misol qo`ng`irbosh, rang, no`xatak yoki astragal, sariq yo`ngichka yaltiroqbosh, oqquray, gulxayri, qo`ziquloq va boshqalar. Adirlarda kiyik o`t, tog` rayxoni, shirach, marmarak o`sadi Adirlarni yuqori qismini-tog` dashtlari – savanna tipi o`simlik tipi deyishadi, bu yerlarda bug`doyiq keng tarqalgan, uni orasida tog` yalpizi, chuchmoma, lola, sariq ang’iz, butalardan qo`shyaproq, zirk, namatak, daraxtlardan pista va do`lona uchraydi. Tog` mintaqasi – 1200-1300-2700-2800 m. gacha. Bu mintaqada iqlim sharoiti daraxt va butalarni o`sishi uchun qulaydir. Bu yerdagi o`simliklar kseromezofit va mezofit xususiyatiga ega. Bu mintaqadagi o`simliklarni YE. P. Korovin uch tipga bo`ladi. Archazorlar, bargini to`kadigan tog` o`rmonlari va butazorlar. Archazorlar asosan 1400-2500 m. balandliklarda, qo`ng`ir toshloq tuproqli joylarda uchraydi. Archa o`rmonlari orasida uchqat, zirk, na'matak o`sadi. Ohangaron tog`larida, Turkiston tizmasi, Qashqadaryo va Surxondaryo havzalarining yuqori qismida mavjud archazorlar maydoni 500 ming ga. Bargini to`kadigan tog` o`rmonlari va butazorlar tog`larni janubiy yonbag`rida ko`proq o`sadi. Misol: yong’oq, olma, zarang, tog`olicha, bodom , pista. Bodomni o`ndan ortiq turi uchraydi, u 800- 1600 m. gacha bo`lgan balandliklarda yaxshi o`sadi. Pistazorlar, ayniqsa Bobotog` va Boysun tog`larida keng tarqalgan. Tabiiy pistazorlar maydoni 700 ming gektar. Download 318.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling