O‘zbekistonning eng yangi tarix fanining nazariy va metodologik asoslari


Download 220 Kb.
bet12/16
Sana28.12.2022
Hajmi220 Kb.
#1022395
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-Seminar (2)

1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo'ldi. Unda mamalakatning Asosiy Qonunini qabul qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining Qonstitutsiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami deb e’lon qilish to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabr VIII sessiyasida 13 moddadan iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 8 moddadan iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega.
1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 12 moddadan iborat «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Har bir mustaqil davlatning asosiy belgilaridan biri – milliy valyutasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyunda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq 1994 yil 1 iyulidan boshlab respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi sifatida milliy valyutasi – So‘m muomalaga chiqarilgan.1 so'm kursi 1000 so'm-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi.



Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling