O‘zbekistonning eng yangi tarix fanining nazariy va metodologik asoslari


Download 220 Kb.
bet1/16
Sana28.12.2022
Hajmi220 Kb.
#1022395
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-Seminar (2)


O‘zbekistonning eng yangi tarix fanining nazariy va metodologik asoslari.


TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR:



  1. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Тошкент: Ўзбекистон, 2011.

  2. Мустакил Ўзбекистан тарихининг дастлабки сахифалари. - Тошкент, 2000.

  3. Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат // М.Абдуллаев ва бошқалар: тўлдирилган учинчи нашр. - Тошкент: Шарқ, 2006.

4.Noveyshaya istoriya Uzbekistana: Uchebnik / Pod red. d.i.n., prof. M.А. Raximova. - T.: «Аdabiyot uchkunlari», 2018. – 512.


5. Mustaqil Oʼzbekistan tarixining dastlabki saxifalari. - Toshkent, 2000.
6. Erkaev А. Oʼzbekiston yoʼli. - Toshkent: Maʼnaviyat, 2011.
7. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lugʼat // M.Аbdullaev va boshqalar: toʼldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006.
8. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2017.
9. Mustaqil Oʼzbekiston tarixi. Masʼul muharrir А.Sabirov. - Toshkent: Аkademiya, 2013.
10. Noveyshaya istoriya Uzbekistana. Rukovoditelʼ proekta i redaktor: M.А.Raximov. - Toshkent: Аdabiyot uchqunlari, 2018.

Reja:
1. O‘zbekistonning eng yangi tarix fanining predmeti va vazifalari.
2.O‘zbekistonning eng yangi tarix fanining nazariy va metodologik asoslari va paradigmalari.
3.O‘zbekistonning eng yangi tarixining mazmunini aniqlash tamoyillari.

Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor bo’lgan dunyoviy muammolar-u serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo’lgan barcha hodisalarni o’zida mujassam etadi. Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qo’yadi. Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqimizning mustaqillikka erishish yo’lidagi asrlar osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qo’lga kiritish yo’llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, mustaqillikni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va manaviy omillarini o’rganish va milliy g’oyani yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim. Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli tasir o’tkazadi, milliy g’oyaning shakllanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog’li o’rganish, undan saboq chiqarish bilan bog’liq. Ulug’ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga davat etadi, ulkan yaratuvchilikni rag’batlantiradi. «O’zbekistonning eng yangi tarixi» fanining vazifasi O’zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o’qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o’quv-metodik, marifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, Yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o’quvchilarida, oliy ta’lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirishdir.


Zotan, uning ulug’ murabbiylik, tarbiyachilik, yo’naltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda. Insoniyat tarixida XX asrning so’nggi choragi va – XXI asr boshi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarning yangi pallasini boshlab berib, O’zbekistonning milliy davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi aynan shu davrga to’g’ri keldi. Bu holat tarix fanida ham tub o’zgarishlarni, nazariy va metodologik yangilanishni, bir so’z bilan aytganda mustaqil O’zbekiston nufuziga munosib bo’lishni taqozo qildi. Mustaqillik yillarida tarix fani arsenali yangilanib, o’zgardi. Tarix fanida kechgan chuqur ichki transformatsiya jarayoni fanning nazariy-metodologik, konseptual, mazmuniy, strukturaviy o’zgarishlarida aks etdi. Yangi ijtimoiy impulslar tasirida ko’pgina mavzular yangicha mushohada qilina boshladi. Haqqoniy talqini va tahliliga muhtoj bo’lgan mavzular tarixchilar diqqat markazidan joy oldi va bugungi kunga qadar bazi konseptual jihatlari haqida qatiy bir xulosaga kelishda bu jarayon davom etmoqda.
Sovet davrida o’rganish taqiqlangan, noto’g’ri talqin etilgan mavzular ilmiy xolislik asosida - milliy mustaqillik nuqtai nazaridan qaytadan o’rganildi. Tarixiy tadqiqotlar diapazoni kengayib, yangi ilmiy yo’nalishlar vujudga keldi. O’zbekistonning eng yangi tarixi tarix fanida ana shunday yangi ilmiy yo’nalishlardan biri bo’ldi. Bu bevosita milliy mustaqil davlatning tashkil topishi bilan vujudga kelib, zamonaviy tarixiy jarayonlarning rivojini o‘rganish, tahlil qilish, tarixiy tajribani umumlashtirish va bu orqali milliy o‘zlikni anglashga yo‘naltirilgandir. ―O‘zbekistonning eng yangi tarixi hozircha institutsional xarakter kasb etgan emas, yoinki o‘z metodologiyasi, tadqiqotchilik ishlari va o‘quv-uslubiy taminotiga ega bo’lgan mustaqil fan sohasigaajratilmagan. So’nggi yillar davomida mamlakatimiz hayotida ro’y bergan voqealar ko’lami va rivoji fan va ta’lim oldiga ularni tizimli mushohada qilish masalasini ilgari surmoqda. O’zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning nihoyatda dolzarblashuvi munosabati bilan 2012 yil yanvarida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Birinchi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida" gi qarori qabul qilindi. Kengashning asosiy vazifalari qatoridan ―demokratik huquqiy davlatni, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini, fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirishda «o‘zbek modeli»ning mohiyati va mazmunini, inson huquqlari hamda erkinliklarini taminlash, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni saqlash bo’yicha keng ko’lamli ishlarni, hozirgi dunyoda O’zbekistonning roli va o’rnini chuqur o’rganish va yaqqol ko‘rsatib berish‖ ham muhim o‘rin oldi.
Mustaqillik yillarida tarix fani dolzarb muammolarini aniqlash, ilmiy jamoatchilikning bu muammolar еchimini izlashdagi yondoshuvlari va faoliyatini aks ettirishda ilmiy anjumanlar muhim o‘rin tutdi. Tarix fani nazariy-metodologik asoslarini, tarix tadqiqotlariga yondoshuvlarni yangi davr talablari va mezonlari asosida ishlab chiqish, uning oldida turgan vazifalarni aniqlashda bu muammolar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan "O‘zbekistonning yangi tarixi: konseptual metodologik muammolar" (1999 y.); -"Novaya istoriya Sentralnoy Azii. Pereotsenka istorii, sovremennr problema i podxod" (2004 y.) mavzuidagi respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarning ahamiyati katta bo‘ldi. 2013 yil may oyida Respublika Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan "O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning dolzarb masalalari"ga bag‘ishlangan matbuot anjumanida bajarilgan ishlar sarhisobi ilmiy jamoatchilikka taqdim qilindi, jamiyat rivojining yangi bosqichi ehtiyojlari tarixchilar oldiga jahon tajribasidan kelib chiqib, tarix fanini yangi nazariy-metodologik darajaga ko’tarish va yangi ilmiy yo’nalishlarni o’zlashtirish zarurligi kabi vazifalar qo’yildi. Tarix tadqiqotlarini amalga oshirishning zamonaviy vositalaridan bo’lgan turli fondlar bilan ilmiy hamkorlik yangi loyihalarni amalga oshirish imkonini bermoqda.
Chunonchi, Tarix instituti va Konrad Adenaur fondi bilan o‘zaro ilmiy hamkorlikda bajarilayotgan "Eng yangi tarix umumjahon jarayonlarining tarkibiy qismi sifatida" loyihasi doirasida o‘tkazilgan "O‘zbekistonning eng yangi tarixini fanlararo o‘rganish" mavzuiga oid davra stolidagi (2014 yil, 24 sentyabr) maruzalar va muhokamalar eng yangi tarixning dolzarb masalalarini, tadqiqot usullarini aniqlashda tarixchilar hamjamiyati uchun muhim ilmiy tadbir bo’ldi. Ilmiy jarayonni tashkil etishda dissertatsion tadqiqotlar ilmiy bilimlar rivojining ko’rsatkichi ekanligini nazarda tutadigan bo’lsak, mustaqillik yillarida O’zbekistonning eng yangi tarixiga oid ilmiy bilimlarning to’planishi va rivoji 1991-2012 yillar mobaynida himoya qilingan dissertatsion tadqiqotlarda o’z ifodasini topdi. Mustaqillik tarixining turli jihatlari doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarining mavzulari bo’ldi. Shuni ta'kidlash lozimki, ko’rsatilgan yillarda O’zbekiston tarixi ixtisosligi bo’yicha himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalari nisbatida O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar ko‘p emas. Dunyoda "O‘zbek modeli" deb etirof etilgan siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy va madaniy sohalardagi tub islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, tarixiy jarayonlar tarixchilar tomonidan qadam-baqadam o’rganilib borildi va ilmiy tadqiqot obektiga aylandi. O’zbekiston jamiyati hayotida kechayotgan demokratik o’zgarishlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirish vositalari, ko’ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va rivojlanishi kabi mavzular tarixchilar tomonidan o’rganila boshlandi. Mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi o’zgarishlar Respublika viloyatlari va shaharlari misolida tadqiq etildi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston aholisining milliy xususiyatlari va demografik rivojlanishi jarayonlarini o’rganish dolzarb ahamiyat kasb etdi. Tarixiy o’zgarishlarning demografik jarayonlarga tasiri hamda ularning turli jihatlarini tahlil etish mamlakatda amalga oshirilayotgan kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, islohotlarning ijtimoiy samarasini oshirishga qaratildi.

2-seminar mashguloti mavzusi: MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR



Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling