O‘zbekistonning eng yangi tarix fanining nazariy va metodologik asoslari


Download 220 Kb.
bet6/16
Sana28.12.2022
Hajmi220 Kb.
#1022395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-Seminar (2)

Birinchi Prezident I. A. Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'ri­sidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.
Oliy Kengash sessiyasi „O‘zbekiston Respublikasining dav­lat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida" qaror qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash Bayonotini tasdiqladi va respublikani bundan keyin O‘zbekiston Respublikasi deb atashni belgilab qo'ydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarorida: 1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin, - deb belgilab qo’yildi.
Oliy Kengash „O‘zbekiston Respublikasining davlat musta­qilligi asoslari to'g'risida" Qonun qabul qildi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo'lib, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.
Qonunning birinchi moddasida: ,,O'zbekiston Respublikasi o 'z tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir", — deb qonunlashtirib qo'yildi.
1991 yil 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 % qatnashdi. Ularning 98,2 % referendumda qo‘yilgan savolni ma’qullab ovoz berdi. Demak, O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi. SHuni ta’kidlash lozimki, referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o‘tdi. Buni referendumda AQSh, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan mustaqil kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo‘lgan tayyor andozalari hech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo‘lgan O‘zbekistonday qadirniv makonda o‘ziga xos yo‘l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O‘zbekiston tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o‘zi yurishga majbur edi».
Hali sobiq ittifoq mavjud bo‘lgan davrda I.Karimov respublika rahbarligiga (1989 yil, iyun) kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub o‘zgarishlarni boshlab yuborgan edi.
1990-yil mart oyidayoq sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchilardan bo‘lib, O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining tashkil etilishi, g‘oyaviy qarashlari, siyosati yangilanayotgan jamiyatga mos bo‘lmayotgan O‘zbekiston Kompartiyasini Xalq demokratik partiyasiga aylantirilishi, hokimiyatning asta-sekin va izchillik bilan partiya idoralaridan Prezident, hukumat, mahalliy idoralar qo‘liga o‘tishi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, milliy qadriyatlaring tiklana boshlagani O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li shakllanayotganini ko‘rsatar edi.

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling