O‘zbekistonning eng yangi tarix fanining nazariy va metodologik asoslari


Mustaqillik – o‘zbek xalqining tarixiy va eng buyuk yutug‘i


Download 220 Kb.
bet7/16
Sana28.12.2022
Hajmi220 Kb.
#1022395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
1-Seminar (2)

Mustaqillik – o‘zbek xalqining tarixiy va eng buyuk yutug‘i. Uni qo‘lga kiritish uchun xalqimiz o‘ta tahlikali va tahdidli, murakkab va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Asrlar osha xalqimiz qalbida asrab-avaylab kelingan bu buyuk orzuga ko‘plab qurbonlar, tahqirlar va iztiroblar bilan еtishdik. Shu sababli xalqimiz bugungi tinch va osoyishta hayotga, to‘kin va farovon dasturxonga, nurafshon orzular va rejalarga butkul haqli va munosibdir.
Bugungi kunda bizning eng buyuk vazifamiz mustaqillikni asrab-avaylash, uni yanada mustahkamlashdan iboratdir. Bu esa, avalambor, el-yurt osoyishtaligi, xalq farovonligi va Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnatimiz, yurtimizdagi bunyodkorlikka va xalqimizning tinch va osuda hayotiga turli ichki va tashqi tahdidlarga nisbatan murosasiz fuqarolik pozitsiyamiz bilan amalga oshadi, albatta.
O‘zbekiston rahbari sifatida ishboshlagan Islom Karimovning mustaqillikka erishish masalasini kun tartibiga qat’iy qilib qo‘yganini aniq tarixiy hujjatlar orqali ko‘rsatish, bu yo‘lda qanday ulkan ishlar amalga oshirilgani haqida o‘quvchilar, ayniqsa, kechagi tarixni, o‘sha davrdagi zulm va adolatsizlikni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagan yoshlarga ma’lumot еtkazishdan iborat.
Islom Abdug'aniyevich Karimov o'zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko'p asrlik tarixida o'chmas iz qoldirdi. U nafaqat O'zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro'-e'tiborga sazovor bo'lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi. 
Xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo'lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O'zbekiston Qahramoni Islom Abdug'aniyevich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.
- Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etildi; 
- O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov haykallari mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Islom Karimov tug'ilib o'sgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo'lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o'rnatildi; 
- Birinchi Prezidentimiz ko'p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida (O'zbekiston ko'chasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etildi va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzilda joylashdi.

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling