O‘zbekistonning eng yangi tarix fanining nazariy va metodologik asoslari


Download 220 Kb.
bet10/16
Sana28.12.2022
Hajmi220 Kb.
#1022395
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1-Seminar (2)

АХБОРОТ МАНБААЛАРИ:



  1. www.ziyonet.uz.

  2. www.edu.uz.

  3. www.google.uz.

  4. www.gov.uz.



5-Mavzu: O‘ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO‘LI


REJA:

1. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo’li. ,,O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari


2. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy sohadagi ustuvor yo'nalishlar
3. O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o'tishning o‘ziga xos yo'li
4. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari

O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizirnni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar еndilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi.


I.A.Karimov O'zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o'z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko'p asrlik tajribasini o'rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o'zlashtirish bo'lsa, ikkinchisi - O'zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an'analariga tayanishdan iborat bo'ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi.
Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy xarakterda bo'ladi. Hozirgi vaqtda taraqqiyotning bir qator tipik global modellari mavjud.
“O'zbek modeli” – qisman Yerxard (nemis) modeliga o'xshab ketadi. Nemislarga o'xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o'tkazildi.
1) 1993–94 yillarda pul islohoti (kupon) joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi;
2) Narx-navo islohati 1991–2001 yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom еtmoqda.
O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, o'z umrini o'tab bo'lgan еski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo еtish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildik.
Ma'lumki, taraqqiyotning ―o'zbek modelining mohiyati asosiy g'oyalari eng dastlab Davlatimiz rahbarining ―O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li nomli fundamental asarida ko'rsatib o'tilgan edi. Keyinchalik mazkur taraqqiyot modeli haqidagi g'oyalar birinchi Prezidentimizning boshqa asarlarida yanada rivojlantirildi va takomillashtirib kelinmoqda. Xususan, birinchi prezidentimizning O'zbekiston – bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li, ―O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida nomli asarlarida taraqqiyotning ―o'zbek modelining asosiy mazmunini, o'zagini belgilab beruvchi tamoyillar yanada chuqurroq asoslab berildi.
Birirnchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Beshta asosiy qoida O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o'zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha: bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan umuminsoniylik yo'nalishlari uyg'unlashdi yoki ularning dialektik mutanosibligi o'z aksini topdi. “Birinchi tamoyilimizda, - deb yozgan edi I.A.Karimov, - avval-iqtisod, keyin siyosat degan shiorni olg'a surdik”. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan ortda qolmasligi zarur. Ikkinchi tamoyil - bu davlatning bosh islohotchi ekanligi. Yangilanish va o'zgarishlar siyosatini ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni davlat o'z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil, o'z navbatida jamiyat hayotida, barcha sohalarda qonunning ustuvorligi ta'minlanadi. Aynan O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham umuminsoniy va milliy tamoyillarning mujassamlashgan yorqin namunasi hisoblanadi.
To'rtinchi tamoyil, bu aholining demografik vaziyati, ayniqsa, uning 60 foizidan ko'prog'ini yoshlar tashkil еtganligi, kam ta'minlangan oilalarni, bolalarni, nafaqaxo'rlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat olib boriladi.
Beshinchi tamoyil - bu halqimiz an'analari, urf-odatlari hamda bozor iqtisodiyotining obyektiv qonun-qoidalarini hisobga olgan holda unga «shok terapiyasi» asosida emas, balki evolyusion tadrijiy asosda, puxta o'ylab bosqichma-bosqich o'tish nazarda tutiladi.
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li Islom Karimovning keyingi asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no – mazmun bilan to‘ldirilib, aniqlashtirilib borildi. O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Besh tamoyilni o‘z ichiga olgan bu modelning mazmuni va mohiyati Prezidentning 1993 yilda nashr etilgan «O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» nomli asarida asoslab berildi.
Yangilangan jamiyat har bir a’zosining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yo‘llarni ham ko‘rsatib berdi. Jumladan,

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling