O‘zbekistonning eng yangi tarix fanining nazariy va metodologik asoslari


Download 220 Kb.
bet14/16
Sana28.12.2022
Hajmi220 Kb.
#1022395
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-Seminar (2)

AXBOROT MANBAALARI:



  1. www.ziyonet.uz

  2. www.edu.uz

  3. www.google.uz

  4. www.gov.uz



6-MAVZU:O‘zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi hamda demokratik davlat boshqaruvining o‘rnatilishi

REJA:


1.O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi
2. Mustaqillik yillarida huquqiy demokratik fuqarolik jamiyati qurishning asosiy xususiyatlari
3. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
4. O’zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari
O’zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g’oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o’z qobiliyati va ehtiyojlarini to’la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo’lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e`tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo’lmaydi.
O’zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g’oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o’z qobiliyati va ehtiyojlarini to’la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo’lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e`tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo’lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi, jamiyatdagi o’rni uning o’ziga, salohiyatiga mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bog’liq bo’ladi.
1993- yil 2- sentabrda «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan, qishloq, posyo’lka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari - qishloq, posyo’lka sovetlari tuzilmaydigan bo’ldi, ularning o’rniga o’zini o’zi boshqarish organlari - mahalla qo’mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko’rsatmaydi, ularning bog’liq tomonlari mavjud. Ular o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari „Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida» gi qonunda belgilab qo’yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashadi, o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yo’naltirib turadi.
Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining barcha muhim jihatlarini qamrab oluvchi, uning ham institutsional, ham funksional yo’nalishlarini ifodalovchi ilmiy modelni yaratish vazifasi turibdi. Mohiyat jihatidan «fuqarolik jamiyati» iborasi ilmiy adabiyotlarda o’ziga xos alohida mazmun-mano kasb etib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va manaviy jihatdan yuqori darajada kamol topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi.
Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta`minlanishi, hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va istedodining bevosita ro’yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan o’lchanadi. Jamiyatning «fuqarolik» sifati bilan tavsiflanishida boy mazmun va teran mano bor. «Fuqarolik» (erkin inson) degan sifat belgisida yuqori taraqqiy topgan, komillikning cho’qqisiga erishgan jamiyatning mohiyati aks etadi. Muayyan davlatga mansub bo’lgan fuqarolar yashaydigan mamlakat hali fuqarolik jamiyati, erkin va komil insonlar jamoasi mavjudligini anglatmaydi. Xuddi shuningdek, malum huquqiy tizim mavjud bo’lgan, huquqiy hujjatlar majmui amal qilayotgan har qanday davlat «huquqiy davlat» deb etirof etilavermaydi .
Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to’plangan ilmiy nazariy talqinlar asosida fuqarolik jamiyati deganda, birinchi navbatda, davlatdan xoli bo’lgan mulkiy, bozor tartiblari, oilaviy, axloqiy-ma`naviy munosabatlar sohasi tushuniladigan bo’ldi. Shu manoda, marifiy, xususiy, g’ayrirasmiy, nosiyosiy hayot sohasi majmui tarzida talqin etiladigan fuqarolik jamiyati tovar ishlab chiqaruvchilar va istemolchilarning davlat nazorat qilmaydigan manfaatlarini amalga oshirish olami sifatida tariflanadi. Masalan, Gegelning tabiriga ko’ra, fuqarolik jamiyati–bu eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat (ehtiyoj) lar tizimi, shuningdek din, oila, tabaqalar, davlat tuzumi, huquq, axloq, burch, madaniyat, ta’lim, qonunlar va subekt (inson) larning ulardan kelib chiquvchi o’zaro uzviy yuridik aloqalari majmuidir. Insonlar tabiiy, «nomadaniy» holatdan «fuqarolik jamiyatiga o’tishlari lozim, zero aynan shu jamiyatda huquqiy munosabatlar asl voqelikka aylanadi» . Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan, shu bilan birga, uning ikki asosiy prinsipini alohida ajratib ko’rsatgan:
Fuqarolik jamiyatining davlatdan mustaqilligi, avtonomligi uning o’zini o’zi boshqarish qobiliyatiga egaligi bilan izohlanadi. Bu jamiyatda o’zini o’zi boshqarish jabhasi bilan davlat boshqaruvi jabhasi mavjud bo’lib, ular biri-biriga zid emas, aksincha, bir-birini to’ldiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ijtimoiy o’zini o’zi boshqarish ustun mavqega ega bo’lib, jamiyatning o’zi davlat boshqaruvini joriy etadi, davlat apparatini shakllantiradi va, nihoyat, ijtimoiy hayotga davlat aralashuvining ko’lami va chegarasini belgilaydi (V. A. Chetvernin) .
Fuqarolik jamiyatidagi o’zini o’zi boshqarishning asosiy mexanizm (murvat) lari:–erkin bozor (iqtisodiy mexanizm); siyosiy erkinlik va demokratiya (siyosiy mexanizm); manaviy-axloqiy soha (manaviy-ruhiy mexanizm; jamiyatdagi nizolarni odil sudlov vositasida hal etish (sud-huquqiy mexanizm)dan iborat bo’lib, ularda jamiyat azolarining rasman tengligi prinsipi namoyon bo’ladi.
Yuqoridagi tahlillar asosida «fuqarolik jamiyati» tushunchasini yana-da aniqlashtirishga urinib ko’rish mumkin. Yani: fuqarolik jamiyati – insonlarning shunday birligidirki, u jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va manaviy sohalarida asosiy (birlamchi) nodavlat tuzilmalarni ixtiyoriy vujudga keltiradigan, shuningdek nodavlat munosabatlarning majmui va erkin insonlar, tashkilotlar va fuqarolar uyushmalari faoliyat yuritib, namoyon bo’ladigan sohadir. Maxsus adabiyotlardan birida quyidagi tarifni ham uchratish mumkin: «Fuqarolik jamiyati o’z faoliyatida davlatdan, uning idora va muassasalaridan xoli bo’lgan xususiy shaxslar, guruhlar va institutlarning tizimi... Fuqarolik jamiyatini mam¬lakatdagi davlat-hokimiyat tuzilmalari doirasiga kirmaydigan nosiyosiy ijtimoiy munosabatlar yig’indisi sifatida tariflash mumkin»
Fuqarolik jamiyatining qaror topishi va zohir bo’lishining quyidagi umumiy g’oya va prinsiplarini takidlash joiz: 1) iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va bozor munosabatlarining mavjudligi; 2) inson va fuqarolarning tabiiy huquqlarini so’zsiz tan olish va muhofaza etish; 3) davlat hokimiyatining legitimligi va demokratikligi, yani huquqiy davlatning mavjudligi; 4) barchaning qonun va odil sudlov oldida tengligi, shaxsning yuridik jihatdan muhofazalanganligi; 5) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, legal muxolifatning mavjudligi; 6) so’z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; 7) davlatning fuqarolar xususiy hayotiga aralashmasligi, davlat bilan fuqarolarning o’zaro burch va masuliyat (javobgarlik) orqali bog’liqligi; 8) ijtimoiy hamkorlik va milliy totuvlikning taminlanganligi; 9) insonlarning munosib hayot kechirishini taminlovchi samarali ijtimoiy siyosat amalga oshirilishi .
Huquqiy davlat qurish doktrinasida davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatiga bo’linishi muhim o’rin tutadi. Ushbu qarashning genezisi, zamonaviy muammolari haqida juda ko’p falsafiy, siyosiy va huquqiy adabiyotlar chop etilgan.







Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling