O’zbekistonning eng yangi tarixi 2-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida. O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


O’zbekistonda og’ir axvolning vujudga kelish sabablari


Download 240.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana05.01.2022
Hajmi240.96 Kb.
#205061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-мавзу. Энг янги тарих e05bbc95cd7e219fd810dc1bfa1f0b7c

O’zbekistonda og’ir axvolning vujudga kelish sabablari: 

•  Iqtisodiyotga  rahbarlik  qilishning  ma’muriy-buyruqbozlik  usullariga  zo’r  berilib, 

ishlab  chiqaruvchi  kuchlarni  rivojlantirishga  yaroqsiz  yondoshuvlarning  tobora 

kuchayib borishi;   

•  Respublika  sobiq  Markazdagi  sanoat  vazirliklari  va  idoralarining  mo’may  xom 

asgyo manbai sifatida qarab kelinishi;  

•  O’lkaning  mahalliy,  ijtimoiy-iqtisodiy  xususiyatlariga  ba’zan  yetarlicha,  ba’zan 

mutlaqo baho berilmagani, ba’zan esa bu xususiyatlarning pisand ham qilinmagani; 

Iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq mehnat 

taqsimotida  O’zbekistonning  mavqei  va  o’rnini  o’zgartirishning  muqobil  yo’llari 

e’tiborga olinmagani.  

     Buni 

O`zbekiston  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimovning  “O`zbekiston 

Mustaqillikka  erishish  ostonasida”  asaridagi    o`uyidagi  faktlardan  ham  anglash 

mumkin: 

    Shu narsa shak-shubxasiz va ochiq-oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy 

va ijtimoiy ko'rsatkichlar bo'yicha Ittifoqdagi o'rtacha darajadan ham ancha orqada 

bo'lib,  mamlakatda  ohirgi  o'rinlardan  birida  turibdi.  Biz  bu  raqamlarni  ilgari  ham 

necha  martalab  aytganmiz,  ammo  bugun  ularni  na  bir  bor  idrok  etmoq  kerak. 




O'zbekiston  har  kishi  boshiga  yalpi  ijtimoiy  mahsulot  ishlab  chiqarish  bo'yicha 

mamlakatda  12-o'rinda  turibdi,  aholi  jon  boshiga  milliy  daromad  ishlab  chi?arish 

bo'yicha ko'rsatkich esa ittifoqdagi o'rtacha darajadan ikki xissa past. 

Sanoatdagi  mehnat  unumdorligi  jihatidan  respublika  mamlakatdan  40  foiz, 

qishloq xo'jaligidagi mehnat numdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. 

Respublikada aholi jon boshiga xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish o'rtacha Ittifoq 

darajasining  atigi  40  foizini  tashkil  etadi.  Biz  daromad  darajasi,  asosiy  turdagi 

mahsulotlarni  iste'mol  qilish  jihatidan  ittifoqdosh  respublikalar  orasida  eng  ohirgi 

o'rinlardan birida turibmiz. 

O'zbekiston  aholisi  o'rta  hisobda  go'sht  mahsulotlarini,  sut  va  sut  mahsulotlarini, 

tuxumni, umuman mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste'mol qilmoqda. 

Oyiga  o'rta  hisobda  75  so'mdan  kamroq  yalpi  daromad  oladigan  aholining  ulushi 

mamalakatda  12  foizdan  sal  ko'proq  bo'lsa,  bizning  respublikamizda  45  foizga 

boradi.  Bir  millionga  yaqin  kishi  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  o'zining  qo'lidan 

keladigan ishni topa olmayapti. 

Ijtimoiy  infrastruktura  tarmoqlari:  sog’liqni  saqlash,  xalq  ta'limi,  maktabgacha 

bolalar muassalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan. Maktab va kasalxonalarning 60 

foizi nobop binolarda joylashtirilganini aytishning o'zi kifoya. Juda o'tkir iqtisodiy 

va  ijtimoiy  muammolar  ro'yxatini  yana  davom  ettirish  mumkin.  Buni  avvalo 

shundan  ko'rsa  bo'ladiki,  insonning  har  tomonlama  uyg‘un  kamol  topishi,  uning 

shahs  sifatida  ma'naviy  rivojlanishi   u           yoqda  tursin, ko'pincha  yashash  uchun 

kerak bo'lgan eng oddiy narsalar ham yetishmayapti. 

Shunday  qaltis  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat,  ogir  inqirozli  moddiy-iqtisodiy 

ahvolidan  O`zbekistonni,  uning  xalqini  o`z  manfaatlaridan  diqqat-e`tiborini 

chalg`itish  hamda  mustamlakachilik  siyosatini  avj  oldirish  maqsadida,  mintaqaga 

nisbatan turlicha senariylar ishlab chiqdi. 




Download 240.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling