O’zbekistonning eng yangi tarixi 2-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida. O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


Download 240.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana05.01.2022
Hajmi240.96 Kb.
#205061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-мавзу. Энг янги тарих e05bbc95cd7e219fd810dc1bfa1f0b7c

 

 


        2-masala.  Markazning  O'zbekistonda  amalga  oshirgan  qatag'on 

siyosati. "Paxta ishi" "O'zbek ishi" nomli kompaniyalar 

"Paxta  ishi"  Moskva  uchun  o`zbek  siyosiy  kadrlarini  tubdan  o`zgartirish 

ishlarini  amalga  oshirish  uchun  dastak  bo`ldi.  Paxta  ishi  korrupsiyaga  qarshi 

kurashishdan ko`ra o`zbek milliy va partiyaviy rahbarlarini obrusizlantirish orqali 

o`zbek  xalqi  milliy  ro`hini  zaiflashtirish  edi.  "Paxta  ishi"  asta-sekin  kengayib 

borib,O`zbekistonda  2600  kishi  qamaldi.    "Paxta  ishi"  deb  nomlangan  qatag'onga 

milliy  va  diniy  tus  berilib, u "o'zbeklar ishi"ga  aylantirildi  va ziyolilar ham  ta'qib 

ostiga  olindi.  O'zbekiston  KP  MQ  ning  1984  yildagi  XVI  plenumi  Markazning 

"sog'lomlashtirish" borasidagi tadbirlarini quvvatlagan holda, Respublikada yuzaga 

kelgan  salbiy  vaziyatda  partiya  ko'rsatmalariga  to'la  amal  qilmagani  uchun 

ziyolilarni  ham  aybladi.  Ulardan  Sovet  turmush  tarzini  ulug'lovchi  asarlar  talab 

etilib, ijodiy uyushmalar faoliyati qattiq mafkuraviy nazoratga olindi.  

      O’zbekistonda  “O’zbeklar ishi” deb nomlangan qatag’onning boshlanishi 

            1983 yil sentyabrda SSSR Bosh prokurori А.Rekunkov topshirig’iga ko’ra, 

SSSR  Prokuraturasining  alohida  muhim  ishlar  bo’yicha  tergovchisi  T.Gdlyan 

boshchiligida  malakatning  turli  mintaqalaridan  to’plangan  200  kishidan  iborat 

tergov guruhi tuzilib, O’zbekistonda faoliyat boshlaydi. 

            Markazdan Respublikamizga yuborilgan tekshiruvchilar esa mahalliy shart 

– sharoitni hisobga olmay, o’zbek xalqining milliy manfaatlari, madaniyati, qadr – 

qimmatini paymol etadi.  

            O’zbekiston SSR KP MQ, Respublika Ministrlar Soveti, O’zbekiston  SSR 

Oliy  Soveti,  O’zbekiston  SSR  Prokuraturasi,  O’zbekiston    SSR  IIB  kabi  muhim 

boshqaruv  bo’g’nlari  shunday  kadrlarning  qo’liga  o’tadi.  Ular  Respublikadagi 

ijtimoiy – siyosiy   vaziyatni yanada keskinlashtirib yuboradi.  

        Natijada,  “O’zbekiston  tergov  usullari  o’tkaziladigan  “maydon”ga  aylanib 

qoladi.  Moskvaning  bunday  adolatsizliklari  tufayli  O`zbekistonning  Markazga 

nisbatan ishonchsizligi  yanada ortib bordi.  




Download 240.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling