O’zbekistonning eng yangi tarixi 2-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida. O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


-  Masala. XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy siyosiy


Download 240.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana05.01.2022
Hajmi240.96 Kb.
#205061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-мавзу. Энг янги тарих e05bbc95cd7e219fd810dc1bfa1f0b7c

1-  Masala. XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy siyosiy, 

iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holatlar. 

1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo'jalik yuritish usuli o'zining 

rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. 

Ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi, jamiyat a'zolari mehnat intizomi pasaydi, 

loqaydlik,  befarqlik  avj  oldi.  Sovet  ittifoqida  kuchaygan  tanglik  holati  mamlakat 

hayotining  barcha  sohalarini  qamrab  oldi.  KPSSning  kutilayotgan  natijalarni 

bermayotgan  iqtisodiy  siyosati  butun  ijtimoiy-siyosiy  tizimning  inqiroziga  sabab 

bo'ldi.  Xalq  xo'jaligidagi  tanglik  holatlarining  keskin  suratda  va  shitob  bilan 

kuchayib borishi sotsialistik tuzumning tayanch negizlariga tahdid soluvchi xatarli 

siyosiy tanglikka o'sib o'tdi. Butun jamiyatda keskin, tub o'zgarishlar qilish zarurati 

paydo bo'ldi. Kirib qolingan boshi berk ko'chadan chiqib ketish yo'llari izlandi. 

     80-yillar  o'rtalarida  sovet  jamiyatida  "qayta  qurish"  boshlandi.  Qayta  qurish 

haqida  M.  S.  Gorbachev  KPSS  MK  ning  aprel  (1985  yil)  plenumida  taklif 

kiritdi.Jamiyatni   oshkoralik, yangicha  fikrlash  asosida  qayta  isloh qilish  mumkin 

degan  tamoiyil ilgari  surildi.  Ammo  har  qanday  shiorlar avaliy  natija bermas  edi. 

Chunki mavjad tuzum zuravonlikka, yakka hukmronlikka asoslangan edi. Xo`jalik 




yuritishning  ma`muriy  buyruqbozlik  usuli  jamiyatni  moddiy-iqtisodiy  ahvolini 

og`irlashtirib qo`ygan edi, allaqachon.  

Hukmron partiyaning qayta qurish siyosati ham quruq ritorika va deklaratsiya 

asosida bo'lib, hech qanday amaliy natija bermadi. Aksincha, ular sovet jamiyatining 

tub asoslari adolatsizlik negiziga qurilganini, rivojlanishga noqobil ekanini oshkor 

etib qo'ydi. 

      Mustamlakachilikka asoslangan tizimning  ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy 

hayotida inqirozli vaziyat yanada keskinlashib bordi.  Qayta qurish kontsepsiyasida 

ilgari  surilgan  har  qanday  chaqiriqlar  o`zining  ishonchsizligi  va  har  jihatdan 

asossizligi  bilan    cheklangan  bo'lib,  u  SSSR    taraqqiyotini  ta'minlay  olmas  edi. 

Natijada mustabidchilikka asoslangan  tuzumni qayta qurishning har qanday siyosiy 

chora - tadbirlari chippakka chiqa bordi. 

Qayta qurish yillarida shundoq ham har tomonlama nochor ahvolni boshidan 

kechirayotgan  O'zbekistonda  ijtimoiy-siyosiy  hayot  yanada  yomonlashdi. 

Respublikada  milliy  urf  -  odatlar, an'analar, qadriyatlar  toptaldi, buning  oqibatida 

xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. Ittifoqni yangicha qayta 

asosda mustahkamlashga qaratilgan  sayi-harakatlar aslida chiriyotgan tizimni has - 

pushlashdan  boshqa  narsa  emas  edi.  Eng  muhimi,  halqlarni  azaldan  ma`naviy-

madaniy  tutqunlikda  ushlab  turilgan  edi.  Uzligidan  unutilayotgan  edi. 

Tarixi,tili,uruf-odatlari,an`an 

ava 

milliy 


qadriatlaridan 

begonalashtirib, 

mustamlakada  ushlab  turilgan  edi.  Etilgan  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  respublika 

xalqlarining o`zligini anglash jarayoniga turtki berdi, tezlashtirdi deyish mumkin. 

Qayta  qurish  hodisasini  tarixiy  jarayon  sifatida  ikkita  bosqishga  bo`lish 

mumkin. 



Download 240.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling