O’zbekistonning eng yangi tarixi 2-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida. O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


 - masala. 1989 yil o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy


Download 240.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana05.01.2022
Hajmi240.96 Kb.
#205061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-мавзу. Энг янги тарих e05bbc95cd7e219fd810dc1bfa1f0b7c

3 - masala. 1989 yil o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy 

hayotidagi o'zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o'sib 

borishi. 

Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarda o'zlikni anglash, til, madaniyat, tarix va 

kelajakka  teran  nazar  solish,  inson  huquq  va  erkinliklarini  har  narsadan  ustun 

qo'yishga bo'lgan intilish kuchayib bordi. 



    Farg'ona fojeasi yuz berdi. XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sobiq ittifoqda 

iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz jarayonlari kuchayib, betartiblik avj olib ketdi. O'z 

navbatida  necha  yillar  davomida  hal  etilmagan,  xalqning  sabr  kosasini  to'ldirgan 

muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga sabab bo'ldi. Bunday 

salbiy holatlar, afsuski, O'zbekistonni ham chetlab o'tmadi. 1989 yilning may oyi 

ohirlari, iyunning boshlari butun Farg`ona viloyati janjal-to'polonlar alangasi ichida 

qoldi. Dastlab 23 may kuni boshlangan fojia ikki kundan keyin Toshloq  tumaniga, 

undan so'ng Marg`ilon va  Qo'qon shaharlariga tarqaldi. 

Qadimdan o'zining bag`rikenglik, mehmondo'stlik, mehr-shafqatlilik fazilatlari 

bilan shuhrat qozongan halq hech qachon birovga nisbatan adovatda bo'lmagan, qo'l 

ko'tarmagan.  Biroq,  sobiq  ittifoqdagi  buzg`unchi  kuchlar  ta'sirida  ana  shunday 

favqulodda kutilmagan fojia sodir etildi va begunoh insonlar qurbon bo'ldi, mingga 

yaqin  kishi  jarohatlandi,  sakkiz  yuzdan  ortiq  uyga  o't  qo'yildi,  davlat  va  jamoat 

idoralarining  binolariga  ziyon  etkazildi.  Ommaviy  chiqish  va  to'polonlarda  o'ttiz 

mingga yaqin odam ishtirok etib, yetkazilgan ziyon bir necha million rubldan ortib 

ketdi.


  

    


Hukmron partiya va sovet hukumati rahbarlari bo'layotgan bu jarayonlardan 

manfaatdordek, fojia ildizlarini so'rab-surishtirishni o'ylamas edi. Ular ana shunday 

betayin  pozitsiyasi  bilan  O'zbekistonda  beqaror  vaziyatni  vujudga  keltirish,  ohir-

oqibatda  butun  O'rta  Osiyoda  fuqarolar  urushini,  qonli  fojialarni  avj  oldirishni 

ko'zlab yurgan, qizil imperiyani qanday qilib bo'lsa-da saqlab qolishga intilayotgan 

Markazdagi yovuz kuchlarga yo'l ochib berayotgan edi. 

Farg’ona  fojialari  zamirida  shovinizmga  aloqador  sabablar  ham  bor  edi.  Bu 

voqealar,  aytish  mumkinki,  1986  yili  Qozog’iston  poytaxti  Olmaotada  amalga 




oshirilgan “Metel” operatsiyasining davomi edi. Albatta, ssenariylar shakli, tashkiliy 

uslubi jihatidan ular har xil bo'lishi mumkin. Biroq, maqsad bitta:  mavjud siyosiy 

tuzumni turli alg’ov-dalg’ovlar, to's-to'polonlar, milliy respublikalardagi ijtimoiy-

siyosiy vaziyatni chigallashtirish orqali saqlab qolishga harakat edi. 




Download 240.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling