O`zbekistonning eng yangi tarixi faindan savollarga javoblar Topshiriqlar
Ko’p partiyaviylik tizimi. Milliy siyosat
Download 71.71 Kb.
|
2-tarix amaliy)
3.Ko’p partiyaviylik tizimi. Milliy siyosat.
Insoniyat necha asrlardan buyon yaxshi hayot, yaxshi jamiyat qurishni orzu qilib keladi. Qancha-qancha soxta dohiylar, soxta tuzumlar yaratildi, lekin uzoq yashamadi, yo‘q bo‘lib ketdi. Bir paytlar dunyoda eng insonparvar jamiyat, deb jar solingan sovet tuzumi ham barbod bo‘ldi. Qanday yashashni, qanday yo‘ldan yurishni o‘zimiz hal etadigan zamon keldi — O‘zbekistonimiz mustaqil bo‘ldi. Biz huquqiy demokratik davlat, insonparvar, odil jamiyat qurishni maqsad qilib belgiladik. Dunyo tajribasidan ma’lumki, ko‘ppartiyaviylik tizimiga erishmay turib, bunday davlatni, jamiyatni qurib bo‘lmaydi. Bu haqda Prezidentimiz shunday degan edi: «Modomiki, biz demokratik jamiyat qurmoqchi ekanmiz, jamiyatimizda albatta ko‘ppartiyaviylik tizimi bo‘lishi kerak. Bu tizim nima uchun zarur, degan savolga men shunday javob bergan bo‘lardim. Ko‘ppartiyaviylik, avvalo, jamiyatimizda o‘z manfaat va qarashlariga ega bo‘lgan har qaysi ijtimoiy qatlam va guruhning maqsad va intilishlarini to‘liq aks ettirish uchun kerak. Chunki hayot bor ekan, inson bor ekan, har qaysi toifa o‘zining manfaatlarini qandaydir yo‘llar bilan amalga oshirishga harakat qiladi, bu hayotni qanday tashkil qilish lozim, inson, oila qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan masalalar atrofida fikr yuritadi, kerak bo‘lsa, qonuniy yo‘llar bilan o‘z maqsadlariga erishishga intiladi. Shu ma’noda, har bir partiya o‘ziga bo‘lgan ishonchni, kuch-quvvatni xalq ichidan oladi. Shuning uchun ham har qaysi partiya — xalqning ma’lum qatlami manfaatlarini ifodalovchi siyosiy kuch, desak, ayni haqiqat bo‘ladi».
Shu ma’noda, mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimi o‘ziga xos tadrijiy tarzda shakllandi. Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan, yakka hokimlikni surib kelgan kommunistik partiyadan voz kechilgan bir sharoitda xalqning boshini qovushtiradigan, bir g‘oya atrofida birlashtirishni o‘z zimmasiga oladigan siyosiy kuch kerak edi. Ana shunday murakkab vaziyatda, 1991 yil noyabr oyida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil etildi. Bu yangi partiya yangi tuzum sharoitida ko‘p sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi, tajriba orttirdi. Download 71.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling