O`zbekistonning eng yangi tarixi faindan savollarga javoblar Topshiriqlar
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi
Download 71.71 Kb.
|
2-tarix amaliy)
4.Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi.
Prezident Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida bajarilishi lozim bo’lgan maqsad va vazifalarni keltirdi. Iqtisodiyot sohasida keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi darkor: ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish; iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash; “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish; barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash. Shu maqsadlarni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilandi: makroiqtisodiy barqarorlikning va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atini ta’minlash; jahon tajribasini puxta o’rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish; iqtisodiy statistik ma’lumotlarni to’g’ri yuritish va davlat iqtisodiy ahvolini aniq baholash (Shu maqsadda 2020 yil 1- yanvardan boshlab BMT va Xalqaro valyuta fondining “Milliy hisoblar tizimi"ni respublikada to’liq joriy etish masalasi qo’yildi); iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish bo’yicha strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish (Vazirlar Mahkamasi mamlakatning 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilishni 2019 yil 1 aprelga qadar yakunlashi kerak); byudjet mablag’laridan foydalanish tizimini takomillashtirish (byudjet hisobidan mablag' ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor ko’rsatkichlaridan iborat natijaga yo’naltirilgan indikatorlar bo’lishi masalasi bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga 2 oy ichida taklif kiritish vazifasi yuklatildi); Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqish (shu asosda “Raqamli O’zbekiston 2030” dasturi konsepsiyasi ishlab chiqilib hayotga tadbiq etiladi). Download 71.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling