O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani bo‘yicha O‘ q u V –uslubiymajmu a termiz – 2021


Download 1.14 Mb.
bet10/43
Sana14.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1461633
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
2022 OZB tarix maruza matni

Ikkinchidan, o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustivor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi shart.
Uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim.
To‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish.
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish obektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, yaqin o‘tmishimizdagi «inqilobiy sakrash»larsiz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Ana shu muhim qoidalar O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish va taraqqiyot yo‘liga asos qilib olindi. O‘tgan davr mobaynida bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi bozor munosabatlarini joriy etish yo‘lidan izchil harakat qilishni ta’minladi. Shu bilan birga I.Karimovning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish haqidagi tamoyili vaqt o‘tgani sayin o‘zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini ko‘rsatdi. Binobarin, bular etakchi tamoyillar sifatida tan olindi.
Chunki ular iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantig‘ini, rivojlanish yo‘lini va xarakterini ochib berdi. Prezident I.Karimov har bir risola va nutqida O‘zbekiston taraqqiyotiga doir tajribalarni mushohada qilib ularni boyitib, yangidan-yangi qoidalarni ishlab chiqadi. I.Karimov yangi o‘zbek davlati O‘zbekiston respublikasining asoschisi bo‘lishi barobarida shu davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining hamma sohalariga taalluqli barcha qonunlarni va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda, qabul qilishda shaxsan qatnashdi va davlatchiligimiz tarixida misli ko‘rilmagan bunday qonunchilik faoliyatiga bevosita rahbarlik qildi.
Endi shu xususida mavzu mohiyatiga chuqurroq kirib borish uchun so‘zni hozir jahonda mavjud davlatlarning turlari haqida hikoya qilishdan boshlaymiz. Ma’lumki, hozir jahonda mavjud bo‘lgan davlatlar huquqiy jihatdan podshohlik (monarxiya), respublika va diniy davlat turlariga bo‘linadi.
I.Karimov respublikamizning iqtisodiy mustaqillikka erishishida va ushbu mustaqillikni qo‘lga kiritish va uni ta’minlashga qaratilgan qonun va huquqiy hujjatlarning yaratilishi va qabul qilinishida ham beqiyos katta hissa qo‘shdi. Uning davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i sifatidagi amaliy ishlaridan tashqari mustaqil respublikamizda yangi davr ruhini va muammolarini ifodalovchi qonunlarni tayyorlashdagi, ularning asosiy g‘oyasini belgilashdagi hissasi juda ham katta. Prezidentimiz O‘zbekiston Konstitutsiyasini og‘ishmay amalga oshirishga kafolat bo‘lib turibdi.
Ko‘hna tarixning guvohlik berishicha, hali-hanuzgacha hech bir zamonda, hech bir tarixiy shaxs tomonidan o‘zbek davlatchilik tarixini bus-butun holda yaratish masalasi o‘rtaga qo‘yilmagan ekan. 1998 yil iyulda tarixchi olimlar bilan bo‘lgan uchrashuvda davlat ahamiyatiga molik vazifa sifatida kun tartibiga qo‘ydi. I.Karimov davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirgan bir paytda o‘zimizning zamon va makondagi o‘rnimizni aniq belgilab olishimiz nasl-nasabimiz kimligimizni bilishimiz kerak ekanligini alohida ta’kidlab, bu savollarga olimlar, adiblar, noshirlar, tarixchilarimiz birgalashib yo‘l-yo‘riq bo‘yicha «Avvalo ko‘p ming yillik boy o‘tmishimizni tadqiq etishning yaxlit konsepsiyasi ya’ni dasturni ilmiy izlanishlarning uslubini, qo‘yiladigan vazifani amalga oshiradigan ilmiy muassasalar, ulardagi potensial kadrlar masalasini aniklab olishdan boshlash kerak. Bu boshlanishi bo‘ladi. SHundan keyin ana shu aniq bosqichlari belgilangan davstur asosida har tomonlama tadqiqotlar olib boriladi. I.Karimov bilimdon tarixchi olim sifatida ham, davlat boshlig‘i sifatida ham o‘tmish tariximizning tolmas va rostgo‘y targ‘ibotchisi hamdir.
Uning bu boradagi faoliyati ham respublikamizda, ham chet ellarda zuhur etilmoqda. «Biz o‘zbeklarni ulug‘ bunyodkor xalq deb dunyoga tarranum etayapmiz va aslida ham shunday deb, yozadi yurtboshimiz YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning to‘ylarini o‘tkazishdan maqsad nima edi? Komil bu insonning eng avvalo buyuk davlat asoschisi, buyuk bunyodkor, ijodkor shaxs bo‘lganini, fan, madaniyatga homiylik qilib, jahonssivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shganini olam ahliga bildirish edi.
Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz». I.Karimov o‘tmishda o‘tgan buyuk shaxslarga vorislik masalasiga aniqlik kiritdi, yarashiqli ajdodlarni targ‘ib qildi. Kimgadir voris bo‘lish kerak bo‘lsa,biz Beruniylarga, AmirTemur, MirzoUlug‘bek va Boburlarga voris bo‘lamiz», deb taьkidladi.
I.Karimov xalqimiz shu ona zaminda qadim-qadim zamonlardan beri o‘troq holda yashab, kamida yigirma etti asrlik davlatchilik tarixiga ega bo‘lib, jahonssivilizatsiyasiga hissa qo‘shib kelayotgani haqidagi haqiqatning tadqiqotchisi va fidoyi targ‘ibotchisi hamdir. «Kerak bo‘lsa bu ish uchun jonimni,borlig‘imni berishga tayyorman chunki hayotimning mazmuni shundan iborat» deydi kuyunchaklik bilan. Bu chin vatanparvar va zukko olim bo‘lmish haqiqiy davlat arbobining qalb so‘zlaridir. SHu o‘rinda buyuk vatandoshimiz «Zijji jadidi Ko‘ragoniy» va «To‘rt ulus tarixi» asarlarining muallifi Mirzo Ulug‘bekning sultonlar ichida olim, olimlar ichida sulton bo‘lganligini beixtiyor yodga tushiramiz.
5. I.Karimov hamisha g‘urur bilan: «Men texnokrat va amaliyotchiman. Mening kuchim ham shunda», deydi. U yangi mustaqil davlatlar rahbarlaridan birinchi bo‘lib, tanglikdan chiqishning, o‘z xalqining kuch qudrati, tarixi, an’analari, uning hayratomuz milliy xususiyatlari hamda mamlakatning boy tabiiy resurslari bilan bog‘ladi. I.Karimov huquqshunos olim sifatida yangi o‘zbek davlati O‘zbekiston respublikasining asoschisi bo‘lish barobarida shu davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining hamma sohalariga taalluqli barcha qonunlarni va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda, qabul qilishda shaxsan qatnashdi va davlatchiligimiz tarixida misli ko‘rilmagan bunday qonunchilik faoliyatiga bevosita rahbarlik qildi.
I.Karimov tarix yaratilishining tashabbuskori, bu sohaning asoschisi va targ‘ibotchisidir. I.Karimov iqtisodchi, huquqshunos, faylasuf va tarixchi ekanligini keng jamoatchilik yaxshi biladi. Chet ellarda ham e’tirof etilgan. Respublikamizda fan doktori ilmiy darajasi va chet mamlakatlardagi bir necha universitetlar va akademiyalarning faxriy ilmiy darajalari va unvonlariga sazovor bo‘lgan.
Birinchi Prezident birinchi chaqiriq Oliy Majlisning 15-sessiyasidagi ma’ruzasida, jumladan, bunday dedi: «Men umrbod ona xalqim bilan birga, uning hurmatiga muyassar bo‘lganimdan, uning koriga yaraganimdan o‘zimni baxtli hisoblayman. Tarixning burilish nuqtasida, ulug‘ bir millatni nohaq va xo‘rlikdan asrash, uning o‘zligini anglab, qaddi-qomatini tiklash buyuk marralarga chorlash, sodda qilib aytganda, ozodlik va erkinlik, mustaqillik va istiqlol yo‘liga boshlash har kimga ham" nasib etavermaydi. Mening peshonamga ana shunday taqdir, ana shunday qismat bitgan ekan. Men bu qismatni o‘zim uchun ham baxt, ham sharaf deb bilaman. Chunki men uchun vatan ozodligi, xalqimning omonligi, yurtimning ravnaqi iqtisodiy, mana shu muqaddas zaminda yashaydigan har bir oilaning farovonligidan boshqa oliy saodat yo‘q». Binobarin, yo‘lboshchimizning yo‘li porloq kelajakka eltuvchi nurli yo‘l, huquqiy saodat yo‘lidir.»


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling