O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani bo‘yicha O‘ q u V –uslubiymajmu a termiz – 2021
Download 1.14 Mb.
|
2022 OZB tarix maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchidan
Uchinchidan,O‘zbekiston taraqqiyot yo‘linii shlab chiqishda respublikaning qulay imkoniyati hisobga olindi. Demakki, mintaqalararo aloqalar, dunyoviy integratsiyani yo‘lga qo‘yishga kirishildi.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishida ijtimoy ong, ijtimoy psixologiya masalasini hisobga olish lozimligi ham ko‘rsatib berildi. CHunki sho‘rolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tushunchasi, ya’ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan fikr shakllanib, boqimandalik kayfiyatiga tushib qolgan, mulkka egalik tuyg‘usidan uzoqlashgan edi. Islohotlar davrida xususiylashtirish jarayonining chuqurlashishi, mamlakatda mulkdorlar sinfini shakllantirish sari dadil qadamlar qo‘yilishi mana shu omildan kelib chiqqan xulosadir. Beshinchidan, I.Karimov mustaqil O‘zbekiston siyosatini belgilashda islom diniga munosabatni tubdan o‘zgartirish lozimligini qayta-qayta uqtirdi va «din turmush tarzimizga o‘chmas muhrini bosgan. Xudoga qarshi kurashganlarning ahvoli nima kechganini ko‘rdik. Endi bu xil besamar va quruq imkon yo‘li yaramaydi. Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashqi siyosatimizda, ayniqsa, musulmon davlatlar bilan o‘zaro aloqalarimizni kengaytirishda katta ahamiyatga ega»,- deb ko‘rsatdi. Oltinchidan, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini himoya qilish va ta’minlash imkonini beradigan boy moddiy ma’naviy hamda ishlab chiqarish potensialiga va kadrlar qudratiga ega mamlakat ekanligidir. Endi hamma gap ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanishda edi. Ushbu xulosalar I.Karimov tomonidan muntazam to‘ldirib, qadam-baqadam yangi qoida va yo‘l-yuriqlar bilan boyitib borildi. Xususan, 1992 yil avgust oyi oxirida O‘zbekiston mustaqilligining bir yilligi tantanalari arafasida Prezidentning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida O‘zbekiston istiqlolining, dyomokratik jamiyat qurishning nazariy asoslari chuqur tahlil etilgan asari nashrdan chiqdi. Ushbu risola keng jamoatchilik tomonidan ma’naviy hayotdagi yangilik va qo‘llanma sifatida kutib olindi. Unda O‘zbekiston istiqlolining ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma’naviy poklanishining asosiy yo‘l–yo‘riqlari yangicha mushohada va yondoshuv bilan ko‘rsatib berildi. 4. O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining eng maqbul yo‘lini ishlab chiqar ekan, avvalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishiga e’tibor berdi. I.Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida yangilangan jamiyatda yashovchi kishining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yo‘llar ko‘rsatib berildi. Jumladan, siyosiy sohada bu-xalq ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to‘liq ishtirok etishi lozimligini; - hokimiyat bo‘linishining jahon tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;- jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni;- barcha fuqarolarning qonun oddidagi huquqiy tengligini va qonunning ustunligini ta’minlashni; - O‘zbekistonda tug‘ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansublikni va e’tiqodidan qat’iy nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bo‘lishiga erishishni bildiradi. Iqtisodiy sohada esa bu:-milliy boylikning ko‘payishini ta’minlaydigan barqaror, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;- ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni;-iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmasdan korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xo‘jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechishni bildiradi. Ijtimoiy va ma’naviy sohada bu:-insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolinishini;-ma’naviyatni qayta tiklashni;-o‘zbek tilini rivojlantirishni;-hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror topdirishni;-odamlarning iste’dodi qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi. I.Karimovning O‘zbekistonni huquqiy demokratik davlat sifatida qaror toptirishning qoridagidek dasturiy qoidalari demokratik, insonparvar jamiyat qurish orasidagi jahon tajribasini yanada rivojlantirdi va yangi qoidalar bilan boyitdi. Prezident yangilanayotgan jamiyat mazmun mohiyatini ko‘rsatish bilan birga dolzarb vazifa qilib, eng avvalo bozor iqtisodiyotiga o‘tish masalasini qo‘ydi. Chunki faqat iqtisodiy baquvvat davlatgina kuchli bo‘ladi va har qanday islohotlarga qodir bo‘lishini u yaxshi bilar edi. Shuning uchun ham I.Karimov «O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga hos yo‘li» uchun tanlab olgan yo‘l ijtimoiy sohaga respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari, hususiyatlariga eng ko‘p darajada mos iqtisodiyotni shakllantirishga ayni mana shunday yo‘l O‘zbekiston turmushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma’naviy-axloqiy kamol topishini ta’minlash mumkin»,-deb qat’iy ko‘rsatib bergan edi. I.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O‘zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o‘zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o‘rtaga tashladi: Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortidan qolmasligi kerak, u biror mafkuraga buysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling