Lex uz saytinan
Download 78.93 Kb.
|
SUD
LEX.UZ SAYTINAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUD TIZIMI TUZILMASINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH VA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Mamlakatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sud tizimini izchil demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hisoblanadi. O‘tgan yillar davomida sudni hokimiyatning mustaqil va alohida tarmog‘i sifatida tashkil etish, uni o‘tmishdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi hamda ishonchli himoya qiluvchi davlatning chinakam mustaqil institutiga aylantirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish zarur. Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi aniq huquqiy maqomga ega emas, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va cheklangan vakolatlarga ega. Bundan tashqari, sud hokimiyatining ikki oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona sud amaliyoti ta’minlanmasligiga olib kelmoqda. Harbiy sud sudyalarining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiritilganligi, adliya organlari tomonidan umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash tartibi sud hokimiyatining mustaqilligi tamoyiliga muvofiq kelmayapti. Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini oqilona taqsimlash imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish va maqbullashtirishni talab etadi. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini ta’minlash, ma’muriy sud ish yurituvini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy normani, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini oshirish zarurati ma’muriy sudlar tizimini tashkil etishni taqozo etmoqda. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tashkil etilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, uning 21 nafar bo‘shayotgan ijro apparati shtat birligi Kengashga o‘tkazilsin. 3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin: sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya berish yo‘li bilan sudyalar korpusini shakllantirish; sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; sudyalarni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil etish, ularning faoliyati samaradorligini baholash, shuningdek sudyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish; ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik olib borish, aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish; sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash; sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish, shuningdek ularni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortishga xulosa berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish. 4. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudining raislari, rais o‘rinbosarlari, sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi; O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlari Kengashning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tuman (shahar), tumanlararo sudlari sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Kengash tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazini boshqaruv xodimlari cheklangan soni 21 nafar bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot markazi sifatida o‘zgartirish haqidagi taklifi ma’qullansin. 6. Kengash tarkibini shakllantirishning quyidagi tartibi belgilansin, unga ko‘ra: Kengash raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tayinlanadi; o‘n bir nafar a’zo Kengash raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Kengash a’zosi lavozimidagi davrida sudyalik maqomi saqlangan holda sudyalar orasidan tasdiqlanadi; to‘qqiz nafar a’zo O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan tasdiqlanadi. 7. Doimiy asosda ishlovchi Kengash a’zolariga sudyalar uchun belgilangan kafolatlar, mehnatga haq to‘lash shartlari va imtiyozlar tatbiq etilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi va Mudofaa vazirligining 2017-yil 1-iyundan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish; ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarini, tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlarning 159 ta shtat birligini qisqartirish va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining qo‘riqlash vzvodini tugatish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklarini sudyalar va harbiy sudlar xodimlaridagi harbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan harbiy xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va afzalliklar saqlanmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay’atini tugatib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atini tashkil etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib o‘zgartirish; ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish; amaldagi sud majlisi kotibi lavozimini tugatib, belgilangan umumiy shtat birligi doirasida sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish, ularga tegishli ravishda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning 10 — 12 va 8 razryadlarini belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jalik sudlarining amaldagi sudyalari vakolat muddati tugaguniga qadar Oliy sud va tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlarining sudyalari sifatida o‘z faoliyatini amalga oshirishni davom ettiradilar. Download 78.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling