Lex uz saytinan


Download 78.93 Kb.
bet2/2
Sana21.12.2021
Hajmi78.93 Kb.
#182096
1   2
Bog'liq
SUD

Oldingi tahrirga qarang.

9. Yangidan tashkil etilayotgan sudlarni to‘ldirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining qo‘shimcha 560 ta shtat birligi, shu jumladan 318 ta sudyalik shtat birligi ajratilsin.

Boshqaruv xodimlari sonining cheklangan shtati quyidagi miqdorlarda belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun 200 ta birlik, shundan sudyalar — 73 ta birlik;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari uchun 837 ta birlik, shundan sudyalar — 344 ta birlik;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari uchun 216 ta birlik, shundan sudyalar — 73 ta birlik;

fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari uchun 680 ta birlik, shundan sudyalar — 267 ta birlik;

tumanlararo ma’muriy sudlari uchun 168 ta birlik, shundan sudyalar — 70 ta birlik;

jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari uchun 970 ta birlik, shundan sudyalar — 351 ta birlik;

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, hududiy harbiy sudlar uchun 32 ta birlik, shundan sudyalar — 12 ta birlik;

tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari uchun 395 ta birlik, shundan sudyalar — 141 ta birlik.

(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda — Oliy sud huzuridagi Departament):

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘linmalarining 51 ta boshqaruv xodimi shtat birligini o‘tkazish;

O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari sudyalari harbiy xizmatchi maqomini yo‘qotganligi munosabati bilan davlat budjeti mablag‘lari tejalishi hisobiga 17 ta boshqaruv xodimi shtat birligini kiritish yo‘li bilan tashkil etilsin.

Oliy sud huzuridagi Departamentning cheklangan soni 68 ta birlik, shu jumladan markaziy apparatda — 12 ta birlik, hududiy bo‘limlarda — 56 ta birlik miqdorida belgilansin.

11. Oliy sud huzuridagi Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha ishni tashkil etish, shuningdek uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

sud binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlash, sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish;

sudyalar va sud apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Oldingi tahrirga qarang.

12. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining tuzilmasi, shtat jadvali, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zolari va ijro apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatiga haq to‘lash razryadlari 1 — 3-ilovalarga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti markaziy apparatining tuzilmasi, uning hududiy bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 5-6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.



(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

13. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uch oy muddatda:

harbiy sudlar tuzilmalari qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlarining barcha shaxsiy tarkibini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish masalasi bo‘yicha qaror qabul qilsin;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan foydalanilayotgan binolar, xizmat turar joylari, transport vositalari, mebellar, kompyuter texnikalari va boshqa mulklarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi:

Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot markazi haqidagi nizom, uning tuzilmasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorlari loyihalari ishlab chiqilishi va kiritilishini;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida sud va boshqa yuridik kadrlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning yagona tizimini yaratish bo‘yicha taklif kiritilishini;

Kengash bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini, yangidan tashkil etilayotgan sudlarni yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, mazkur Farmonga muvofiq lavozimi qisqartirilayotgan sudyalar va sud xodimlari hisobidan to‘ldirilishini;

yangidan tashkil etilayotgan sudlar, shuningdek Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy bo‘limlari joylashtirilishini, mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlanishini;

Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shu jumladan ma’muriy sudlar tashkil etilishi munosabati bilan fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, yangidan tashkil etilayotgan iqtisodiy sudlar vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek sudlarning apellatsiya va kassatsiya instansiyalari quyi turuvchi sudning qarorini o‘zgartirgan yoki bekor qilgan taqdirda ishni yangidan ko‘rib chiqishga yubormasdan turib, yakuniy qaror chiqarish bo‘yicha vakolatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini va kiritilishini ta’minlasin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda bir oy muddatda yangidan tashkil etilayotgan sudlarning joylashtirilishini ta’minlasin.

16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Adliya vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan birgalikda tegishli sudlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishini, shuningdek harbiy sudlarni ta’minlash uchun ajratiladigan pul mablag‘larining qisqarishini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining xarajatlar smetasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin;

Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining kuzatuv kengashi bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan sudlar, shuningdek Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy bo‘limlari joylashtirilishi, mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlanishi hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larning Jamg‘arma hisobidan ajratilishini ta’minlasin;

ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar 2017-yilda ajratilsin, 2018-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.

17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini ushbu Farmon vazifalari va talablariga mos keladigan ma’muriy binoga joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.

18. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish holatini tanqidiy o‘rgansin hamda sud tizimi faoliyati samaradorligini va aholining odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan axborot tizimlari va resurslarini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlash haqidagi tegishli hukumat qarori loyihasini kiritsin.

19. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya zimmasiga yuklansin.



 LexUZ sharhi

Ushbu Farmon “Xalq so‘zi” gazetasining 2017-yil 22-fevraldagi 38 (6732)-sonida e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 21-fevral,

PF-4966-son



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining

TUZILMASI


Download 78.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling