“O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan mustaqil ta’lim


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1800393
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
 
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan mustaqil ta’lim
R E F E R A T I 
Mavzu: Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan 
islohotlar 
Tayyorladi: 
14a-23 guruh talabasi Ozodov Otaxon_ 
Tekshirdi:
_______________________________________ 
Toshkent – 2023 


MUSTAQILLIK YILLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI 
TIZIMIDA 
AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR. 
REJA: 
I. 
Kirish. 
Mustaqillik yillarida boshqaruv tizimidagi o’zgarishlar. 
 
II. 
Asosiy qism. 
1. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan 
taraqqiyot yo‘li. 
 
2. Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining 
shakllantirilishi. 
 
3. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga 
oshirilgan islohotlar. 

III. Xulosa. 
IV. Foydalanilgan adabiyotlar. 
V. 
Ilovalar 
 
 
 
 
 
 
 
 


Kirish 
 
Mamlakatimiz bundan 19 yil oldin o‘z mustaqilligini e’lon qilib, tarixiy 
taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. O‘tgan davr mobaynida bosib o‘tgan 
murakkab, ayni paytda sharafli yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, Vatanimiz 
ozodligi naqadar mashaqqatli va tinimsiz kurashlar, xalqimizning qanday og’ir va 
fidokorona mehnati evaziga qo‘lga kiritilgani, mustaqil taraqqiyotimiz davomida 
amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan 
o‘tadi. 
Bu haqda gapirganda, avvalambor, mustaqillikning dastlabki yillarida yurtimizda 
qanday og’ir vaziyat hukm surganini yodda tutish va tasavvur etishga to‘g’ri keladi. 
Ma’lumki, sobiq sovet tizimi qat’iy markazlashtirilgan holda rejalashtirish va 
taqsimlash usuliga asoslangan edi. Ana shu tizimga xos bo‘lgan illatlar bilan bir 
qatorda respublikamiz iqtisodiyotining biryoqlama rivojlanib, xomashyo 
tayyorlashga yo‘naltirilgani, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli 
ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligining misli ko‘rilmagan darajaga yetgani 
o‘sha paytda yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi.
G’oyat ulkan tabiiy, mineral-xomashyo va mehnat resurslariga, insoniy salohiyatga 
ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi
ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi. 
Bunday sharoitda iqtisodiyotning halokatli ravishda inqirozga yuz tutishi va 
inflyatsiyaning o‘ta keskin darajada o‘sib ketishiga chek qo‘yish, shakllangan 
xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay izdan chiqishiga 
barham berish, ishsizlikning yanada ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik favqulodda 
muhim ahamiyat kasb etar edi. 
Sobiq Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ana shu holatlarning barchasi 
e’tiborga olinib, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab dunyo tajribasini har 
tomonlama o‘rganish asosida mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish dasturi ishlab chiqildi. 


Unda milliy urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, 
umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish orqali 
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan uyg’un va hamohang rivojlanishiga
alohida e’tibor qaratildi. 
Davlatimiz rahbari «O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li» risolasida 
xalqimiz bosib o‘tgan milliy taraqqiyot yo‘lini chuqur tahlil etib, bu borada ikki 
tarixiy davr muhim o‘rin tutganini har tomonlama asoslab bergan edi. Avvalo, o‘tish 
davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog’liq birinchi galdagi 
islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991 yildan 2000 
yilgacha bo‘lgan davr mamlakatimiz va xalqimiz hayotida beqiyos va ulkan, tom 
ma’noda tarixiy iz qoldirgan davr bo‘ldi. 
Shu bilan birga, mamlakatimizni faol demokratik yangilash, isloh etish va 
modernizatsiya qilish davri – 2001 yildan bugungi kungacha bo‘lgan muddatni o‘z 
ichiga olgan navbatdagi bosqich esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy 
hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil 
isloh qilish, aholi hayot darajasining muttasil o‘sib borishini ta’minlash borasida 
yanada muhim ahamiyat kasb etdi. 
Bu xususda so‘z borganda, mustaqillik yillarida erishilgan barcha yutuq va marralar 
– avvalambor, mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va 
modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish bo‘yicha o‘z 
vaqtida boshlangan, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoq istiqbolga mo‘ljallangan 
siyosatning natijasi ekaniga takror-takror ishonch hosil qilamiz.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling