O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN TESTLAR TO’PLAMI.
1. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari qachon nashr etilgan?
A) 1998- yil B) 1999- yil C) 1995- yil D) 1994- yil
2. Тarix-xalq ma'naviyatining asosidir. Ushbu so’zlar muallifini aniqlang.
A) I.Karimov B) Sh. Mirziyoyev C) Sh. Rashidov D) A. Asqarov
3. 1959-1983 yillarda respublikaga kim rahbarlik qilgan vaqtda bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz bergan.
A) I.Karimov B) M. Usmonxo’jayev C) R. Nishonov D) Sh. Rashidov
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentning farmoniga muvofiq qachon “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi tashkil etildi?
A) 1991-yil 28-yanvar B) 1993-yil 28-yanvar C) 1992-yil 28-yanvar D) 1994-yil-28 yanvar
5. 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasii nechta yo’nalishdan iborat?
A) 10 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 7 ta
6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi bobida fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklariga ta'riflab berilgan?
A) 7-bobida B) 8-bobida C) 10-bobida D) 14-bobida
7. XX asrning 70-yillarida O’zbekiston SSRda paxta dalalarini sug`orish maqsadida Amudaryo va Sirdaryo bo`ylab sug`orish inshoatlarining qurilishi Orol sathini necha metr pasayishiga sabab bo`lgan.
A) 30 metr B) 40 metr C) 50 metr D) 20 metr
8. Amir Temur xotirasiga atab bunyod etilgan Temuriylar tarixi Davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi qachon bo‘lib o‘tdi?
A) 1996- yil 9- aprel B) 1996- yil 18- oktyabr C) 1997- yil 21- aprel D) 1997- yil 18- oktyabr
9. 1989-yil dekabrida “paxta ishi” bo‘yicha 12-yilga ozodlikdan mahrum etilgan va 1990-yil ozodlikka chiqarilgan davlat rahbarini aniqlang.
A) Ozod Sharafiddinov B) Inomjon Usmonxo’jayev C) Sharof Rashidov D) Rafiq Nishonov
Do'stlaringiz bilan baham: |