O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari. Javob : O'zbekistonning eng yangi tarixi


Download 54.2 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi54.2 Kb.
#1523885
  1   2
Bog'liq
якуний саволлар 2022 2023 Автосохраненный



2022/2023 o'quv yili uchun O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
yakuniy nazorat savollari.

  1. "O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari.

JAVOB : O'zbekistonning eng yangi tarixi"fanini o'qitishning maqsadi- mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o'zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko'rsatish va jamiyat hayotida aholining jumladan, talaba-yoshlarning ornini, o'zligini anglatishdan
iborat. Institut bakalavr yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar bilishi kerak bo'lgan umumiy bilim doirasi "O'zbekistonning eng yangi tarixi "fani oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:
Birinchidan, Yurtimiz tarixini o'qish va o'rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog'i lozim. Chunki voqyea va hodisalarni bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasavvurga ega bolmasdan turib mustaqillik xaqidagi dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas;
Ikkinchidan, Vatan tarixini yoritish, o'qitish va o'rganish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va va bosh yo'nalish bo'lishi lozim;
Uchinchidan, tarixining har bir satri, har bir varog'i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug'orilgan bolishi va milliy goya va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor;
To'rtinchidan, Vatan tarixining boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g'oya-otashin vatanparvarlik, baynalminalchilik insonparvarlik kabi ulug` fazilatlarga qaratilmog'i kerak;
Beshinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy ijtimoiy qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga xizmat qilishi, davr va zamon bilan hamnafas bo'lmog'i ayni muddaodir Umuman olganda, O'zbekistonning eng yangi tarixini o'rganish va uni o'qitishning dolzarb muammolari bo'yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa yosh avlod ona Vatanimizning yaqin o'tmishini tushunishga, murakkab, jo'shqin va jadal sur'atlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustagilligining tarix solnomasini tizimli o'rganishga, uni to'laqonli anglab yetishga kata ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa o'zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir

  1. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.

JAVOB : Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi
bo‘lib, insoniyat qadimgi tarixi va madaniyati o‘choqlaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. Uzoq yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar natijasida
mintaqaning turli viloyatlarida umumiy, bir-biriga o‘xshash, ko‘p hollarda
bir-birini takrorlaydigan madaniyatga oid yodgorliklar topib o‘rganilgan va
ilmiy doiraga tatbiq etilgan. Chunonchi, O‘rta Osiyo hududlarida qadimgi
davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli migratsion jarayonlarga qaramasdan
bu hududda yashagan qadimgi qabilalar hamda elatlarni umumiy va etnik
ildizlar birlashtirib turgan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlarining
tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir-biriga uzviy bog‘langan
bo‘lib, qadimgi davrlar haqida so‘zlaganimizda “Markaziy Osiyo tarixi” va
“O‘zbekiston tarixi” atamalarini yonma-yon ishlatishimizning boisi ham
ana shundadir. Maʼlumki, nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat tarixi
uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, tarixiy-madaniy voqealarga nihoyatda
boy hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘rta Osiyoning turli hududlarida
arxeologiya, antropologiya, etnografiya va numizmatikaga oid ko‘plab
tadqiqotlar olib borildi hamda tariximizni xolisona yoritish uchun xizmat
qiladigan muhim maʼlumotlar to‘plandi. Ushbu maʼlumotlar va ashyolar
o‘lka tarixining turli bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy
jarayonlari haqida yanada to‘laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini berib,
ular eng qadimgi xo‘jaliklar va mehnat qurollari, zamonaviy qiyofadagi
odamning paydo bo‘lishi, xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga
o‘tilishi, ishlab chiqarishda metalning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va
savdo-sotiq, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi kabi ko‘plab
tarixiy-madaniy jarayonlariga bog‘liq ravishda bo‘ladi. Tarixni
davrlashtirishda ushbu jarayonlarga asosiy eʼtibor qaratish muhim
ahamiyat kasb etadi.

  1. Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlat uyushmalari.

JAVOB : Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII–VI asrlarda O‘zbekiston hamda qo‘shni hududlarda sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar kabi elatlar, shuningdek, sak va massaget qabilalari yashagan. Zarafshon va Qashqa daryo vohasida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘p lab aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma manbalarida bu hudud Sug‘diyona deb nom langan. Mazkur hududda yashay digan aholi sug‘diylar deb atalgan. Sug‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari baqtriyaliklar bo‘ lib, ular Surxon vohasi, shimoliy Afg‘oniston va janu biy Tojikiston hududlarida joylashgan. Yunon-rim muarrixlari u yerlarni Baqtriana yoki Baqtriya deb atagan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‘troq dehqon elatlari xorazmliklar bo‘lgan. Ularning yurti yunon manbalarida Xorasmiya deyilgan. Cho‘llar va Amudaryo bo‘ylarida ko‘chmanchi massaget qabilalari yashagan. O‘rta Osiyo ning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilgan.

  1. O‘zbek davlatchiligi va uning tarixiy bosqichlari.

JAVOB : ILK O'RTA ASRLAR O'ZBEK DAVLATCHILIGI.
Yer egaligi munosabatlarining shakllanishi. Qadimgi Turon diyorida zamonasining buyuk davlatlaridan Qang' (Kanguy) davlati va Kushon podsholigi ravaq topgan davrda yuksalish boshlangan edi, Bu ozgarishlar albatta mamlakat aholisining jtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim ozgarishlarga olib keldi. Shaharlarning soni ko'paydi va maydonlari kengaydi, hunarmand chilik, savdo-sotiq Va madaniy hayotning markaziga aylandi. Vohalarda yirik sug'orish armoqlari qazilib, sug'orm a dehqonchilik maydonlari kengaydi. Suv tegirmoni, chig'ir va charxpalaklar (charxparraklar) kabi suv inshootlari kashf etildi. Oqar suv sathidan birmuncha balandlikda joylashgan maydonlarga suv chiqarib obod etildi. Ziroatchilikda g'allakorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog'dorchilik maydonlari kengaydi. Ekin maydonlarini sug'orish va ishlov berishdagi asriy tajribalari tufayli aholi dehqonchilikdan mo'l hosil oladigan bo'ldi. Xorazm davlati. Zaifashib borayotgan Qang' davlatidan birinchi bo'lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni mahalliy Afrig'iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora qila boshlaydi. Milodiy IIl asr o'rtalarida Xorazm davlatining poytaxti Afrigiylar sulolasiga dastlab hozirgi Qforaqalpog'istonning Ellikqal'a umanida joylashgan qadimgi Tuproqqal'a xorazmshohlarshahar xarobasining o'mida bolgan' Poytaxt mudofaa jihatidan nihoyatda mustahkam qurilgan. Shahaming mustahkam labirintli (gulomgardish) - darvoza og'zi istehkomi - darvozaxonasi bo'lgan, Darvoza garshisida shahar markazini kesib o'tgan ko'chaning har ikki tomoni boylat shaharliklarning turar joylari joylashgan. Shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning Shimoli-g arbiy burchak qismida esa balandligi 25 metr bolgan uch minorali xorazmshohlar qasri qad ko'targan. Qasr imoratlari ikki qavatli shoh saroyi va shohona turar joylar rangdor tasvirlar, qabartma ganchkor naqshlar hamda naykallar bilan bezatilgan. Shaharning umumiy maydoni 26 gektarmi tashkil etgan Bu davrda Xorazmda atrofi mustahkam devorlar bilan o'ralgan shaharlar, istehkomli qishloqlar juda ko'p bo'lgan. Milodiy 305-yilda xorazmshoh Afrig' o'z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga ko'chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qasri ichida shoh o'ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrig' iy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo'lib oladilar,

  1. Qadimgi Xorazm, qadimgi Baqtriya.

JAVOB : Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya, Sug‘diyona) davlatlari.
Qadimgi Sharq mamlakatlarida ilk davlatlar shahar – davlatlar ko‘rinishida paydo bo‘lgan. Bu jarayon sug‘orishga asoslangan barcha dehqonchilik hududlari – O‘rta va Yaqin Sharq, shu jumladan O‘rta Osiyo mamlakatlarida yuz bergan. Dastlab, O‘rta Osiyodagi ilk davlatlar deyilganda, yaqin yillargacha miloddan avvalgi VII – VI asrlarda vujudga kelgan “Katta Xorazm” va “Qadimgi Baqtriya” podshohliklari tushunilib kelingan. Ular davlatchiligimiz rivojining ikkinchi bosqichiga tegishli davlatlardir. So‘nggi yillardagi arxeologik tadqiqotlar Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlatlar shahar – davlatlar ko‘rinishida bo‘lib, ular miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida paydo bo‘lganligidan guvohlik beradi. Bunga misol tariqasida shu davrda yuzaga kelgan Jarqo‘ton shaharsozlik madaniyatini aytish mumkin.
Shahar madaniyatining shakllanishi ham xuddi jamiyat taraqqiyotida bo‘lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo‘li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko‘ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi, uzoq, bosqichma – bosqich davrlarni bosib o‘tgan. Mil. avv. II ming yillikka oid O‘rta Osiyodagi Jarqo‘ton, Sopollitepa, Dashli, Gonur, Namozgoh, Oltintepa, Ulug‘tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi:

  • aholining o‘troq dehqonchilikka o‘tishi va keng vohalar bo‘ylab yoyilishi;


  • hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi;


  • qadimgi savdo yo‘llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda savdo – sotiqning taraqqiy etishi;


  • tabiiy – geografik hamda harbiy – strategik shart – sharoitlar.




Ko‘p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, O‘zbekistondagi ayrim ko‘hna shaharlarning yoshi 2700 – 3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Ko‘zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir, Yerqo‘rg‘on (Qashqadaryo) kabilar kiradi. Qadimgi shaharlar – tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi.
Davlat paydo bo‘lishida uning tabiiy – geografik hududi va joylashuvi ham muhim omil hisoblanadi. O‘rta Osiyodagi ikki daryo oralig‘i – alohida tarixiy – geografik va tarixiy – madaniy hududdir. Uning sivilizatsiyasi Amudaryo va Sirdaryo tufayli ko‘p ming yilliklar mobaynida vujudga keldi. Bu mintaqada yuzaga kelgan davlatlar qadimgi davrlarda ham, o‘rta asrlarda ham umumiy belgilar bo‘lishiga qaramay, Markaziy Osiyoning boshqa qismlaridagi davlatlardan o‘ziga xos belgilariga ko‘ra ajralib turgan.

  1. Eramizning IX asriga qadar davlatchilik rivoji.

JAVOB : Markaziy Osiyo davlatchiligining 9-asriga qadar rivoji, oʻzida oʻzining mustaqil davlatlarini tashkil etgan turli xalqlarning tarixiy va siyosiy jarayonlari bilan bogʻliq edi. Bu davlatlar orasida Samanidlar, Karakhanidlar, Gaznaviy va Qarakhanidlar kabi imperiyalar ham mavjud edi. Samanid imperiyasi 9-asr boshida Markaziy Osiyoda katta ahamiyatga ega boʻlgan birinchi musulmon davlat sifatida paydo boʻldi. Bu imperiya Samarqand shahrida tashkil etilgan va Buxoro shahri yagona qirgʻizlarni birlashtirgan Samanid dinastiyasi tomonidan xalqaro maqomga ega boʻldi. Somoniylar imperiyasi paydo boʻlgandan soʻng, 10-asrning boshlarida Karakhanidlar imperiyasi Markaziy Osiyoning oʻzaro aloqalar va madaniy rivojlanishiga qoʻshilib kelgan. Bu imperiya tarihida Turkiya xalqlari Markaziy Osiyoga kirib kelib, Tarim havzasining qishloqdagi eng katta Turkiya hukumdori sifatida namoyon boʻldi. Gaznaviy imperiyasi esa 10-11 asrlar orasida Markaziy Osiyoda hosil boʻlgan eng katta musulmon imperiyasi sifatida tarixga yozilgan. Bu imperiya tomonidan boshqarilgan hududlar quyidagilardan iborat edi: Hindiston, Turkmaniston, Tojikiston va Oʻzbekiston. Qarakhanidlar imperiyasi esa 11-asr boshida Markaziy Osiyoning mustaqillikka erishgan davlatlari orasida paydo boʻldi. Bu imperiya, Qarakhanid dinastiyasi tomonidan xalqaro darajaga ega boʻlingan va shu tarixda Markaziy Osiyoga kirib kelgan birinchi turkiy xalqlardan biri sifatida namoyon boʻldi. Shu tarixning har bir davlatida rivojlanish odatda madaniy va ilmiy sohalar ustidan amalga oshirilgan. Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari bu davrlarda madaniyat va fanlar markazlari sifatida namoyon boʻlgan. Ularning qalamzorligi, adabiyoti va falsafasi koʻp yillardan beri dunyo madaniyatiga taassurot qoʻshmoqdadir. Shuningdek, bu davrlarda arab tili, falsafa, astronomiya va matematika kabi sohalarda ham rivojlanish amalga oshirgan. Bu sohalarda ijodiy texnikalar ham rivojlantirilgan va ularga tegishli ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Shu tarixning rivojlanishi, Markaziy Osiyoning mustaqil davlatlari orasida oʻziga xos madaniy rivojlanishni amalga oshirgan va dunyo madaniyatiga taassurot qoʻshgan.

  1. Mamlakatimiz erki va ozodligi uchun kurashganlar: Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi.

  2. IX-XII asrlarda hukmronlik qilgan davlatlar.

JAVOB : IX-XII asrlarda hukmronlik qilgan davlatlar.Qarluqlar davlati. Qadimda Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan qarluqlar qadimiy
turkiy qabilalardan hisoblangan. VI–VII asrlarda ular Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VIII asr o‘rtalarida Yettisuv o‘lkasida Qarluqlar davlati
tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar davlati hukmdori “yabg‘u” yoki “jabg‘u” deb yuritilgan. X asr o‘rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo‘lgan. Bu davrda bir nechta shaharlarda jome masjidlar bino qilingan. Qarluqlar davlati shimol va sharqdan Elsuvi daryosi vodiy sigacha, chigil qabilasi yaylovlarigacha; g‘arbdan o‘g‘uz yurti va Farg‘ona vodiysi; janubda esa yag‘molar vohasi va Shar qiy Turkiston bilan chegaralangan. Bu diyorda poytaxtdan tashqari Jo‘l, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar va qator qishloqlar qad ko‘targan. Aholi qo‘ychilik, tog‘ jilg‘alari bo‘ylarida esa dehqonchilik bilan shug‘ullangan.* Qarluqlar – turkiy qabilalardan biri. Dastlab Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan. VIII asr o‘rtalarida Qarluqlar davlati Yettisuv o‘lkasida tashkil topdi. Poytaxti Suyob shahri bo‘lgan.* Tohiriylar – Xurosondagi Tohiriylar davlatida hukmronlik qilgan sulola (821–873). Rasman abbosiylarga qaram hisoblangan. Sulolaga 821-yil Tohir ibn Husayn asos solgan.
* Safforiylar – Safforiylar davlatida hukmronlik qilgan sulola. Safforiylar nomi uning asoschisi Ya’qub ibn Lays as-Saffor nomidan olingan. Safforiylarning yirik hukmdorlari: Ya’qub ibn Lays (873–879); Amr ibn Lays (879–900).* Somoniylar davlati (865–999) – Movarounnahr va Xurosondagi o‘rta asr davlati. Somoniylar davlatining tashkil topishi Arab xalifaligining qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni bosib olgan .Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi bilan bog‘liq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eronni o‘z ichiga olgan.962–963-yillarda G‘azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan. U G‘azna va Kobul vilo yatlarini mustaqil idora etishga intilib, G‘aznaviylar davlatiga asos solgan. Mazkur yosh turkiy davlatning poytaxti G‘azna shahrida qaror topgan. G‘aznaviylarning siyosiy nufuzi Sobuqtegin davrida (977–997) ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etilgan. Mahmud G‘aznaviy davrida (997–1030) esa uning hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Somoniylar sulolasi barham topgach, Mahmud G‘aznaviy Xuroson hududlarini, so‘ng Xorazm davlatini (1017) ham o‘z saltanatiga qo‘shib olgan. Ammo Mas’ud G‘aznaviy davrida (1030–1040) mamlakat viloyatlari birin-ketin qo‘ldan chiqarilib, tanazzulga yuz tutgan. Oqibatda 1186-yilda G‘az naviylar davlati butunlay tugatilgan.O‘g‘uzlar – O‘rta Osiyoda yashagan turkiy qabila. IX asr oxiri va X asr boshida O‘g‘uzlar davlati Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida tashkil topgan.Qoraxoniylar davlati, Xoqoniya – Sharqiy Tur kiston, Yettisuv va Tyanshanning janubiy yon bag‘rida tashkil topgan davlat. Qoraxoniylarsulolasi boshqargan. Qoraxoniylar davlatining barpo etilishida qarluq, chigil va yag‘mo qabilalari yetakchi rol o‘ynagan. Asoschisi – Abdulkarim Sotuk Bug‘roxon (859–955).

  1. Amir Temur – buyuk davlat arbobi va sarkarda.

JAVOB : Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi.Mashhur davlat arbobi, O‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va madaniyat rahnamosi Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta’lim mislsiz darajada yuksaldi.Siyosiy maydonga qadam qo‘yganida Amir Temur endigina 24 yoshga kirgandi. Mamlakat parokanda, mahalliy siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar avj olgandi. Ustiga ustak, Chingizxon avlodlari Movarounnahrga tez-tez bosqin uyushtirib turardi.Taxminan bir asr davom etgan bu davrda Movarounnahrning istibdod alamini tortgan oddiy fuqarolaridan to yirik siyosiy arboblariyu din peshvolarigacha juda ham og‘ir kun kechirdilar. Jamiyatga ozodlikka va taraqqiyotga bo‘lgan intilishlarni o‘zida mujassam etgan xaloskor, dohiy zarur edi. Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday xaloskor va yo‘lboshchi sifatida tarix sahnasida paydo bo‘ldi.
1370 yilda Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Movarounnahrning ulug‘ amiri deb e’lon qilindi. Tarqoqlikni bartaraf etib, ayrim o‘lkalarni yagona davlatga birlashtirish Amir Temurning asosiy maqsadi edi. U davlatning poytaxti qilib So‘g‘diyonaning qadimiy poytaxti bo‘lgan Afrosiyob xarobalari yonidagi Samarqandni belgiladi va yangi shaharga asos soldi.Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘i, shuningdek, Farg‘ona va Shosh viloyatlarini birlashtirib o‘ziga bo‘ysundirgandan keyin Amir Temur boshqa mamlakatlarga harbiy yurishlarga kirishdi.
Amir Temur saltanati O‘rta Osiyoda 35 yil (1370-1405) hukm surdi. U Markaziy Osiyo hududlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirdi, Hind va Gangadan to Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan-Shandan to Bosforgacha ulkan imperiya barpo etdi.
Amir Temur harbiy yurishlarining bilvosita oqibatlari ulkan ahamiyatga ega: u Xitoyda Min sulolasi davlat boshiga kelganda mo‘g‘ullarning Xitoyga solayotgan xavfining oldini oldi; Oltin O‘rdani yengib Moskva Rusi uchun ham xuddi shunday yordam ko‘rsatdi. 1402 yilda usmonlilar sultoni Boyazid ustidan Yevropa uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan g‘alabani qozonib, usmonlilarning Konstantinopolni istilo etishlarini yarim asrga surib yubordi. Frantsuz tarixchisi R.Grusse 20-asr boshlarida “Amir Temurning Boyazid ustidan g‘alabasi xristian olamini asrab qoldi”, deb yozgan edi.
Tarix Amir Temurni makedoniyalik Iskandar, Doro 1, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorga qo‘yadi. Amir Temur mingta jang o‘tkazib birontasida ham yengilmagan mashhuri zamon sarkarda sifatida, davlat tuzilishi ishlariga, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan siyosiy arbob sifatida tarixga kirdi.Amir Temur tarafidan tarqoq viloyatlar yagona davlatga birlashtirilib, markaziy hokimiyat tuzilib barqarorlashgandan keyin, mamlakat iqtisodiyoti mustahkamlandi, savdo va hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivojlana boshladi, qo‘shni va uzoqdagi mamlakatlar bilan savdo-xo‘jalik aloqalari kengaydi.Amir Temur hayotlik paytida davlat boshqaruvi haqida “Temur tuzuklari” degan nomda mashhur bo‘lgan maxsus kitob yozilgan edi. Unda bu mashhur davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga, davlat tuzilishi va mamlakatni boshqarishga oid qarashlari aks etdi.“Kuch adolatda” shiori butun Amir Temur davlati hududida axloqiy va ma’naviy mezonga aylandi.XIV-asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr Yaqin va O‘rta Sharqning tijorat, iqtisod va madaniyat markaziga aylanib bordi. Chingizxon qo‘shinlari tomonidan tag-tubigacha vayron qilingan Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Toshkent, Marv, Hirot kabi va boshqa qadimiy shaharlar obod bo‘la boshladi. Masjidu madrasalar, maqbaralar, karvonsaroylar va hammomlar qurildi.Ulkan va bepoyon mamlakatning poytaxti rutbasini olgan Samarqand, Amir Temurning niyatiga ko‘ra, kurrayi zamindagi eng chiroyli shaharga aylanishi kerak edi. Samarqand O‘rta Sharq va Markaziy Osiyoning eng yaxshi me’morlari to‘plangan shaharga aylandi. Me’mor va bunyodkor ustalarning bahamjihat sa’y-harakatlari tufayli jahon me’morchiligida yangi yo‘nalish paydo bo‘ldi va u ijodning go‘zal namunalarini in’om etdi.

  1. O‘rta Osiyoning xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabab va oqibatlari.

JAVOB : O’rta Osiyoning xonliklarga bulinib ketishi, uning sabablari va oqibatlari.
Amir Temur vafotidan keyin mamlakatning parchalanishi. 15 asrda Movaraunnaxr va Xurosondagi siyosiy vaziyat. Shoxrux Mirzo va Mirzo Ulugbekning xukmronlik yillari. 16 asr boshlarida Movaraunnaxrga Dashti Kipchok uzbeklarining kelishi. Shayboniylar davlatining tashkil topishi. Urta Osiyoning uchta xonlikka-Buxoro, Kukon va Xivaga bulinib ketishi. Bu davlatlarning ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy va madaniy xayot. Davlat boshkaruvi- saroyda ta’sis etilgan yangi lavozimlar. Bu davrda utkazilgan muxim isloxotlar. Davlatning parchalanish sabablari. Ashtarxoniylar davlatining tashkil topishi. Buxorodagi siyosiy vaziyat. Davlatda olib borilgan ishlar. Taxt uchun kurashlarning davom etishi. Maxalliy urug-kabilalar mavkeining ortishi. 1756 yil Buxoro amirligining tashkil topishi. Mangitlar sulolasi. Muxammal Raximbiyning xokimiyat tepasiga kelishi. Davlat va ma’muriy boshkaruv. Soliklar tizimida-xiroj, zakot, tanobona va boshka soliklar. Yerga egalik kilish turlari. Davlat, vakf va xususiy yerlar. Bu yer turlarining taksimlanishida boshka xonliklar yerlaridan farki. Buxoro amirligidagi madaniy xayot, me’morchilik. Madrasalarning kurilishi. Kukon xonligi. Minglar sulolasining xokimiyat tepasiga kelishi. Shoxruxbiyning davlat boshkaruvi, bu davrda ruy bergan uzgarishlar. Kukon xonligining ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy va madaniy xayoti. Shoiralar Nodira, Uvaysiy va boshkalar ijodi. Xiva xonligi.Muxammad Inokning kungirot uruglarini birlashtirishi.Xiva xonligidagi davlat va ma’muriy ,jirfhed/ CSolilar tizimi va majburiyatlar. Yerga egalik kilish turlari. Boshka xonliklardan farki. Xiva xonligida madaniy xayot.Kutlug Inoga, Ollokulixon va Dustim madrasalarining va Ichakkal’aning kurilishi. Xiva xonligida ijod kilgan shoirlar. Korakalpoklar xayoti.Ularning Xiva xonligiga buysundirilishi.


  1. XVI-XIX asrlar birinchi yarmida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy ahvol.

JAVOB : XIX asrning o’rtalarida Turkiston o’lkasida boshlang’ich ma’lumot beradigan maktab hamda o’rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko’pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi. Bu maktabda machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o’qitish eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan, ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni o’qishni o’rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanardi.
SHahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, umumiy ta’lim elementlari – yozish va hisoblash yo’llari o’rgatilardi.
SHahar maktablarida o’quvchilar soni 20-30 taga qishloq joylarida esa 10-15 taga yetar edi. O’qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o’zlashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda avval «Haftiyak», keyin «Qur’on» yod olinar, so’ng «CHor kitob»ga o’tilardi.
«CHor kitob» 4 bo’limdan iborat bo’lib, 1-bo’lim – haq-xudoning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon etiladi, ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash, uchinchi bo’limda kalomi nabi-rivoyatlar bahs etilgan. SHuningdek, xalq orasida mashhur shoirlarning she’r va g’azallari o’qitilar edi. Odatda, bunday maktablarning o’quvchilari badavlat oilalarning bolalari bo’lar edi. Ular o’qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo’llar edilar, ba’zilari qo’shimcha ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan shug’ullanar, ba’zilari madrasaga kirib o’qishni davom ettirardilar.
Oliy diniy maktab bo’lgan madrasada o’rta asrga oid diniy falsafa va musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o’tilardi. Uning o’quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o’zgarib turgan. Masalan: XV asrning 30-40 yillarida Samarqand va Hirot madrasalarida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya, musiqa kabi fanlar ham o’qitilgan.
Madrasa uch bo’limdan iborat bo’lgan: birinchi bo’limda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob – arab tili va qonunchilik o’rgatilar edi. Bu bo’lim talabasi 9-10 yil o’qigan.
Ikkinchi bo’limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mushkulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati kalom o’qitilgan. Unda 7-8 yil o’qishgan.
Uchinchi bo’limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o’qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug’ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo’lar edi. Maktab va madrasalarda asosan o’g’il bolalar o’qitilar edi. SHaharlardagi diniy maktablarda ba’zi domlalarning xotinlari – otinoyilar qizlarni ham o’qitish bilan shug’ullanar edilar. Maktab va madrasalarda dars o’zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi.
Musulmon maktablarida ta’lim tizimi 5 toifaga bo’lingan edi.
Quyi maktab – bu maktablarda o’g’il bolalarga savod o’rgatishgan (4 yil).
Xalilxona maktabi – (namoz) yod oldirib o’rgatilgan.
Qorixona - Qur’on yod olingan.
Madrasa.
Maktab internat – o’rta madrasa. Bu maktabda ham diniy, ham dunyoviy fanlar o’qitilib, o’rta ma’lumot berilgan.
Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalarda ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari uchun bosmaxonaga chop qilingan darsliklar paydo bo’ldi. Qozondan bosmaxonada nashr qilingan qur’on va haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop qilingan to’plamlari keltirildi, Toshkentning o’zida ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo’lga qo’yildi.


  1. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasi mustamlaka tuzumi.

JAVOB : Rossiya imperiyasi o’lkani 
istilo qilgandan keyin mahalliy xalqlarni mustamlaka istibdodiga soluvchi qonun 
“Turkiston O’lkasini boshqarish haqidagi Nizom” ni joriy qilgan
. Bu qonunga 
ko’ra mahalliy aholi siyosiy huquqlaridan mahrum etilgan. Chunonchi, ularning 
vakillari oiliy va o’rta lavozimlarga yaqinlashtirilmay, hokimiyat tamomila rus 
harbiylari va amaldorlari qo’lida to’plangan
. Podsho Rossiyasi Turkiston 
o’lkasini bosib olgach, jahonning eng yirik mustamlakachi davlatiga aylangan. 
Yevropa va Osiyoning bir qismini o’z ichiga olgan bu imperiya boshqa 
mustamlakachi davlatlardan farqli ravishda o’ziga xos mustamlakachilik tizimini 
yuzaga keltirdi. Bunday zo’ravonlik va zulmga asoslangan mustamlakachilik tizimi Turkistonda keng ko’lamda amalga oshirila boshlandi. Bu siyosat mahalliy 
xalqlarga mutlaqo ishonmaslik, ularni nazarga ilmaslik kabi o’ta millatchilik 
ruhidagi siyosat asosiga qurilgan edi.
Rossiya imperiyasi bosib olingan hududlarda o’z hukmronligini o’rnatish va 
boshqarish uchun mustamlakachilarning manfaatlarini himoya qiladigan 
mustahkam boshqaruv tartiblarini joriy etish uchun barcha chora-tadbirlarni 
ko’rgan. Chunki, boshqaruv tizimi Rossiya hukumati uchun juda muhim bo’lib, 
bosib olingan joylarda mustamlakachilik siyosatini olib borishda asosiy tayanch 
hisoblangan. Turkiston generаl-gubernаtorligini boshqаrish bo’yichа ilk dаsturiy 
hujjаtlаrning ishlаb chiqilishidа “hаrbiy vаziyat” omili hаl qiluvchi аhаmiyatgа egа 
bo’ldi. Ulаr yangi hududlаr bosib olinishi bilаn, yuzаgа kelgаn vа qoidа tаrzidа 
“muvаqqаt” хususiyatgа egа edi. Chunonchi, “Sirdаryo vа Yettisuv viloyatlаridаgi 
boshqаruv to’g’risidаgi nizom” 1867-yili “tаjribа tаrzidа uch yilgа” joriy qilindi. 
Bu Nizomda soliq tizimini izga solish maqsadida xo’jalik boshqarmalarini tuzish 
belgilab qo’yilgan edi .
. Undаn tаshqаri, 1868-yilning iyunidа “Zаrаfshon okrugini 
boshqаrishning muvаqqаt qoidаlаri”, “Fаrg’onа viloyatini boshqаrish bo’yichа 
1873-yil muvаqqаt nizom”, “Аmudаryo bo’limini boshqаrish bo’yichа 1874-yil 
21-mаy Nizomi” hаm ishlаb chiqilib, qаbul qilingаn edi.
Ulаrning bаrchаsi o’z fаoliyatidа “hаrbiy vа mа’muriy hokimiyatning 
birdаmligi vа uning bittа qo’ldа birlаshtirilishini” tаsdiqlаdi. Shu bilаn birgа, 
yuqoridа qаyd etilgаn vаziyat omili vа mаhаlliy jаmiyatning аn’аnаviy ijtimoiy-
huquqi tenglаshtirish borаsidаgi rejаlаridаn аnchа murаkkаb bo’lib chiqdi. O’n 
minglаb kishilаr imperiya аgressiyasigа qаrshi kurаshgа qo’zg’аldilаr. Kаufmаn 
rus dаvlаtining mаnfааtlаrini bosqinchilаrgа qаrshi yalpi qаttiq kurаsh 
shаroitidа joriy qilishgа mаjbur bo’ldi. Biron-bir аhаmiyatgа molik shаhаr 
jаngsiz tаslim bo’lmаdi. “Osiyoliklаr, аlbаttа, O’rtа Osiyodаgi hаrbiy 
hаrаkаtlаrimiz qonli solnomаsining dаhshаtli tаfsilotlаrini judа yaхshi bilgan, 
edilar deb yozаdi o’shа voqeаlаr dаvridа yashаgаn M. Zinoyev, biroq shundаy bo’lsаdа, yo’limizdа uchrаgаn bаrchа shаhаr vа qаl’аlаrni kuch bilаn 
olishimizgа to’g’ri keldi”

  1. XIX asrning ikkinchi yarmida o’lkadagi milliy ozodlik harakatlari.

JAVOB : XIX asr oxirlarida Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari

Download 54.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling