O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash


Download 0.52 Mb.
bet33/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash. Davlat budjeti hisobidan aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. Bular jumlasiga pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar kiradi. 1991-1994-yillarda respublika budjeti hisobidan 30 ta soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy himoya, moddiy yordam amalga oshirildi.
Maktab muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy, ijodiy va tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat kvartiralari ularga tekin berildi, kvartira haqi va kommunal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi.
Yolg‘iz pensionerlar turar joy va kommunal xizmatlar uchun haq to‘lashdan ozod etildi, dori-darmonlar va eng zarur mollarni belgilangan meyorda bepul olish va jamoat transportida tekin yurish imkoniyati yaratildi.
O’quvchi va talaba yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab oshxonalari va tamaddixonalari xarajatlarining bir qismi budjet mablag’lari hisobidan qoplandi, jamoat transportida arzon haq to‘lab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi. Nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi qo‘llanildi.
1994-yil 24-avgustda “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida” Prezident farmoni e’lon qilindi. Farmonga ko‘ra, 1994-yil oktabrdan aholini ijtimoiy himoyalash siyosatining asosiy yo‘nalishlariga tuzatishlar kiritildi. Negaki, ilgari faqat respublika budjeti yo‘li bilangina 30 ta turli soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy himoya amalga oshirilardi, bu mablag’larning sochilib ketishiga olib keldi.
1992-1994-yillarda ko‘rilgan chora-tadbirlar yalpi ijtimoiy himoyalashga yo‘naltirilgan bo‘lib, yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda to‘la samara bermayotgan edi.
1994-yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o‘tildi. Mahalla orqali bolalar, keksalar va kam daromadli oilalarga moddiy yordam beriladigan bo‘ldi. Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, bola boquvchi oilalarga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar, shuningdek, 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga yagona nafaqalar berish joriy etildi. Mahallalarda respublika va mahalliy budjet mablag’lari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning, tadbirkorlik tizimlari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o‘tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus jamg‘armalar tuzildi. 1995-yilda 500 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga mahalla qo‘mitalari orqali 6 mlrd so‘m nafaqa berildi.
Kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam miqdori yildan yilga o‘sib bormoqda. Faqat 2000-yilning o‘zida aholining kam ta’minlangan qismiga mahallalar orqali 54,3 mlrd so‘m miqdorida nafaqa, ko‘mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling