O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Milliy musiqa va qo‘shiqchilik


Download 0.52 Mb.
bet45/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

Milliy musiqa va qo‘shiqchilik. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi, 1992-yilda tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika markazi”, markazning viloyatlardagi bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik-tanlovlar, festivallar tashkil etmoqda. 1992-yilda Toshkentda “Asrlarga tengdosh navolar” va “Boqiy ovozlar”, Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazdi. 1994-yil may oyida Parijda bo‘lib o‘tgan “Sharq musiqasi” festivalida Munojot Yo‘lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar ishtirok etib, o‘zbek milliy qo’shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar.
1996-yil aprel oyida Turkiston saroyi, “Bahor” dastasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan “O’zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi xalq orasidan iste’dodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlarni amalga oshirdi. Musiqa-raqs san’atini rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
O’zbekiston muzeylari aholi orasida o‘lkamiz tarixi, xalq amaliy san’ati asarlaridan iborat etnografik ko‘rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma’naviy kamoloti yo‘lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-qo‘riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san’at asarlari oldida ta’zim etmoqdalar. Fransiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O’zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.
Shu o‘rinda, Vatanimiz tarixini o‘rganayotgan Siz aziz o‘quvchilarni ajdodlarimiz tarixini, madaniy hayotini o‘zida yorqin aks ettiruvchi ko‘pdan ko‘p muzeylarga tashrif buyurib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitib va mustahkamlab borishga taklif etamiz.
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq muzeylarga alohida etibor qaratildi. 1994 yilda Madaniyat ishlari va­zirligi tizimida turli sohalar bо‘yicha 68 ta muzey mavjud edi. 1999 yilda ularning asosiy fondiga 7544 ta eksponat qabul qilindi. Shu yilda muzeylarga 1655400 kishi tashrif buyurdi.
Hozir О‘zbekistonda 133 ta muzey faoliyat kо‘rsatmoqda. Ulardan 98 tasi О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufida bо‘lib, 4 ta muzey Fanlar akademiyasi qoshida, 2 ta muzey О‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi qoshida, 7 ta muzey boshqa vazirlik va tashkilotlar qoshida ish olib bormoqda.
О‘zbekiston fuqarolarini, ayniqsa, yoshlarni muzey muassasalariga jalb etish, mazkur muassasalarning tarbiyaviy rolini oshirishga alohida ahamiyat berildi. 2014 yil 11 iyulda Vazirlar Mahkamasining “Davlat muzeylarini bo­lalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori shu ma’noda juda ahamiyatli bо‘ldi.
Muzeylarning ijtimoiy-madaniy ahamiyati oshdi, ular­ning о‘zbek xalqi milliy о‘zligini anglash jarayonidagi roli kuchaydi. Muzeylarga e’tibor xorijlik fuqarolarning О‘zbekistonga, uning boy va qadimiy madaniyatiga bо‘lgan qiziqishini oshirdi.
Shanarsozlik. Mustaqillik yillarida shaharsozlik va arxitektura qurilishi misli ko‘rilmagan darajada avj oldi. O’zbekiston poytaxti – Toshkent shahrining qiyofasi tubdan o‘zgardi, yuzlab zamonaviy, ko‘rkam, osmon o‘par binolar bunyod etildi. Oliy Majlis, Prezident qarorgohi – Oqsaroy, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi, Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonani o‘z ichiga olgan Ma’rifat markazi binosi, Toshkent shahar hokimligi, Turkiston saroyi, Respublika birja markazi, Biznes markaz, Markaziy bank, Milliy bank, Banklararo moliyaviy xizmatlar markazi, Xalqaro savdo-ko‘rgazma xizmatlar majmuasi, O’zbekiston davlat konservatoriyasi, Interkontinental va Toshkent-Sheraton mehmonxonalari shular jumlasidandir.
Toshkent shahri ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan “Oloy”, “Chorsu”, “Otchopar”, “Yunusobod”, “Mirobod”, “Parkent”, “Qo‘yliq” va boshqa bozor binolari, zamonaviy ko’p qavatli uylar barpo etildi. Zamonaviy jismoniy tarbiya va sport, sog‘liqni saqlash muassasalari, mustahkam ko‘priklar qurildi, transport yo‘llari tubdan ta’mirlandi va obodonlashtirildi.
Respublikamizning barcha viloyatlari markazlarida ham yirik zamonaviy ma’muriy binolar, sport inshootlari, bog‘lar, saylgohlar, savdo inshootlari bunyod etildi, obodonlashtirildi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling