O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


O‘zbekistonda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari


Download 0.52 Mb.
bet47/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

5.O‘zbekistonda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari.
O‘zbekistonda transport va xizmat ko‘rsatish infrastrukturasining jadal rivojlanishi, mamlakatdagi siyosiy-iqtisodiy barqarorlik iqtisodiyotimizning yana bir muhim sektori turizm sohasining ham ravnaq topishiga sharoit yaratadi. Istiqlol sharofati bilan Buxoro, Xiva, Samarqand, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon kabi ilm-fan, madaniyat va ma’rifat markazlari joylashgan mo‘tabar zamin, Imom al-Buxoriy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk sarkarda va ulamolar, mashhur davlat arboblari hamda mutafakkirlar kindik qoni to‘kilgan ona Vatanimiz jahonning sayyohlik sohasi taraqqiy etgan mamlakatlaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda qadimiy yodgorliklarni rekonstruksiya qilish, mahalliy turoperatorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, joylarda sohaga oid infratuzilmani barpo etish, shuningdek, turizmning boshqa yo‘nalishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Natijada Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan yurtimiz betakror osori-atiqalari, urf-odatlaru milliy taomlari, go‘zal tabiatini butun dunyoga namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bu esa boy tarixga ega va zamon bilan hamnafas yashayotgan O‘zbekistonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmoqchi bo‘lgan sayyohlar sonining yildan-yilga ortib borishiga xizmat qilyapti. Xususan, 90-yillarda mamlakatimizga bir yilda 150 ming sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2013 yilda bu ko‘rsatkich 1,2 million nafardan ortdi. Bunday natijaga osonlikcha erishilgani yo‘q, albatta. Binobarin, keyingi yillarda qadimiy shaharlarimizda zamonaviy mehmonxonalar qurilib, sayyohlar uchun barcha qulayliklar yaratilgani, “Yevro-4” talablariga javob beradigan avtobuslar, “Boeing-767”, A310, A320 rusumli havo laynerlari, “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari qatnovining yo‘lga qo‘yilgani sabab bo‘lmoqda. Hozirgi paytda “O‘zbekturizm”, “O‘zbekiston havo yo‘llari” va qator boshqa milliy kompaniyalar, turistik agentlik va korxonalar davlat yordamida katta yutuqlarga erishmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Farg‘ona va Namangan shaharlarida xalqaro toifadagi aeroportlar ishlab turibdi.
Bu yangilanishlar 2012 yilda O‘zbekistonni Butunjahon turistik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasiga kirishida muhim omil bo‘ldi. 2013 yili Jahon sayohat va turizm kengashi (World Travel and Tourism Council WTTC) e’lon qilgan yangi hisobotda O‘zbekiston turizm tarmog‘i dunyoda eng jadal rivojlanayotgan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi. Jahon sayohat va turizm kengashi har bir davlatning milliy yalpi ichki mahsulotida turizmning ulushini o‘rganib chiqqan holda mazkur ro‘yxatni tuzadi. O‘zbekiston ro‘yxatning beshinchi pog‘onasidan o‘rin olgan.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. О‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bо‘lgan davlat hisoblanadi. 2016 yildan boshlab turizm industriyasini rivojlantirishga katta e’tibor berila boshlandi. Ana shu maqsadda 2016 yil 2 dekabr kuni “Turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida” О‘zR Prezidentining Farmoni (PF-4861) va “О‘zR Turizmni rivojlantirish davlat qо‘mitasi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi О‘zR Prezidentining qarori (PQ-2666) e’lon qilindi.
Yurtimizda 8 ming 300 ta madaniy meros obyektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO rо‘yxatiga kiritilgan (Murojaatnoma. 29.12.2020.). 
Mamlakatimizning betakror tabiati, gо‘zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yо‘nalishlar ochish, bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, ziyorat turizmi, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik turizmni rivojlantirish istiqbolari mavjud.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling